O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Undoshlar tavsifi 
F – jarangsiz, sirg’aluvchi, lab undoshi. Sof o‘zbekcha tuf, tuflamoq, puflamoq 
kabi so‘zlar, xafa, daftar, faraz, fasl, foyda, fursat, fond, fotografiya, fonetika, fabrika 
kabi  o‘zlashgan  so‘zlarda  uchraydi.  Lekin  jonli  tilda  aksariyat  f  o‘rnida  p  talaffuz 
qilinadi: 
fabrika > pabrika 
fasl > pasl 
foyda > poyda 
fizika > pizika 
V  –  jarangli,  sirg’aluvchi,  lab  undoshi.  O‘zbek  tilida  aksariyat  lablar 
ishtirokida  talaffuz  etiladi.  Masalan,  va  (  ve  ),  vahm  (  vehm  ),  vakil  (  vek’l  ),  vazn 
(vezn). Rus va rus tili orqali kirgan so‘zlarda v lab va tish ishtirokida talaffuz etiladi: 
velosiped, vagon, vazelin, vino, vint, vakuum va boshq. 
P  –  jarangsiz,  portlovchi,  lab  undoshidir.  Sof  turkiy  so‘zlarning  boshida  kam 
uchraydi, lekin so‘zlarning oxirgi pozitsiyasi uchun mutlaq hokimdir. 
B – jarangli, portlovchi, lab undoshi. Oxirgi pozitsiyadagi b tovushi talaffuzda 
jarangsizlashib, p ga yaqinlashadi, lekin yozuvda har vaqt b yoziladi. 
kitob > kitop 
javob > javop 
kelib > kelip 
olib > olip 
Bir qator so‘zlarda b ning m ga o‘xshash hollari kuzatiladi: 
bo‘yin > mo‘yin 
bunday > munday 
burun > murun 
Intervokal  holatda  bGavyrga, civin^. 
Shuningdek, ayrim so‘zlarda b < v almashinuvi kuzatiladi va bu yozuvda ham 
o‘z aksini topadi:  
tovoq < toboq 
chivin < chibin 


35 
 
M  –  portlovchi, sonor,  lab  undoshi.  U  so‘zning  istalgan  qismidan  o‘rin  olishi 
mumkin: kim, men, misol, malika, kamalak, mehmon, muhtaram, hammom va b. 
S, z, sh, j, t, d, ch, n, l, r til oldi undoshlaridir. 
S  –  jarangsiz,  sig‘aluvchi,  til  oldi  undoshi.  So‘zning  barcha  bo‘g‘inlarida, 
boshida va oxirida  qo‘llanilishi mumkin: sabab, sabzi, sabr, sitam, salomat, masjid, 
musiqa,  istirob,  meros,  ixlos,  gilos.  Jonli  tilda  s   
chichqon, sochiq > chachiq. 
Z – jarangli, sirg‘aluvchi, til oldi undoshi. U ham so‘zning barcha pozitsiyasida 
kelishi  mumkin.  Oxirgi  pozitsiyada  jarangsizlashib  s  ga  o‘tadi:  zulm,  zumrad,  muz, 
ko‘z, maza, ko‘za, so‘zla. 
so‘z > so‘s 
yuz > yus (yus so‘m) va b. 
– jarangli, tiloldi, portlovchi-sirg‘aluvchi (affrikat) tovush. Jonli tilda j ning 
ikki xil talaffuzi mavjud: qattiq dj va yumshoq j^. J^ tovushi asosan rus tilidan o‘tgan 
so‘zlarda va ayrim forscha so‘zlarda uchraydi, masalan, jurnal, jyuri, projektor, jeton, 
mujda, gijda va h. k. Aksariyat hollarda dj talaffuz etiladi: jo‘ja, jo‘ra, juxori, javdar
Sh  –  jarangsiz,  til  oldi,  sirg‘aluvchi  tovush.  So‘zning  barcha  pozitsiyalari 
uchun xosdir: shalola, shamol, shoh, shoira, mushoira, kumush, mushtariy, oltmish. 
Ch  –  jarangsiz,  til  oldi,  affrikat  tovush.  Turli  pozitsiyada  kelishi  mumkin: 
chumoli, charx, chaman, chashma, musicha, sichqon, chegara, childirma va h.k. 
– til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. Jonli tilda ayrim so‘zlarning oxirida 
tushishi mumkin, masalan: do‘st < do‘s, daraxt < darax, to‘rt < to‘r, musht < mush 
va shu k. T so‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llanilishi mumkin: tomosha, tom, tugma, 
tentak, xushtak, mushtak, o‘rtoq, po‘stloq
– til oldi, portlovchi jarangli tovush. Talaffuzda ayrim fonetik o‘zgarishlarga 
uchraydi. Jarangsiz undoshlar bilan yondosh kelganda bir muncha kuchsizlanadi, so‘z 
oxirida esa t ga yaqin tovushni beradi, masalan: 
ketdi>ketti 
ochdi>oshti 
murod>murot 
masjid>machit 
Ayrim so‘zlarning oxirida talaffuzda d tushib qolsa-da, yozuvda saqlanadi. 
baland > balan (t) 
xursand > xursan (t) 
Turkiy  tillarda  d  undoshi  ikkilamchidir,  chunki  u  birlamchi  t  undoshining 
jaranglashishi  natijasida  hosil  bo‘lgan.  Shuning  uchun  bir  xil  so‘zlar  ayrim  turkiy 
tillarda t bilan, boshqalarida esa d bilan ifodalanadi: 
tuv, tof. Idik ~ tat. Itek - etik 
olt. Odus ~ tur. Otuz - o‘ttiz 
oz. Das ~ tat., qum, qirg‘. Tas - tosh
1
 va h.k. 
Ayrim  turkiy  tillarda  esa  d  birlamchi  b  dan  hosil  bo‘lganligi  haqida  fikr 
bildirilgan. Masalan: tuv, qarang. Adaq ~ tur, olt. Ajaq (<*a aq) ady ~ tur. Ajy (< a 
y).
2
 
                                                                 
1
 Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
 
2
 Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
 


36 
 
N  –  til  oldi,  portlovchi,  burun  sonanti.  Sof  tilda  so‘z  boshida  faqat  so‘roq 
olmoshlarida,  fe’llarda,  sonda  va  ravishda  qo‘llanilgan.  Masalan:  nima,  nechun, 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish