TRADISIYA (lot. traditio – byerib yubormoq, o‘tkazmoq) – qarang: adabiy an’analar
TRILOGIYA (yun. tri – qo‘shma so‘zlar tarkibida uch va logos – so‘z, hikoya, rivoyat) – syujyet-kompozision qurilishi jihatidan nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan uchta asarning umumiy pyersonajlarga egaligi, syujyet chiziqlarining davomiyligi, muallif niyatining yagonaligi va shulardan kyelib chiquvchi yaxlit konsyepsiya tufayli butunlikka birikuvidan tashkil topgan asar. Antik adabiyotda uchta tragyediyadan tarkib topuvchi turkumlar T. dyeb yuritilgan. Jahon adabiyoti tarixida daramatik asarlarni birlashtiruvchi T.lar ham, epik asarlarni birlashtiruvchi T.lar ham ko‘plab yaratilgan. Jumladan, P.Bomarshye ijodida komyediyalardan (“Syevilyalik sartarosh”, “Figaroning uylanishi”, “Aybdor ona”), L.N.Tolstoy myerosida avtobiografik qissalardan (“Bolalik”, “O‘smirlik”, “YOshlik”) tarkib topgan T.lar mavjud. T.ning o‘zbyek adabiyotidagi namunasi sifatida S.Ahmadning “Ufq” (“Qirq byesh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo‘sag’asida”) asarini ko‘rsatish mumkin.
TROP (yun. tropos – ko‘chim) – qarang: ko‘chim
TUGUN (ruschadan kalka: “zavyazka”) – epik va daramatik asarlardagi voqyeaband syujyetning muhim unsuri, voqyealarning boshlanishiga turtki bo‘lgan voqyea, asar konflikti qo‘yilgan joy. T. syujyetning zaruriy elyemyenti sanaladi, ya’ni u syujyetda har vaqt hozirdir. Faqat ayrim hollarda, xususan, ba’zi xronikali syujyetlarda, shuningdyek, “ichki harakat” dinamikasi asosidagi syujyetlarda u yetarlicha bo‘rtib ko‘rinmasligi mumkin. T., odatda, asarning boshlanishida, ekspozisiyadan (agar u bo‘lsa) kyeyinoq byeriladi. Muayyan badiiy-estyetik maqsadni ko‘zda tutgan holda, T.ning o‘rni o‘zgartirilishi ham mumkin. Mas., “O‘tgan kunlar” romanida Otabyek bilan Kumushning daf’atan uchrashib qolishi – birinchi bo‘lim T.i, biroq bu voqyea shu bo‘lim nihoyasida bayon qilinadi. YAna bir jihati, “O‘tgan kunlar”ning uchala bo‘limi ham o‘z T.ga ega: birinchi bo‘limdagi syujyet yechimi – Otabyek bilan Kumushning to‘yi ikkinchi bo‘lim voqyealariga turtki byergan T. bo‘lsa, ikkinchi bo‘limdagi syujyet yechimi – Otabyekning o‘chini olgach Toshkyentga kyetib qolishi uchinchi bo‘lim voqyealariga turtki byeruvchi T.dir. O‘zgacharoq hol “Kyecha va kunduz”da ham kuzatiladi: Akbaralining Zyebiga sovchi qo‘yishi bitta T. bo‘lsa, Miryoqubning Maryamga ishqi tushgani ikkinchi T.ni tashkil qiladi. Dyemak, yirik hajmli asarlar syujyetida bir emas, bir nyechta T. bo‘lishi, asarning nisbiy tugallikka ega qismlari yoki har bir mustaqil syujyet liniyasi o‘z T.iga ega bo‘lishi mumkin ekan.
TEST SAVOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |