“Tasdiqlayman”
10-sonli DMTT direktori
_____________Usarova N.M
Angren shahar MTB tasarrufidagi
10-sonli davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti
Ma’naviyat soati
Mavzu: “O’zbekiston estrada asoschisi, kompazitor Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi” munosabatli bilan
“ Milliy estradamiz asoschisi”
Musiqa rahbari: Ismatullayeva M.A
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida
Milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, zamonaviy o‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etish, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi hamda jamoatchilik vakillarining 2021-yilda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qo‘mita (A. Aripov) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin:
2021-yil dekabr oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyida Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasini o‘tkazish;
Toshkent shahrida O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomidagi milliy estrada oliy maktabini tashkil etish, u yerda xonanda xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini va muzeyini barpo etish;
Badiiy akademiya tomonidan Botir Zokirov haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilish va uni Toshkent shahrida belgilangan tartibda o‘rnatish;
Botir Zokirov yashagan Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 3-uyga yodgorlik lavhasi o‘rnatish;
Botir Zokirov tahsil olgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi joylashgan ko‘chaga Botir Zokirov nomini berish;
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy estrada-simfonik orkestri bilan Botir Zokirov nomidagi estrada orkestrini birlashtirib, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada-simfonik orkestrini tashkil etish;
Botir Zokirov nomidagi jamoat fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi ishtirokida “Botir Zokirov zamondoshlari xotirasida” nomli kitobni nashrga tayyorlash va chop etish;
Botir Zokirov ijodiga mansub tasviriy san’at namunalari hamda adabiy asarlardan iborat kitob-albomni o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr etish;
Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish;
Botir Zokirovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida yangi hujjatli film yaratish;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali Botir Zokirov va Zokirovlar ijodiy sulolasi haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlarni namoyish etish;
respublika teatrlarida Botir Zokirov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan spektakllar sahnalashtirish;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Botir Zokirov ijodiy merosining milliy san’atimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish va anjuman materiallarini to‘plam holida chop etish;
ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari, harbiy qismlar va mahallalarda taniqli ijodkorlar, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirokida Botir Zokirov ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar va ijodiy kechalar tashkil etish.
Tashkiliy qo‘mitaga Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, mazkur qaror va chora-tadbirlar dasturining o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |