3.Majhul nisbatdagi fe’llar ham –n, -in, -l,- il qo’shimchalari yordamida hosil qilinadi: to’qildi, to’plandi, ochildi, olindi.
O’zlik va majhul nisbatdagi fe’llar bir xil qo’shimcha yordamida hosil bo’lganda, ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe’ldan oldin o’zi so’zini keltirib ko’rish bilan aniqlanadi: Mukofotlar berildi. Alisher o’qishga berildi (1-fe’l majhul, 2-fe’l o’zlik nisbatlaridir).
4.Birgalik nisbatidagi fe’llar ish-harakatining bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan birgalikda bajarilganligini bildiradi va unli bilan tugagan negizga –sh, undosh bilan tugagan negizga –ishqo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: Bunday fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganligini yoki birgalik-ko’plik ma’nolarni ifodalaydi: Karim va Ahmad maqola yozishdi . Bolalar paxta terishdi.Bahslash, gaplashdi, yordamlashdi fe’llari ham birgalik nisbatidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |