Mana shu satrlarning o‘ziyoq shoir elkasini ezib turgan dardning, millatidan
chiqqan katta, jasoratli odamlarni ko‘rishdek armonining yaqqol ifodasidir.
Qolaversa, xalqining mash’um urushni ko‘rgani va uning surati asrlar davomida
bobolar ruhini bezovta qilajagini og‘riq bilan yozadi “Urush suvrati” nomli
Бу ҳақда қаранг: Шавкат Раҳмон. Сайланма. Р. Қўчқор ва Н. Боқий қаламига мансуб “Гул қаҳри” номли сўнгсўз.
Шавкат Раҳмонни хотирлаб. Каримов Б. Шоирнинг ўткир сўзи. –Т.: Шарқ, 2012. 129-bet.
40
azoblarga berolmasdan dosh.
Ulkan, qizil quyosh har kuni
olib ketar uzoqlarga bosh.
Quyosh -nur, rizq, iqbol timsoli. Uning bu yerlardan bosh olib ketishi,
yurtining ma’lum davrlar ichida ma’naviy nurdan ayrilishi shoirning armoni
emasmi? Bizning bu ma’noni teranroq anglab olishimizga shoir qo‘llagan
botayotgan quyosh detali katta yordam beradi.
Zamon har doim ham shoirning ko‘nglidagi gaplarini ochiq aytishga imkon
bermadi. Shu bois chechaklar-u giyohlardan, toshlarning gullashi-yu, tog‘larning
uyg‘oqligidan shoir siz bilan biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq ma’no istadi. Ularni
o‘z fikrlarini ifodalash vostasiga - timsol-u ramzlarga, majoziy ifodalarga
aylantirdi:
Tosh ham gullarmi deb
minglab kaltabin
gurzisin do‘latib yiqilgan paytda,
Mardona iljayib, ko‘rasiz, dedim,
bir kuni gullaydi bu tosh albatta.”
1
Shoir bu so‘zni ishonch bilan aytdi. Ammo o‘sha buyuk toshlarning
gullaganini, ya’ni, buyuk xalqni erkka yuz tutib, ajdodlar nomi oqlanganini
ko‘rolmagani, uning armoni edi.
Shu kabi ramziy ifodalarga boy mushohadalarni uning «Armon» nomli
she’rida ham uchratamiz.
Shavkat Rahmon umrining so‘nggi yillarini og‘ir xastalikda o‘tkazdi.
«Mening har bir kunim o‘limga qarshi» deya ayta olgan shoir chindan ham
shunday yashadi. O‘lim bilan kurashayotgan kezlari ham o‘tli she’rlar bitdi.
Uning so‘nggi she’rlaridan tug‘ilib o‘sgan tuprog‘ini – O‘shni sog‘inib ketganini,
munglig‘ ko‘zlarini Sulton O‘shining yo‘llariga tikkancha yumganini anglash
qiyin emas.
-------------
1
Mullaxo‘jaeva R. “Shavkat Rahmon: shoirlik-qismat.” e-adabiyot.uz sayti.
41
Abadiyat oralab
O‘shga qachon etamiz?..
Shoir ona tuprog‘iga yetib borolmadi. Bu esa bir go‘dakqalb shoirning juda
katta ARMONi bo‘lib qoldi. Agar O‘sh detali satrlar ichida mana men deb
turmaganida biz shoirning asl armoni tug‘ilgan yurtiga bo‘lgan sog‘inch hissi
ekanligini anglolmagan bo‘larmidik.
Shavkat Rahmon neki orzu qilmasin bariga, tom ma’noda, erishdi. Millatimiz
hurfikr, Vatanimiz ozod, Istiqlol shabodalari erkka tashna xalqimiz qatori qalam
ahlining ham ko‘ksini yayratib yubordi. Ishonchimiz shuki, Xudoning hovlisidan
turib, bugungi qutlug‘ kunlarni kuzatayotgan shoirning zulfiqor ruhi xotirjam
kezib yuribdi.
Shavkat Rahmon she’riyatida armon obrazi va uni talqin etgan badiiy
detallar hali ko‘p tahlil va tadqiq qilinadi, yangi xulosalar, fikrlar beriladi.
Shoir she’riyatini tadqiq etayotgan odam undagi vaqt falsafasiga be’tibor
o‘tolmaydi. Shoir vaqtga, hatto uning bolalariga ham, tom ma’noda, sig‘inadi. Har
daqiqa, lahza, soniya ham uning uchun chikora emas. Shoirning iqrori shuki, vaqt
hech qachon insonga qul bo‘lmaydi, u sizdan, bizdan tashqari chiqib ketish, ya’ni
bizni tashlab ketish qudratiga ega. Bunda vaqtni o‘z vujudiga qamay olganlargina
yutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: