Yoningga qaytaman-o.
Qulog‘ingga bir gapim bor.
Oydinda aytaman-o.
Oydin kecha, oppoq kecha
Kulguching yonadi.
Kipriklaring oy nuridek
Ko‘ksimga botadi.
Farida Afro‘z she’riyatida ramzlar tili bilan so‘ylash biror so‘z yoki so‘z
birikmasini ko‘chma ma’noda qo‘llash, aniq predmetga shartli belgi yuklashdan
ko‘ra, tagdor ramziylik imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘proq e’tibor beriladi.
Shoira olam va odam munosabatini aks ettirish, ruhiyatning obyektiv borliqqa
munosabatini ifodalash, siyratdagi kechinmalarni badiiy tasvirlash jarayonida
milliy va badiiy an’analar imkoniyatidan keng foydalanadi. Bu hol ichki zarurat
sabab yuzaga kelgan. She’r so‘z, fikr va tuyg‘u hosilasi sifatida o‘z milliy ohangi,
o‘lchovi va badiiy unsurlari bilan tug‘iladi. Milliy badiiy an’analardan chekinmay
turib, shakl va ritmga erkin yondashgan she’rlar silsilasi paydo bo‘ldi.
Farida Afro‘z she’riyatida ijtimoiy, siyosiy, falsafiy vazifalar yuklatilgan
asarlar kam uchraydi. Holbuki, «70-80- yillarning eng sara she’riy namunalari
ko‘p vazifani bajaruvchi, ko‘p funksiyali she’rlarbo‘lgan».
1
Bunday she’rlarda
mantiqiy funksiya birlamchi ahamiyat kasb etgani uchun ham ular badiiy ifoda,
bayon tarzi, mavzu jihatdan bir xillashib qolgan.
Ko‘pfunksiyalik majburiyatidan xoli bo‘lgan Farida Afro‘z she’riyati an’analar
ta’siridan chetda qolmadi. Ayni vaqtda, bu she’riyatda mumtoz poeziyada ko‘p
qo‘llanilgan timsol va tamsillarga o‘ziga xos yondashuv yetakchilik qiladi.
Farida Afro‘z she’rlarining aksariyatida ijodkor qalbi qirralari, ruhning
---
1
Murtazo Qarshiboy. O‘nglanmagan taqdir talqini.-Toshkent: “Kamalak”, 1995, 68-bet.
50
g‘ayrioddiy jilvalari kutilmagan shakllarda qalqib chiqqan bo'lsa-da, ammo goh
Asqad Muxtor, ba’zan Abdulla Oripov yoki Shavkat Rahmon, Usmon Azimlarning
an’anaviy badiiy kashfiyotlari ta’siridan chetga chiqa olmagan ijod namunalari
ham uchraydi.
Javobimiz bering endi, yor,
Biz ketamiz ko‘ngil shahriga.
Jur’at shaydir, shijoat tayyor,
Qololmaymiz xudo qahriga.
Garchi ruhiy holat, undagi kechinma mutloqo farq qilsa-da, Farida
Afro‘zning bu misralari Abdulla Oripovning “Sevgi o‘limi» she’rini eslatadi.
She’riyatda yangi va hech kim kutmagan tashbehlar qo‘llash bilan birgalikda, ruh
manzarasini musavvirona bera olish badiiy izlanish samarasi sifatida baland
qadrlanadi. Sayyor tashbehlarning ko‘chib yurishi zamonaviy she’riyat
vakillarinigina emas, mumtoz adabiyot namoyandalari ijodida ham kuzatiladi.
Muhammad Yusuf qalamiga mansub, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlari»
qahramonlari Otabek, Kumush, Zaynablar tilidan yozgan bir turkum she’rlari
Farida Afro‘zning “Ushshoq” to‘plamidagi quyidagi she’rida takrorlanadi:
Kumush, seni tushundim bugun,
Kumush, senga naqadar og‘ir!
Zaynab, seni tushundim bugun,
Zaynab, senga naqadar og‘ir!
Do'stlaringiz bilan baham: |