O‘zbek tili darslarida modulli o‘qitish texnologiyasidan foydalanish



Download 26,89 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2021
Hajmi26,89 Kb.
#58404
  1   2
Bog'liq
ma`ruza o`zbek tili


O‘ZBEK TILI DARSLARIDA MODULLI O‘QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH.

Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bir necha turdosh o‘quv fanlarining tarkibiy bo‘laklarini hamda ayrim fanlarni modullar (bloklar) tarzida o‘qitish keng qo‘llanilmoqda. Pedagogik texnologiyaning eng kichik modullari asosiy tushuncha bo‘lib, ular go‘yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi «g‘ishtcha»lar vazifasini bajaradi.

O‘zbek tilini o‘qitishda modul texnologiyasi elementlarini qo‘llash orqali bilim darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan yakka tarzda shug‘ullanish mumkin. Bunda o'quvchi ta’lim jarayonida turli darajadagi mashqlarni tanlash, baholanadigan topshiriqlarni oldindan aniqlash, yuqori ball beriladigan vazifalarni bajarish orqali yakuniy nazorat ishlarini oldindan topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbek tili fanini modulli o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha o‘qitishda quyidagicha o‘qitish-o‘rgatish o‘yinlarini tashkil etish mumkin:

«Sinchkov o‘quvchi» o‘yini O‘yin sharti: o‘quvchilar navbatma-navbat bir- biriga o‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar beradi. Ko‘p savol bergan va ularga tez hamda to‘g‘ri javob topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Kim qancha savol berganligidanadashmaslik uchun har bir savol uchun oldindan tayyorlangan kubiklar berib boriladi. O‘qituvchi javoblarning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini kuzatib turadi.

«Kim chaqqon?» o‘yini Bunda o‘quvchilar juft bo‘lib ishlashadi. Jadvallar bo'yicha gaplar tuzishadi. Har bir o'quvchi o'ziga berilgan jadval asosida gap tuzishi kerak bo'ladi. Avval o‘quvchilar bir-birini baholashadi, so‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini baholaydi.

Namuna:

№1

№2

O‘yinlar samaradorligi: o'quvchilarni tez fikrlashga, topqirlikka o‘rgatadi.

Hozirgi kunda qisqa vaqt ichida samarali natijaga erishishda bir necha o‘qitish texnologiyalari orasida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining o‘zgacha o‘rni aniqlangan.

O'zbek tilini rivojlantiruvchi ta’lim metodi va usulining asosini quyidagilar tashkil etadi:



  1. Nazariy bilimlar maxsus o‘quv topshiriqlari orqali o‘rgatiladi.

  2. Bunday o‘quv topshiriqlari umumiy tushun- chalarni shakllantiruvchi usullar manbayi hisob­lanadi.

O‘zbek tili darslarida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasiga asoslangan mashqlar tizimi.

O'qituvchi tomonidan ma’noviy guruhlar ho­sil qilish, deduksiyani qo'llash, refleksiyali, ya’ni o‘quvchining izlanuvchi-tadqiqotchilik qobili- yatini shakllantirishga mos maxsus mashqlar tizimi beriladi. Mashqlar grammatik, reflek­siyali, so‘zlash, o‘yin mashqlariga bo‘lina- di. Mashqlar bajarilishi asosida o‘quvchilarning fikrlashi shakllanib, miyaning faolligi rivojlantiriladi. Rivojlantiruvchi metodni qo‘llashdan awal o'qituvchi o‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar maz- munini puxta bilishi lozim.

Grammatik mashqlarni bajarishda o‘quvchilar morfologiya bo‘limi bo‘yicha quyidagicha izlanuvchilik ishlarini olib borishadi: so‘z turkumiga bog‘liq o'zgarishlarni kuzatishadi; so'zlarning turkumlarga bo‘linish xususiyatini aniqlash uchun lingvistik tekshirishlar o'tkazishadi; so'z turkumlarini hosil qiladigan so'z ma’nolarini leksik, morfologik tahlil qilishadi.

O‘quvchilarga beriladigan grammatik mashqlardan namunalar:



1-mashq. Quyida berilgan so'zlarning ma’nolarini izohli lug‘atdan topib aniqlang va yozing:

Uy, bola, daraxt, ko‘cha, bilim, uzum, katta, ko‘k, yirik, yugurmoq, o'tirmoq.

  1. mashq. 1-mashqda berilgan so‘zlarning ma’nolariga e’tibor berib, ularning o'zaro o'xshash belgilarini aniqlang. Agar bir necha so'zning o'xshash ma’nosi bo'lsa, ularni guruhlarga ajratib yozing.

Gapirish mashqlari. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlar juda ko‘p. Masalan:

  1. mashq. Maqollarning birinchi tovushi jarangli undoshlardan iborat. Nuqtalar o‘rniga so‘zlarni qo‘ying.

  1. B... b... b..., B... b... e...; 2. M... - t...q..., N... sh... k...; 3. B... k... o'... e... ; 4. Z ...q... z... b...; 5.

  1. .z...b...y...- B...z... m...; 6. B... o'..., B... t... .

Namuna: B... b... b..., b... b... e...; Beobro' bel bog‘lasa, bechora bo‘yin egar.

  1. mashq. Berilgan so‘zlarining sinonimini topib, ularning ma’nosini aniqlang: chiroyli, katta, yaxshi, dono, jilmaymoq.

  2. mashq. 2-mashqda berilgan so‘zlarning antonimini topib yozing.

Refleksiyali mashqlar.

  1. mashq. Quyida berilgan gapni qisqartirib, boshqacha shaklda ifodalasa bo‘ladimi?

Shuni unutmangki, haqiqiy baxt mehnatdan topiladi. Kim umumning manfaatiga xizmat qilsa, uni xalq hamisha qo‘llab-quvvatlaydi.

  1. mashq. Berilgan matnni o‘qing. Qaysi gapga ko‘makchi qo‘yish mumkin bo‘lsa, qo‘yib ko‘chiring.

Karimjon va ikkalamizga ayvonga joy qilib berishdi. Uzoqdan soy shivirlaydi. Qo‘rg‘onda bulbul xonish qiladi. Gullarning yoqimli isi dimoqqa uriladi. Yuqorida to‘lin oy suzib yuribdi. Yulduzlar g‘ujg‘on. Tunda uyqum o'chib, notanish yerlarning sehrli tun manzarasini tomosha qilib yotdim.

  1. mashq. Berilgan matnni tuzating: uni qisqartirib, takrorlar, bir xil qo‘shimchalar va sinonimlarni olib tashlang.

Bir kuni bog‘ni kezib yurgandim, so‘lib yotgan bir bargga, yaproqqa ko‘zim tushdi. U bargdan xush is, hid taralardi. Darhol qo‘limga oldim, hidlab juda xursand bo‘ldim. Bargga:

  • Sen gulmisan, anbarmisan, buncha xushbo'ysan?- degan edim, barg aytdi:

  • Men gul ham, anbar ham emasman, oddiy daraxt bargiman. Bir kuni gullar o'rtasiga, orasiga tushib qolib, bir necha kun birga bo‘ldim. Ularning hidi, ifori menga ham o‘tdi. Shu-shu xushbo'y bargga aylanib qoldim.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, ilg'or pedagogik texnologiyalarning har qanday shaklidan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish o'rganuvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. O‘quv jarayonida yuqoridagi kabi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchining fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ijodkorligini rivojlantiradi hamda ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi.


Download 26,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish