Aim.Uz
O‘zbek musiqa rivojiga ulkan hissa qo‘shgan kompazitorlar.
REJA:
- Hamza Hakimzoda Niyoziy, M.Ashrafiy
- Yu.Rajabiy, T.Jalilov
- M. Burxonov, S.Yudakov
- G.Mushel, S.Boboyev
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yilning 7-martida Qo‘qonda tabib oilasida tug‘iladi. ”Otam savodli bo‘lgani uchun men 1899 yildan 1906 yilgacha madrasada eski usul bilan dars o‘qishda davom etdim” — deb Hamza tarjimai holida aytib o‘tgandi. Madrasadagi o‘qishlarni u ma’qul topmasdan tinimsiz o‘z ustida ishlay boshlaydi. Sharq adabiyotining ulug‘ siymolari ijodini qunt bilan o‘rganadi va 1905 yildan boshlab ijodiy mashiqlarga berilib ”Nihon” taxallusi bilan she’rlar, g‘azallar yoza boshlaydi. 1905-1915 yillar davomida Hamzaning 214 ta she’riy turkumi nashrdan chiqadi.
Hamza el-yurtining istiqloli va istiqboliga xizmat qilishdek olijanob maqsad bilan nafas oladi va yurtdoshlarini bu ayanchli turmush girdobidan ro‘shnolikka olib chiqish yo‘llarini axtaradi. Nihoyat o‘sha davrning peshqadam ziyolilari kabi ma’rifatparvarlik bosqichiga ko‘tariladi va hamma narsaning bosh omili, imkoni, davosi bu ilm-ma’rifat degan xulosaga keladi. Hamza dastlab Toshkentda, keyinchalik Qo‘qon va Turkiston shaharlarida ”usuli savtiya” - yangi usuldagi maktab ochadi. Maktab o‘quvchilariga sharoit yaratish maqsadida ”Yordam jamiyati” tuzadi. Boshlang‘ich sinflar uchun ”Yengil adabiyot”, ”Qiroat kitobi” qo‘llanmalarini yozadi va o‘zi ham muallimlik qiladi. Bundan tashqari ”O‘qishni”, ”Qalam”, ”Bilim”, ”Maktab” kabi she’rlar va ”Yangi”, ”Baxt”, ”Feruzaxonim” nomli povestlarini yozib tomomlaydi. Hamza ”Biz ishchimiz”, ”Yashangiz ishchi dehqonlar”, ”Berma erkingni qo‘ldan” kabi o‘nlab she’rlari tufayli ”inqilob kuychisi” deb taniladi. U 1918 yilda Farg‘onada musiqali dramatik truppani tashkil etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziy O‘zbekiston hukumatining 1926 yilning 27 fevralidagi qarori bilan ”O‘zbekiston xalq yozuvchisi” degan faxriy unvonga munosib ko‘riladi. Hamza 1929 yilda vafot etadi.
Muxtor Ashrafiy Ashrafovich 1912 yil Buxoroda tug‘iladi. M.Ashrafiy kompazitor, dirijyor o‘zbek operasi asoschilaridandir. O‘zbekiston xalq artisti, Samarqand musiqa va xoreografiya institutida tahsil olgan. Petrburg konservatoriyasini dirijyorlik bo‘yicha to‘gatgan. Birinchi asari ”’Sadrash” marshi Tolibjon Sodiqov va Sharif Romozonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan. Ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda ilk operalari ”Bo‘ron”, ”Buyuk kanal”ni yaratgan ”Qahramonlik”, ”G‘oliblarga shon-sharaflar” simfoniyalarini, ”Dilorom”, ”Shoir qalbi” operalari, ”Sevgi tumori”, ”Matonat”, ”Muxabbat va qilich” baleti ”Rustam haqida doston” oratoriyasi o‘zbek musiqa madaniyatiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. ”Baxt taronasi” kantatasi ”Bahor eli”, ”Nasriddin Buxoroda”, ”Opa-singil Rahmonovalar”, ”Natashaxonim”, ”Koniyut g‘orining siri”, ”Semurg‘”, ”Gang uzra tong” kabi kinofilmlarga musiqalar yozgan, simfonik poema va syuitalar yaratgan. ”Dilorom” operasi asosida birinchi o‘zbek film-operasi yaratildi. Toshkent konservatoriyasi Ashrafiy nomiga qo‘yilgan edi.
XX asr o‘zbek san’atiga o‘lkan hissa qo‘shgan sa’atkorlar sulolasi bishlig‘i Yunus Rajabiy. Yu.Rajabiy 1897 yili Toshkentda tug‘iladi. U bastakor, xonanda va sozanda, o‘zbek musiqa merosini to‘plovchisihamdir. O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston FA akademigi Yu.Rajabiy ilk saboqni madrasada olganidan so‘ng Turkiston xalq konservatoriyasida, Toshkent oliy musiqa maktabining kursida hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursida ta’lim oladi. U dutor cholishni Mirza Qosimdan o‘rganadi. O‘zbekiston radiokometeti qoshidagi xalq cholg‘u ansambilini tashkil qiladi va o‘zi bu ansamblga rahbarlik qiladi. Yangiyo‘l teatrida va O‘zbekiston teleradiosining ”Maqom” ansambli rahbari lavozimida ishlaydi va bir qancha maqomlarni ansamblda o’rgatadi. Uning dasturidan maqomning ba’zi parchalari o‘rin olgan. Masalan: ”Griya”, ”Ushshoq”, ”Ko‘cha bog‘i”, ”Eshvoy”, ”Kurd”, ”Qalandariy” va hokozo. Bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan. Jumladan: ”Subhidam”, ”Yolg‘iz”, ”Sayqal”, ”Fig‘on”, ”Oraz”, ”Begi Sulton” va boshqalar. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yu.Rajabiy o‘zbek musiqa dramasining shakllanishida ham muhim hissa qo‘shadi. Dastlab ”Farxod va Shirin”, ”Layli va Majnun”, ”Rustam”, ”Avaz”, ”Hosilxon” kabi spektakllarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan, keyinchalik B.Nadijdin bilan hamkorlikda ”Qasos”, N.Mironov bilan ”Qo‘chqor To‘rayev”, G.Mushel bilan ”Muqanna”, O.Halimov bilan ”Nodira”, B.Zeydman bilan ”O‘g‘il uylantirish”, Sayfi Jalil bilan birgalkda ”Navoiy Astrabodda” singari musiqali dramalarini yaratgan. U ”Zaynab va Omon” operasining sahnada qo‘yilishida ham ishtirok etadi.
T.Jalilov 1895 yil Andijonda tug‘iladi. U atoqli sozanda va bastakor, o‘zbek musiqali drama janri asoschilaridan. O‘zbek xalq artisti (1937), Usta Ofoq Oxun va Muhammad Usmon tanburchilardan ta’lim olgan. 1918-20 yillarda tashviqot birgadasiga xonanda va sozanda, milliy musiqa to‘garagi (1923-26), Andijon musiqali drama teatri (1929-34), Toshkentdagi o‘zbek davlat muisqali teatri (1934-36), o‘zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambli(1937-40), Muqumiy teatrida badiiy rahbar (1940-52), musiqa rahbari (1952-66) lavozimlarida faoliyat olib boradi.
O‘zbek mumtoz shoirlaridan Navoiy, Furqat, Muqumiylar (”Gulistonim mening”) va boshqa g‘azallariga bastalagan ashulalari, ”Signal” (xalq so‘zi), ”Dovruq” (K.Ahmadiy she’ri), ”Aziz Vatanim” (Habibiy), ”Kokuliy” (S.Zununova), ”Yalla” va ”O‘ynasin” (Uyg‘un) kabi qo‘shiqlari ommaviylashib ketgan. S.Abdulla she’riga bastalagan ”To‘ylar muborak” qo‘shig‘i nikoh to‘ylarida doimiy ravishda sevib kuylanadi.
1925-27 yillsharda o‘zbek konsert etnografik ansamblining Qozoq, Moskva, Leningrad, Baku shaharlari buylab va chet el (Parij, Berlin)da bergan konsertlarida faol qatnashgan. Xalq raqslari jahon festvali (London 1935)da ishtirok etib oltin medalga sazovar bo‘lgan. Eronga ijodiy safarga borgan konsert brigadasining o‘zbek gruppasiga rahbarlik qilgan.
M.Burxonov 1916 yil Buxoroda tuilgan. O‘zbek kompozitori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arboboi.. 1928-32 yillarda ustozlaridan Ota Jalolidin Nosirov, Domla Halim Ibodov, Matyusuf Harratov kabi sozanda va xonandalardan xalq musiqa merosini o‘rganadi. 1935-39 yillarda Moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasida 1939-41 va 1947-49 yillarda esa Moskva konservatoriyasida S.N.Vasilenkodan kompozitsiya bo‘yicha ta’lim olgan. M.Burxonovning kompozitorlik ijodi 1930 yillarning ikkinchi yarmidan boshlanadi.
U dastlab 1935 yili “Ey bulbul” (A.Lohutiy 1939), “Ba chashmonat qasam” (Mashrab 1939), “Ishq o‘ti” (Uyg‘un 1943), “Ishqida” (Navoiy 1949), “Namedonam chi nom darad” kabi romanslar va “A.Navoiy” dramasi (Uyg‘un va I.Sulton 1943) ga musiqalar bastalagan.
1942 yilda T.Jalilov, T.Sodiqov, M.Vaynberg, A.Kulumovlar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston qilichi” musiqali dramasini yaratadi. 1947 yilda shoir T.Fattox she’ri asosida o‘sha davrning davlat gimnini ijod qiladi. 1950 yilda Sh.Tuyg‘un “Hikmat” dramasiga musiqa yozadi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlar qo‘shiqlarini o‘zbek xalq cholg‘u asboblari va jo‘rsiz xor uchun qayta ishlab respublikamizning barcha viloyatlarida tanilgan. Burxonovning “Samolyot”, “Kapalak”, “Vatan qo‘shig‘i”, “Ashula bayami” kabi ko‘pgina bolalar qo‘shiqlari ham mashhur kompozitor qalamiga mansubdir. Yillar davomida “Baxor qushlari” (1957) poempsini yozgan. 1957 yilda “Abu Ali Ibn Sino” simfonik syuitasini yaratgan (A.Oripov 1968) “A.Navoiyga qasida” kabi katta shakldagi asarlar yaratadi.
M.Burxonov, I.Akbarov va M.Leviyevlar hamkorlikda “Abu Ali Ibn Sino”, “Samalyotlar qo‘nolmadi”, “Maftunigman”, “Orol baliqchilari”, “Surayyo”, “Boy ila xizmatchi”, “Istiqlol yo‘li” fil’mlariga musiqalar bastalagan. U vokal xor asarlariga xalq merosidan ijobiy foydalangan.
Yudakov Sulaymon Aleksandrovich 1916 yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq artisti (1976 yil). Moskva konservatoriyasi qoshidagi Rabfakni musiqa bilim yurtini 1931 yilda tugatgan, shu konservatoriyaning R.M.Gliyer sinfida ta’lim olgan. 1941 yildan Toshkentda ijod bilan shug‘illanadi.
S.Yudakov opera (“Maysaraning ishi”), balet (“Jonli alanga”), kontatalar (“Mening vatanim”, “Muborakbod”) 6 qsimli “Mirzacho‘l” vokal simfonik syuita, vokal simfonik poemalar, “Ona xotirasiga” poema rapsodiyasi, “Alyor” xor vokal poemasi, “Xorografik syuita”, “Tantanali uvertyura”, “Festval uvertyurasi”, “Yoshlik poemasi”, 7 qsimli “G‘alaba” oratoriyasi, qo‘shiqlar, romanslar, kamer cholg‘u asarlari, dramatik spektakllar, kinofil’mlarga musiqa va balet asarlar, Tojikston davlat gimni (1944 yil) muallifi. “Maysaraning ishi” birinchi o‘zbek komik operasi Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Dushanbe, Fransiya, Ufa, Moskva “Romen” (siganlar teatri), Lots (Pol’sha) teatrlarida kuylangan. Bu simfonik asarlar juda ko‘p orkestrlar repertuarlaridan o‘rin olgan. Qo‘shiqlardan: “Davra qo‘shig‘i”, “O‘zbekiston”, “Karnaval val’si” kabi bir qancha qo‘shiqlari xalq orasida ommalashgan.
Georg Mushel 1909 yil 29 iyul Tambovda tug‘ilgan. Kompozitor, pianinochi, pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936) Toshkent konservatoriyasida o‘qituvchi, professor (1976). O‘z ijodida Yevropa kompazitorlik (masalan M.Ravel, S.Prokofev) musiqasi an’analarini davom ettirib, o‘zbek musiqa merosiga xos uslub va ohanglarga shakl va uslublarga ijodiy tayangan. O‘zbekistonda birinchilar qatori simfoniya (1938) balet, kamer musiqiy asarlari rivojiga asos solgan. «Farxod va Shirin» operasi, «Muqumiy» (1953), «Ravshan va Zulxumor» kabi muisqali dramalar, «Raqqosa» (1952), «Baxt guli» (1959), «Kashmir afsonasi» (1961), «Samarqand haqida afsona» (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortipiano va orkestor uchun 6 ta konsert, skripka va orkestor uchun konsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan «24 prelyudiya va fuga» (1975)) romans, qo‘shiq, kinofilmlarga musiqalar yozgan. Mushel rassom sifatida turli janrlarda 100 dan ortiq asarlar yaratgan. Toshkentda Mushel nomidagi yosh musiqachilar tanlovi o‘tkaziladi (1994 yildan boshlab).
Sobir Boboyev 1920 yil 30 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. S.Boboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1949).
1943-47 yillari O‘zbekiston radiosi xorida ishlagan. Kompazitorlar uyushmasi raisi (1948-55, 1960-65, 1981-85), Samarqand opera va balet teatrida badiiy rahbar va direktor (1966-69). O‘zbek davlat filormoniyasida badiiy rahbar (1972-76). 3 opera: «Hamza» (K.Yashin 1961), «Yoriltosh» (Sh.Sa’dulla 1967), «Fidoiylar» (Sh.Sa’dulla 1972), 8 musiqali drama va komediya jumladan «Dalada bayram» (Sh.Sa’dulla, Z.Fatxulin 1957), «Ikki bilakuzuk» (Sh.Sa’dulla 1963), «Muxabbat qo‘shig‘i» (B.Kliyenov 1980) va boshqa kontata, orkestr asarlari, Navoiy, Mashrab, Nodira va zamonaviy o‘zbek shoirlari asarlariga romans va qo‘shiqlar bastalagan.
Adabiyotlar
O‘zbek musiqasi tarixi. T.Ye.Solomonova T.1981.
Istoriya o'zbekskoy muziki. Tom I, II-Toshkent, 1972, 1973
Voprosi muzikalnoy kulturi O'zbekistana Toshkent 1961.
Kompozitori i muzikovedi O'zbekistana. A.Djabbarov, T.Solomonova T.1975.
Do'stlaringiz bilan baham: |