deb ataladigan ikki kenja sinfga bo'linadi. D astlabki darrandalar
(Prototheria) kenja sinfiga bir teshiklilar (Monotremata) turkumi kiradi.
Ular sutemizuvchilar orasida eng soddasi hisoblanadi. Barcha bir teshiklilar
sariq m oddaga b oy bo'lgan tuxum qo'yish yo'li bilan ko'payadi; ichak
va s iy d ik -ta n o s il teshiklari kloakaga ochiladi; sut so'rg'ichlari yo'q, sut
bezlari m axsus tam ovchaga ochiladi, bolalari shu yerga chiqqan sutni
yalaydi; tana harorati nisbatan past, 25 —26°C o'rtasida o'zgarib turadi;
y u m sh o q lablari va tishlari bo'lm aydi. Bir tesh ik lila r turkum iga
o'rdakburun, 2 ta turyexidna va 3 ta tur proyexidna kiradi.
Bir teshiklilar faqat Avstraliya, Yangi G vineya va Tasm aniyada
tarqalgan. O 'rdakburunning gavdasi qalin va yu m sh oq jun bilan
qoplangan. Tum shug'i serbar yassi o'rdak tu m sh u g'iga o'xshaydi.
V o y a g a y e tg a n o'rdakburunlarning jag'larida tish la ri bo'lm aydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |