Undoshlar tavsifi
F – jarangsiz, sirg’aluvchi, lab undoshi. Sof o‘zbekcha tuf, tuflamoq, puflamoq
kabi so‘zlar, xafa, daftar, faraz, fasl, foyda, fursat, fond, fotografiya, fonetika, fabrika
kabi o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi. Lekin jonli tilda aksariyat f o‘rnida p talaffuz
qilinadi:
fabrika > pabrika
fasl > pasl
foyda > poyda
fizika > pizika
V – jarangli, sirg’aluvchi, lab undoshi. O‘zbek tilida aksariyat lablar
ishtirokida talaffuz etiladi. Masalan, va ( ve ), vahm ( vehm ), vakil ( vek’l ), vazn
(vezn). Rus va rus tili orqali kirgan so‘zlarda v lab va tish ishtirokida talaffuz etiladi:
velosiped, vagon, vazelin, vino, vint, vakuum va boshq.
P – jarangsiz, portlovchi, lab undoshidir. Sof turkiy so‘zlarning boshida kam
uchraydi, lekin so‘zlarning oxirgi pozitsiyasi uchun mutlaq hokimdir.
B – jarangli, portlovchi, lab undoshi. Oxirgi pozitsiyadagi b tovushi talaffuzda
jarangsizlashib, p ga yaqinlashadi, lekin yozuvda har vaqt b yoziladi.
kitob > kitop
javob > javop
kelib > kelip
olib > olip
Bir qator so‘zlarda b ning m ga o‘xshash hollari kuzatiladi:
bo‘yin > mo‘yin
bunday > munday
burun > murun
Intervokal holatda bGavyrga, civin^.
Shuningdek, ayrim so‘zlarda b < v almashinuvi kuzatiladi va bu yozuvda ham
o‘z aksini topadi:
tovoq < toboq
chivin < chibin
35
M – portlovchi, sonor, lab undoshi. U so‘zning istalgan qismidan o‘rin olishi
mumkin: kim, men, misol, malika, kamalak, mehmon, muhtaram, hammom va b.
S, z, sh, j, t, d, ch, n, l, r til oldi undoshlaridir.
S – jarangsiz, sig‘aluvchi, til oldi undoshi. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida,
boshida va oxirida qo‘llanilishi mumkin: sabab, sabzi, sabr, sitam, salomat, masjid,
musiqa, istirob, meros, ixlos, gilos. Jonli tilda s
chichqon, sochiq > chachiq.
Z – jarangli, sirg‘aluvchi, til oldi undoshi. U ham so‘zning barcha pozitsiyasida
kelishi mumkin. Oxirgi pozitsiyada jarangsizlashib s ga o‘tadi: zulm, zumrad, muz,
ko‘z, maza, ko‘za, so‘zla.
so‘z > so‘s
yuz > yus (yus so‘m) va b.
J – jarangli, tiloldi, portlovchi-sirg‘aluvchi (affrikat) tovush. Jonli tilda j ning
ikki xil talaffuzi mavjud: qattiq dj va yumshoq j^. J^ tovushi asosan rus tilidan o‘tgan
so‘zlarda va ayrim forscha so‘zlarda uchraydi, masalan, jurnal, jyuri, projektor, jeton,
mujda, gijda va h. k. Aksariyat hollarda dj talaffuz etiladi: jo‘ja, jo‘ra, juxori, javdar.
Sh – jarangsiz, til oldi, sirg‘aluvchi tovush. So‘zning barcha pozitsiyalari
uchun xosdir: shalola, shamol, shoh, shoira, mushoira, kumush, mushtariy, oltmish.
Ch – jarangsiz, til oldi, affrikat tovush. Turli pozitsiyada kelishi mumkin:
chumoli, charx, chaman, chashma, musicha, sichqon, chegara, childirma va h.k.
T – til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. Jonli tilda ayrim so‘zlarning oxirida
tushishi mumkin, masalan: do‘st < do‘s, daraxt < darax, to‘rt < to‘r, musht < mush
va shu k. T so‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llanilishi mumkin: tomosha, tom, tugma,
tentak, xushtak, mushtak, o‘rtoq, po‘stloq.
D – til oldi, portlovchi jarangli tovush. Talaffuzda ayrim fonetik o‘zgarishlarga
uchraydi. Jarangsiz undoshlar bilan yondosh kelganda bir muncha kuchsizlanadi, so‘z
oxirida esa t ga yaqin tovushni beradi, masalan:
ketdi>ketti
ochdi>oshti
murod>murot
masjid>machit
Ayrim so‘zlarning oxirida talaffuzda d tushib qolsa-da, yozuvda saqlanadi.
baland > balan (t)
xursand > xursan (t)
Turkiy tillarda d undoshi ikkilamchidir, chunki u birlamchi t undoshining
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan. Shuning uchun bir xil so‘zlar ayrim turkiy
tillarda t bilan, boshqalarida esa d bilan ifodalanadi:
tuv, tof. Idik ~ tat. Itek - etik
olt. Odus ~ tur. Otuz - o‘ttiz
oz. Das ~ tat., qum, qirg‘. Tas - tosh
1
va h.k.
Ayrim turkiy tillarda esa d birlamchi b dan hosil bo‘lganligi haqida fikr
bildirilgan. Masalan: tuv, qarang. Adaq ~ tur, olt. Ajaq (<*a aq) ady ~ tur. Ajy (< a
y).
2
1
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
2
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
36
N – til oldi, portlovchi, burun sonanti. Sof tilda so‘z boshida faqat so‘roq
olmoshlarida, fe’llarda, sonda va ravishda qo‘llanilgan. Masalan : nima, nechun,
Do'stlaringiz bilan baham: |