Tayanch termin va iboralar
Asosiy belgilar, qo‘shimcha belgilar, lingvistik zidlvnish, lab, lab-tish, til oldi,
til o‘rta, til orqa, uvulyar va faringal undoshlar, portlovchilik va sirg‘aluvchilik,
ekvipolent zidlanish, markerlangan, cho‘ziqlik - qisqalik belgisi, geminatalar, palatal
va velyar.
50
FONOLOGIK ZIDLANISHLAR
Reja:
1.
Zidlanish va uning turlari.
2.
Zidlanishlar mo‘tadillashuvi
Dunyoni bilish uning qismlarini (fragmentlarini) o‘rganishdan boshlanadi.
Muhokamaga berilgan har bir fragment alohida analiz ob’ekti bo‘lishdan tashqari,
o‘ziga o‘xshash boshqa ob’ektga taqqoslanadi, qiyoslanadi. Shunda uning haqiqiy
bahosi aniqlanadi. Qiyoslanayotgan ob’ektlar umumiy belgilarga ega bo‘lishdan
tashqari, boshqasida mavjud bo‘lmagan, o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga ega
bo‘ladi. Mana shu o‘ziga xos belgi muayyan birlikni o‘ziga o‘xshash boshqa
birliklardan farqlash uchun asos bo‘ladi. Farqlanish esa ziddiyatni keltirib chiqaradi.
Lisoniy birliklar, xususan, fonologik birliklar ham til sistemasida umumiy belgilari
asosida birlashib, fonologik sistemani hosil qilish barobarida, fonologik sistemaning
har bir a’zosi farqlanish belgisiga ham ega bo‘ladi va o‘zi mansub sistemaning
boshqa a’zolari bilan ziddiyatli munosabatga kirishadi. Ushbu munosabatlarni
yoritishda N.S.Trubetskoyning xizmatlari e’tirof etiladi.
N.S.Trubetskoy fonologik sathda fonologik birliklarning farqlovchi belgilarini
ajratgan holda, bir birlikni ikkinchisiga ana shu belgilar asosida zidladi. Buning
natijasida fonemalarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari aniqlandi hamda
farqlanish belgisi fonemalar tasnifigi uchun asosiy mezon sifatida belgilandi.
Farqlash tushunchasi zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning
ta’kidlashicha, ikki narsa bir-biriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon
bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin
tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi
namoyon bo‘ladi.
N.S.Trubetskoy fonologik sistemani leksik va grammatik ma’nolarni farqlash
uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar majmuasi sifatida talqin qiladi. U
fonologiyada asosiy rolni farqlovchi belgilar o‘ynashini ta’kidlaydi.
Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma’no farqlash va ma’no farqlamaslik
belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‘ra fonologik zidlanishlar ma’no
farqlovchi va ma’no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‘linadi. Birinchi zidlanish
fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va so‘zlarning moddiy shakllantirish
bilan birga, ularning ma’nolarini farqlash vazifasini bajaradi
Tovushlar o‘zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‘zaro zid
munosabatda bo‘ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma’lum zidlanishning
a’zosi bo‘ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim
bo‘lmagan belgilarga ham ega bo‘ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant
munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini
ajratish katta ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar
muhim o‘rin egallaydi. Bunday zidlanishlar lingvistik birliklarning tasnifi uchun asos
bo‘ladi.
51
O‘zbek tilidagi undosh fonemalar ham o‘zaro zidlanish uchun asos bo‘luvchi
uch belgi – artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli hamda ovoz va shovqin
ishtirokiga ko‘ra belgilari asosida tasnif qilinadi.
Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra undoshlar bo‘g‘iz, til va lab undoshlariga
ajratiladi. Bular, o‘z navbatida, ichki bo‘linishlarga ega.
Artikulyatsiya usuliga ko‘ra undoshlar sirg‘aluvchi, portlovchi va portlovchi-
sirg‘aluvchilarga (qorishiq) bo‘linadi.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ham undoshlar uch guruhga bo‘linadi:
sonorlar, jaranglilar va jarangsizlar.
O‘zbek tili fonologik sistemasidagi undoshlar uchun yuqoridagi belgilar
fonologik muhim sanaladi va ularning o‘zaro farqlanishi uchun asos bo‘ladi.
Masalan, [g] va [k] fonemalarining birinchi va ikkinchi belgisi bir xil. Ya’ni ularning
ikkisi ham til orqa, portlovchi undoshlardir. Sistemada ularni bir-biridan farqlovchi
belgi – ovoz va shovqin ishtiroki belgisidir: [g] – jarangli, [k] – jarangsiz. Yoki [d] va
[j] zilanishida ikkala fonema ham til oldi, ikkalasi ham jarangli bo‘lib, artikulyatsiya
o‘rni hamda ovoz va shovqinning ishtiroki belgilari ular uchun integrativ belgi
hisoblanadi. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra belgisi esa ushbu fonemalarning
differensiatsiyasi uchun asos bo‘ladi: [d] – portlovchi, [j] – qorishiq (portlovchi-
sirg‘aluvchi). Shu belgisi asosida til sistemasida ular bir-biridan farqlanadi.
Ko‘rinadiki, shu uch belgi o‘zbek tilining fonologik sistemasida mavjud undoshlarni
bir-biridan farqlash uchun asos bo‘ladi.
Masalan, lab undoshlari oppozitsiyasini ko‘rib chiqaylik: b-p zidligida jarangli-
jarangsizlik belgisi fonologik muhim belgi bo‘lsa, b-m zidligida sonorlik-sonor
emaslik belgisi, b-f zidligida esa portlovchilik-sirg‘aluvchilik belgilari fonologik
muhim belgilar hisoblanadi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida undoshlar uch belgiga koʻra zidlanadi. Oppozitsiya
uchun asos boʻluvchi uch belgi – artikulyatsiya oʻrni, artikultsiya usuli hamda ovoz
va shovqin ishtiroki.
Lekin tasnif uchun asos qilib olingan yuqoridagi uch xususiyat nisbiy bo‘lib,
ayrim undoshlarning farqlanishi uchun yetarli emas. Xususan, [s] va [sh]
fonemalarining ikkisi ham artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra til oldi, artikulyatsiya usuliga
ko‘ra sirg‘aluvchi, ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra ikkisi ham jarangsiz. Bunday
holatlarda zidlanish sistemasini tahlil qilish ehtiyoji tug‘iladi.
N.S.Trubetskoy zidlanishlarni tasnif qilishda quyidagi uch belgi muhimligini
ta’kidlaydi:
1) zidlanuvchi a’zolarning zidalnish sistemasiga munosabatiga ko‘ra;
2) zidlanuvchi a’zolar o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra;
3) zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra
O‘zbek tilidagi undosh fonemalarning tasnifi uchun asos qilib olingan
yuqoridagi uch xususiyat zidlanuvchi a’zolarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra
belgilarni tashkil qiladi. Lekin sistemaga mansub har bir fonemani o‘zi mansub
qatordagi boshqa fonemadan farqlash uchun, xususan, [s] va [sh] o‘rtasidagi
faqlanishni yoritib berish uchun bu belgilar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shunday
hollarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanish sistemasiga munosabatini hisobga olish
52
zarur bo‘ladi. Bunga ko‘ra, zidlanishlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |