yuzaga chiqadi. U o‘sha daqiqani ham mahkam tutib olgancha yashashni,
42
Yashamog‘im zarur har daqiqani
g‘azab bilan, sevgi bilan to‘ldirib.
Dunyodagi barcha qora narsani
yorug‘ lahzalarda o‘ldirib.
Umrining bir misqolini ham avaylab yashashga urinayotgan shoir ne
bo‘ldiki, butun boshli asrdan (shunday katta vaqt-a!) bezidi, uning tugashini istadi.
Nega u aynan yigirmanchi asrdan kechishga tayyor? Ha, bu shunchaki yuz yil
emas. XX asr shoir va u kabilarning qalbini iztirobga to‘ldirdi. Bu davrda o‘z
xalqining g‘aflatidan, erksizligidan, ma’nan, ruhan xo‘rlanishidan, azaliy
qadriyatlarining toptalishidan ezilgan shoirning ko‘zlari o‘zligini unutayotgan
xalqni endi ko‘rishga toqati yo‘q, bu asrning bir soniyasini ham yashashni
istamaydi. Chunki qullikning bir soniyasi ham qullikdir:
Yigirmanchi asr!
Tashlab ket meni,
boqiy go‘zallikni bilmas bu olam.
Ming yilni yelkamda ko‘tardim, endi
malol kelayotir soniyalar ham...
«Soatga cho‘zilgan har daqiqani» sog‘inib-sog‘inib yashayotgan, «ulkan
soat o‘rtasida» madorsiz turgan shoirning dushmanlari endi huddi «to‘xtagan
soatlar misoli» juda olisda, keraksiz. Unutilgan, qadrsiz buyumday turgani uning
diliga bir oz bo‘lsa-da taskin beradi. Bizningcha, shoirning xiyonat, orsizlik,
g‘aflat, qullik singari dushmanlarini aynan to‘xtagan soatga o‘xshatishida ham bir
hikmat bor.
Yashaging keladi...
Faqat umrni
qumsoat singari to‘nkarib bo‘lmas.
Agar qumsoat va uni qaytarib to‘nkarib bo‘lmasligi haqiqatni aytmaganida,
shoirning vaqt va umr borasida xulosasi bunchalik rost chiqmagan bo‘lardi. Bu esa
detalning kuchi.
Daryoga aylandim
43
O‘ychan daryoga,
Ruhimda qadimgi osoyishtalik.
Qa’rimga berkitdim dolg‘alarimni
Ruhimga bo‘ysundi dunyo ishlari
Fikrning daryoga o‘xshashi oqim, dolg‘alarni (xotira, tarix, munosabat, ishq,
nafrat, muhabbat va h.k) qa’riga olib, «berkitib» yurishi – o‘ta nafis topilma.
Insonning «daryoga aylanishi» ham uning qadimdan mavjud bezovtaligi, shiddati,
qudrati, sokinligi, bu sokinlik ichidagi yashirin imkoniyatiga ishora.
O‘ylayman yashamoq mohiyatini,
qattiq nigohlarim osmon xatida.
Vujudim sezmayman,
lazzat olaman
har fikr – ruhimning harakatidan.
Biroq o‘jar kunduz
tovlanar ekan,
yashil zamzamali yiroq tog‘lardan.
Irmoqlar - jodugar pari qizlari
boshlab kelar toshloq qirg‘oqlarimga,
Shoirning o‘zi, fikri - daryo. U shu sokin oqim, hayot qa’rida o‘z umri,
kurashlarining mohiyatini sezadi, ruhan yengil tortadi – «vujudim sezmayman»,
uning qalbi, ruhi, orzulari bezovta. «O‘jar kunduz» – har soat, soniyada holati
o‘zgarib turadigan kunning daryoda jilolanishi, akslanishining musavvirona tasviri
Mazkur o‘jar kunduz shu qadar zo‘r, rango-rang tovlanadiki, bunga sabab «yashil
zamzamali yiroq tog‘lardan» uning harakat - «fikr» olishi. Bu yerda tog‘ning va
suvning ajoyib, bir-biriga uyg‘un zamzamani tashkil etishi – tabiiy go‘zalligi
favqulodda go‘zal ilg‘angan.
Yuqorida tahlili berilgan obrazlardan tashqari Shavkat Rahmon she’riyatida
dunyo, irmoq, bo‘ri kabi obrazlar ham borki, ular alohida tadqiq etish va o‘rganishni
talab etadi. Umuman olganda, Shavkat Rahmon she’riyatini to‘liq anglashga undagi
44
obrazlar silsilasi va ularning yuzaga kelishiga dastlabki zina bo‘lgan detallarni
o‘rganish orqali erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: