INTYeRPRYeTASIYA (lot. interpretation – tushuntirmoq) – talqin; adabiy asar mazmunini idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsyepsiyasini anglash, tushunish. Kyeng ma’noda I. o‘zga tomonidan aytilgan gap, yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini bir butun sifatida tushunish va tushuntirib byerish ma’nosini bildiradi. Badiiy I. turli ko‘rinishlarda, jumladan, badiiy mazmunni, ya’ni asardagi “obrazlar tili”ni mantiqiy tushunchalar tiliga (tanqid, adabiyotshunoslik), lirik-publisistik (essyechilik) yoki boshqa bir “badiiy til” tizimiga (rassomlik, kino, tyeatr va b.) o‘girish orqali amalga oshadi. I. adabiyotshunos faoliyatida yetakchi o‘rin tutadigan birlamchi amal, chunki adabiy asar haqida fikr bildirish va baholash uchun, avvalo, uni bir butun sifatida tushunish talab qilinadi. SHuning uchun ham I. badiiy tahlil jarayonida har vaqt hozir bo‘lgan muhim va byelgilovchi amal hisoblanadi (q. badiiy tahlil).
INTYeRTYeKSTUALLIK (lot. inter – aro, textum – to‘qima, mato, matn) – fanga fransuz filologi YU.Kristyeva kiritgan tyermin. Unga ko‘ra, har qanday matn avval mavjud bo‘lgan matnlarni transformasiya qilgan holda o‘ziga singdirgan sitatalar majmuidir. Mutaxassislar I. konsyepsiyasi rus olimi M.Baxtin qarashlarini rivojlantirish, boshqacha aytganda, qayta idrok etish asosida vujudga kyelganini ta’kidlaydilar. M.Baxtin adabiyotning mavjudlik qonuniyatlari haqida to‘xtalib, har qanday asar o‘zida ijodkor voqyeligini aks ettirgani holda, o‘zidan avvalgi va o‘ziga zamondosh adabiyot bilan muntazam dialogik aloqada bo‘ladi, ya’ni adabiyotning mavjudligi intyersub’yektiv xaraktyerga ega dyeb biladi. M.Baxtin ta’limotining formal tomoniga urg’u byergan YU.Kristyeva esa dialogni matnlar doirasi bilan chyeklab, intyersub’yektivlik o‘rniga intyertyekstuallikni oldingi planga chiqaradi. I. tushunchasi strukturalizm va poststrukturalizm yo‘nalishidagi adabiyotshunoslikda juda tyez ommalashdi. Jumladan, fransuz adabiyotshunosi R.Bart ham I.ni qo‘llab quvvatlaydi, har qanday matn “qo‘shtirnoqsiz sitata” dyeb biladi. YA’ni unga ko‘ra, har qanday matn mohiyatan intyertyekst bo‘lib, unda avvalgi va joriy madaniyatga oid matnlar u yoki bu darajada tanib olish mumkin bo‘lgan alfozda mavjuddir. Albatta, adabiy asar o‘zidan oldingi va joriy zamondosh adabiyot bilan dialogik aloqada ekan, unda boshqa matnlarning izlari syezilishi (q. ryeminissyensiya) tabiiy. Biroq postrukturalistlar bu holni mutlaqlashtiradilar, uni badiiy asar tabiatini byelgilovchi qonuniyat maqomiga ko‘taradilar. Avvalo, ular matnni g’oyat kyeng tushunishadi: adabiyot, madaniyat, jamiyat, tarix, inson – bularning bari matn, bari matn tarzida o‘qilishi va uqilishi mumkin. SHundan kyelib chiqib, insoniyat madaniyati to‘laligicha bitta intyertyekst sifatida tushunildiki, u yangi yaratilayotgan har qanday matnga asos (podtyekst) bo‘lib xizmat qiladi. Dyemak, yangi yaratilayotgan matn sub’yekti madaniyatning ulkan intyertyekstini tashkil qilayotgan sanoqsiz matnlarga singib kyetadi, yo‘qoladi. SHu tariqa matn muallifi intyertyekstual o‘yin proyeksiya qilinadigan bo‘shliq dyeb tushuniladi, matnga esa individning maqsadli faoliyati emas, ongsiz tarzda amalga oshuvchi “intyertyekstual o‘yin” mahsuli sifatida qaraladi. Bu esa badiiy ijodda individuallikni inkor etib, tabiiy ravishda, “sub’yekt o‘limi” (Fuko), “avtor o‘limi” (R.Bart) konsyepsiyalariga bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |