Tayanch so`zlar: adabiy til, xalq tili, sh`eva, qatlam, me`yor, lahja, dialekt, qarluq, qipchoq, og`uz.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. “Xalq tili” deganda nimani tushinasiz?
2.“Adabiy til” deganda nimani tushinasiz?
3. O’zbek tilida nechta va qanday lahjalar bor?
4.O’zbek adabiy tili uchun qaysi lahjalar asos bo’lib xizmat qiladi?
5. Sheva, lahja, dialekt tushunchalarini qanday izohlaysiz?
Topshiriqlar
1-Topshiriq: She`rni ifodali o`qing va shevaga oid so`zlarni toping.
Salomlashish odobi
Salomlashish odobin,
Esingda tut har doim.
Ertalabki salomni,
Bajo qilgin muloyim.
Ertalabki salomdan,
Yangi kun boshlanajak.
Qabul qilgan kalomdan,
G`uborlar tashlanajak.
2-Тopshiriq: Qarindosh - urug’chilikka doir so’zlar lug’atini daftaringizga yozing va yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |