O’zbek filologiyasi kafedrasi jo’raeva gulrux alisherovna ulug’bek hamdam romanlarida ma’naviy-axloqiy muammolarning badiiy talqini


II b o b “MUVOZANAT” ROMANIDA YANGI SHAXS MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINING SHAKLLANISHI MUAMMOSI



Download 490 Kb.
bet8/14
Sana18.02.2022
Hajmi490 Kb.
#453930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
ULUG’BEK HAMDAM ROMANLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY MUAMMOLARNING BADIIY TALQINI

II b o b
MUVOZANAT” ROMANIDA YANGI SHAXS MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINING SHAKLLANISHI MUAMMOSI

Ulug`bek Hamdamni el og`ziga tushirgan «Muvozanat» romani e`lon qilinganiga ham bir necha yil bo’ldi. Asli adib bunga qadar ham ancha-muncha she`riy mashqlari, bir –ikki hikoyasi-yu yana “Yolg`izlik” qissasini e`lon qilib, kichikroq davralarga xiyla tanilib ulgurgandi. Shu asno «Jahon adabiyoti»da «Muvozanat» e`lon qilindi-yu, munosabat ham tubdan o`zgardi: M.Qoshjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, A.Rasulov kabi ustoz adabiyotshunoslar, P.Qodirovdek katta adiblar romanga yuksak baho berdilar... anchadan beri sokinlik hukm surayotgan adabiy jarayon jonlangandek bo`ldi: asarni quvib izlash-u topib o`qish, u haqdagi qizgin fikr almashuvlar, katta-kichik davralarda muhokama-yu munozaralar o`tkazish, tahririyatga xatlar bitish, asar e`lon qilingan jurnal sonlarining qoldan qolga o`tavergandan titilib ketishi... kabi deyarli unutilayozgan hodisalar kuztila boshladi.


Mustaqillikdan keyingi o’zbek romanchiligidagi katta muammolardan birini istiqlol yillari, xalqning o’tish davri ziddiyatlari hamda unga nisbatan munosabati, qiyinchiliklar oldida turgan odamlarning o’zini tutishi masalasidir. Bunday romanlarining eng yorqin belgilarini Ulug’bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat» asarlari o’zida aks ettiradi. Asarda mustaqillik davri odamlarining turli qiyofadagi vakillari o’zining badiiy timsolini namoyon etgan. Masalan, millatning ziyoli qatlami, uning oldida turgan qiyinchiliklar (bosh qahramon Yusuf timsoli orqali), o’zini islom dini vakili sanagan musulmonnamo odamlar hamda ularning bosayotgan izi (Yusuf ning akasi Amir timsoli orqali), jamiyatning yuqori tabaqasi vakillari hamda ularning insoniylik mezonlari oldida tutayotgan yo’li (Yusuf ning do’sti Said timsoli orqali), tadbirkor, boy lar toifasi va ularning insoniy qiyofasi (Yusuf ning yana bir o’rtog’i Mirazim timsoli orqali) masalalari teran badiiy ifoda etilgan. Asar orqali mustaqillikdan keyingi davrda yurtimizning ijtimoiy hayoti haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Yozuvchi davrimiz hayoti qiyofasini jonli chizib berish, odamlarimizning o’zlarini ko’zguga solib ko’rishlari uchun imkon yaratilgan holda bugungi kun kitobxonini, zamonamiz yoshlarini fikrida, ahdida sobitlik, nafs qutqusining fojialari, odamiylik mezonlari, me’yor masalalari haqida chuqurroq o’yga toldirish maqsadini ko’zlaydi.
Mazkur roman syujeti asosan bosh qahramon Yusuf taqdirini ko’rsatgandek tuyuladi. Yozuvchi Istiqlol davridagi yangi shaxs muammosini shu obrazda umumlashtirgandek. Ammo adib Yusuf ning intilishlarini, undagi muvozanatga kelish jarayonlarini yorqin ko’rsatish uchun uning paralleliga yana uchta – Mirazim, Said va Amir obrazlarini qo’yadi. U.Hamdam mana shu to’rt qahramon sarguzashtlari fonida, ularning birortasi tutgan yo’lni ma’qullamaydi, balki insonga xos bo’lgan mana shu to’rt holat muvozanatga kelishi, shundagina insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi mukammal bo’ladi, deb hisoblaydi. Bu qahramonlarning to’rtalasi ham bugungi zamon qahramonlari. Biroq to’rtta qahramon — to’rtta hayot yo’li. Mana shu to’rtta hayot yo’lining birligi romanda aks etgan voqelikning qay darajada dolzarb ekanini ko’rsatib turibdi. Ulardan biri ziyoli, o’zini ilm-ma’rifatda biror ulug’ maqsadga chog’lagan yosh olim (Yusuf ); ikkinchisi hayotning hamma jihatlarini pul bilan o’lchaydigan, boylik va imkondan o’zga bironta kasb-korni nazar-pisand qilmaydigan «tadbirkor» (Mirazim); uchinchisi yoshlikdan katta-katta mansablarni orzu qilgan, bunga erishish uchun yo’l izlab, muayyan sabablar tufayli niyatiga erishgan, o’zi istagan cho’qqini egallay olgan mansabdor (Said) va nihoyat, to’rtinchisi – hayotning ma’nosini faol turmush tarzidan chekinib, toat-ibodatdan izlayotgan, bu dunyodan yuz o’girgan “dindor” (Amir).
Kasb-kor jihatidan ham, xarakter jihatidan ham bir-birlariga o’xshamagan to’rtta shaxs. Talabalik vaqtlarida birga o’qib, birga ulg’ayganlari uchun, ikkisi esa aka-uka bo’lgani uchun hayotda bir-birlari bilan to’qnash keladilar. Bir-birlarining hayotlaridan xabardor bo’ladilar. Asardagi dramatizm, ba’zi hollardagi fojeiy manzaralar ayni xabardorlik bilan ham bog’lanib ketadi.
Ma’lum bir davrlarda mansabdorning ishi yurishib ketadi, qo’li uzatgan joyiga yetadigan bo’ladi. Biroq oxir oqibatda fojea bilan yakunlanadi. Aksariyat hollarda «tadbirkor» qahramonning oshig’i olchi — ko’plar uning xizmatida, pul va mol-mulkining son-sanog’i yo’q. Lekin uning ham hayoti sekin-asta inqirozga yuz tutayotganini payqash qiyin emas. Romanning uchinchi qahramoni haqiqiy ziyoli. Biroq u sezadiki, faqat kitob titishu ilm egallash uni har doim ham baxtli aylayvermaydi. U o’z idealini, hayotga munosabatini o’zgartirish ustida bosh qotiradi. Nimalarnidir topgandek bo’ladi. Biroq uning topganlari kitobxonni to’la qanoatlantiravermaydi. Demak, kitobxon mansabdor fojeasiyu «tadbirkor»ning achchiq qismati ustida qancha o’ylansa, yosh ziyoli hayot yo’li to’g’risida ham shunday iztirob bilan bosh qotiradi. Ayni chog’da Ulug’bek Hamdam romanda qo’yilgan muammolarni shu yerning o’zida hal qilib berishni maqsad qilmaydi, balki ularni kitobxonning teran mushohadasiga havola etadi.
Jamiyat hayotidagi har qanday o’zgarish, avvalo, ziyolilar ruhiyatida kurtak yozadi, zero, jamiyatning mavjud holati, uning qay tomon borayotgani xususida o’ylash, qayg’urish ziyolilar haqi. Shu jihatdan «Muvozanat»ning markazida ziyoli — tarixchi olim Yusuf ning harakatlanishi tabiiy ko’rindi. Muallifning qahramon tanlashdagi jiddiy yutuqlaridan biri, menimcha, uning yoshi bilan — qirq yosh chegarasidagi odam ekanligi bilan bog’liq. Sababiki, ayni shu yosh chegarasidagi avlod yurtimizda istiqbol sog’inchi chinakam ijtimoiy dardga aylangan davrda shakllangan, ular bu sog’inchni juda teran his etganlar. Ikkinchi tomondan, bu avlod ayrimlar qo’msayotgan «o’tmish» haqida eshitibgina bilmay, uni hozir bilan xolis qiyoslash imkoniga egalar. Roman qahramoni Yusuf ning o’y-hislaridagi ziddiyatlar ayni shu vaziyat bilan bog’liq. U istiqlolning chinakam ne’mat ekanligini teran his qiladi va ayni paytda o’tish davridagi holatlarni ikki tomonni ko’zda tutgan holda xolis baholash va tushunishga intiladi.
Yusuf ning orzusi — bir jamiyat qurilsaki, «unda yashayotgan har bir kishi o’zini, avvalo, Inson o’laroq his qilsa, fuqaro manfaatlari har jihatdan himoya etilsa. Tug’ilish — musibat emas, saodat, hayot tirikchilik qilishdangina iborat bo’lmay — ne’mat, nihoyat, ikkinchi tomonda o’sha ruhiy muvozanat — ko’ngil xotirjamligi bo’lsa!..» Bu olam yaralgandan beri o’tgan ziyoliki bor, barining orzusi. Yusuf o’zining orzusi endilikda hukumatning maqsadiga aylanganini-da biladi. Biroq mustaqillikning dastlabki yillari ko’zi bilan ko’rgani qiyinchiliklar dilidagi ishonchga rahna soladi — ruhiyatidagi muvozanat buziladi. Qahramon ruhiyatida yo’qolgan muvozanatning tiklanish jarayonini ko’rsatish va shu asnoda bugungi kunni baholash, o’zining olam va odam haqidagi falsafasini izhor etish «Muvozanat»ning bosh mavzusidirki, shu jihatdan asar roman janrining risolaviy talablariga to’la javob beradi.
Asar qahramoni Yusuf hayotimizdagi nomarg’ub ko’rinishlar ildizini o’zida, o’zimizda ko’radi. Shu bois ham u vujudidan kuch yog’ilgani holda o’sha kuchni ishlatish o’rnini topolmayotgani tufayligina ojiz qolayotgan hamqishlog’iga qarata «sening jisming emas, aqling dangasa» deydi. Ayni paytda, Yusuf ushbu hukmning o’ziga-da tegishligini his qiladi. U pul topdi-yu, baxt topmadi, topolmadi. Negaki, dunyoni ko’ngliga muvofiqlashtirish yo’lidan emas, balki tamom zid yo’ldan bordi. Bu (va yoki Mirazimu Said, Zahroyu Amirlar taqdiri, qo’yingki fojiasi) yana bir ibrat, boringki, ko’pchiligimiz uchun ogohlikka da’vatdir. Yusuf ruhiy izlanishlari nihoyasida «o’z botinining «men yengaman!» degan amriga tanasini bo’ysundirib va «shu ishonch qat’iyatini bir on bo’lsin bo’shashtirmay» yashash zaruratini tuydi, buni e’tiqod maqomiga ko’tardi. Roman nihoyasida Yusuf ning muayyan ruhiy muvozanatga erishganiyu ertangi kunga umidvorlik bilan qaray olgani shu ishonchning mahsulidir.
«Muvozanat»dagi Amir ham e’tiqod qurboni. Biroq, Amir fojiasining ildizlari o’zgacharoq. Aglaya va Botir firqa tarix sahnasidagi o’tkinchi, tagi puch g’oyalarga aldangan kimsalar bo’lsa, Amir — mangu barhayot diniy-islomiy e’tiqod odami. Payg’ambarimiz o’z ummatlariga: «Ey, insonlar, din ishlarida haddan oshishlikdan saqlaninglar! Sizdan avvalgi ummatlarning halokatiga din ishlarida haddan oshganliklari sabab bo’ldi», — deb vasiyat qilganlar. Amir fojiasi — din, diniy-islomiy e’tiqod bobida haddini bilmagan mutaassib odamning fojiasi. Amirning ayanchli qismati diniy-islomiy qadriyatlarni tiklash jarayonida yuzaga chiqqan bandai ojizlikning bir ko’rinishi. Aslida ziyoli — muallim, yaxshigina shoir bo’lgan bu odam dunyo ishlari, tashvishlaridan butunlay yuz o’girib, faqat taqvo, toat-ibodat, boriga shukur qilib, faqirona kun kechirish yo’lini tutadi; o’zi qolib, o’zgalarni ham shu yo’ldan borishga majbur etadi, hatto o’zgacha qarashdagi otasi, onasiga, og’a-inilariga, yaqinlariga ham kun bermaydi, ertayu kech ibodat bilan bo’lib, tanglik sharoitida oilasini, kasalmand turmush o’rtog’ini, farzandlarini mushkul ahvolga solib qo’yadi. Holbuki, ustoz ko’rmagan chalasavod bu odam chillaga o’tirmasin edi; telba bir holatda darbadar tog’ safariga chiqib, nogohon do’zax azobiga duch keladi, o’g’rilikda gumon qilinib, sharmandalarcha sazoyi etiladi...
Romandagi eng yorqin, konseptual personajlardan biri shu Amir obrazidir, Amir yosh yozuvchining chindan-da badiiy yutug’idir.
Asarda personaj qismati bilan bog’liq shunday lavhalar, hatto kichik detallar bo’ladiki, ular personajning bor bisotini chaqmoqdek yoritib yuboradi... «Muvozanat»da shunday bir lavha bor. O’g’rilikda gumon qilinib, cho’ponlar tomonidan qip-yalang’och holda yo’l yoqasidagi ulkan toshga chirmab tashlangan Amir uyat, xo’rlik, kaltak azobidan ham ko’ra tashnalikdan qattiq aziyat chekadi. Foniy dunyoning lazzatlaridan yuz o’girib, taqvo yo’lini tutgan bu kimsa ajal yoqasiga kelib qolganida osmondagi bulut parchasi bir qur savalab o’tgan yomg’irdan o’ziga kela boshlaydi. Mana, uning o’sha topdagi holati: «U tamshanib, lablarida hali qurib ulgurmagan yomg’ir tomchilarini yutoqib yaladi va cheksiz lazzat tuydi, bundan hatto boshi gir aylandi». Qarang, Amir qanchalik taqvodor, mutaassib, g’oya odami bo’lmasin, baribir inson bolasi sifatida shu yorug’ dunyoning bir tomchi suviga zor ekan-ku, undan cheksiz lazzat tuyar ekan-ku?! Amir tutgan yo’lning g’ayritabiiy, g’ayriinsoniy ekanini bundan-da oshirib ifodalash mumkinmi?! Lekin, baribir, u taqvodorligicha qoladi, shu topda u o’zini jannatda deb his etadi. Muallif: «Negadir xayolida «jannat» so’zi chaqnadi», — deb yozadi – Amirning fojiasi ana shunda. U pand-nasihat, hayotning shafqatsiz saboqlari tufayli darhol o’zgarib qoladigan banda emas. Ana shu jumlada ham bu shaxsning kimligi, o’jar tabiati yaqqol ko’rinib turibdi.
Amirni shartli ravishda «kitobiy odam» deb atash mumkin. «Muvozanat»dagi markaziy personaj Yusuf esa «tabiiy odam», zamon kishisi ekani bilan ajralib turadi. Yusuf da ham muayyan e’tiqod mavjud, u diniy qadriyatlar ahamiyatini aslo rad etmaydi, ammo u, avvalo, dunyoviy fan, zamon kishisi; hayotini millatning haqiqiy tarixini yaratish yo’liga tikkan, zamonni, davr o’zgarishlarini teran his etadigan tarixiy jarayon, yurt istiqboli haqida mustaqil qarashlarga ega yetuk bir shaxs. Bozor iqtisodi munosabatlariga o’tish davri to’fonlari bu yigit boshqargan hayot kemasini shafqatsiz sinovlarga duchor etadi. Mana shu to’fonlar girdobida u boshqargan kema sohilning goh u, goh bu tomoniga borib keladi. Bu yigit ko’pdan-ko’p mushkul savdolarni boshdan kechiradi, moddiy muhtojlik jabrini tatiydi, oilasi, farzandidan ajraladi, muayyan muddat sevgan kasbidan ketadi, tabi suymagan yumushlarni ado etishga majbur bo’ladi. Roman muhokamasi payti Yusufdek yetuk ziyolining o’z insoniylik sha’nini toptab, tirikchilik deb, shu xil ko’chalarga kirishi xususida e’tirozlar ham bildirildi. Nachora, buni hayot, deydilar. Agar Yusuf qismati, ruhiyatidagi jarayonlar tasvirini sinchiklab kuzatsangiz, u ne-ne o’y-xayollarga bormasin, turli-tuman ko’chalarga kirib chiqmasin, goho adolatsizlik, nochorlik tufayli har qancha o’rtanmasin, baribir qalbining tub-tubida o’zligiga, adolat tuyg’usiga sodiqligicha qoladi, millat, yurt qayg’usi haqida o’ylashdan bir zum ham to’xtamaydi...
Romanda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning badiiy talqini bevosita o’lim motivi bilan bog’lanib ketadi. “Sho’ro davri adabiy siyosati, - deb yozadi professor Umarali Normatov, - hatto inson umrining eng so’nggi daqiqasi — o’lim, hijron tasviriga ham ta’sirini ko’rsatgan edi; hijron va o’limni tasvirlash qaltis ish sanalardi, asarni mumkin qadar judoliklarsiz, optimistik tarzda yakunlash urf bo’lgandi, mabodo hijron, o’lim qalamga olingudek bo’lsa, u, albatta, kommunistik mafkura, siyosat ruhi bilan yo’g’rilgan bo’lishi darkor edi”.
So’nggi yillari adiblarimiz jahon adabiyotining bu ko’hna muammosini yangicha, aniqrog’i, umumbashariy miqyoslarda turib, chin insoniy nigoh bilan yoritish yo’liga dadil o’ta boshladilar. Zulfiyaning «Xotiram siniqlari», Said Ahmadning «Qorako’z majnun», «Oftoboyim» hikoyalari, Omon Muxtor, Ulug’bek Hamdam romanlari, iste’dodli shoirlarimizning o’nlab she’rlari da’vomizga misol bo’la oladi.
«Muvozanat»da bir emas, uchta o’lim tasviri bor. Uchalasi uch xil ruhda talqin etilgan. 54-bobda chaqaloq o’limi tasvirlangan: qishloq kasalxonasi koridorida iztirob va umid bilan Oygul yonida o’tirgan Yusuf . Ichkarida — palatada jon talashayotgan go’dak. Shu orada shifokorlarning jarangdor kulgisi, jon talashayotgan go’dak tepasida turib, bir-birlariga latifa aytib kulishlari. Ular orasida shahardan kelgan taniqli vrach — Yusuf ning bolalik do’sti Mansurning ham borligi, shifokorlarning Yusuf ga «mehribon»chiligi — koridorga chiqib turishni maslahat berishlari — go’dak «tayyor bo’lgan»da chaqirajaklari... Bunday «iltifot»dan Yusuf ning yarador sherdek hayqirishi, odam shaklidagi maxluqlarga hamlasi, to’s-to’polon paytida maxluqlar qallobligining oshkor bo’lishi... Bulardan ham dahshatlisi, ota va ona, yaqinlar diydoriga zor holda jon taslim etolmay yotgan go’dak holati; tepasida yaqinlari, ota-onasi paydo bo’lganini sezgan go’dakning qaboqlarini ochib dovdirashi, o’ziga qarab turgan chehralarga bir-bir boqishi, goh onasi, goh otasiga talpinishi, nihoyat, u dadasida qo’nim topishi, majolsiz holda: «Dada», — deya shivirlashi, ko’zlaridan so’nggi ikki tomchi yoshning chekkasiga yumalab tushishi... Bu yerda hech qanaqa sentimental chuchmallik yo’q. Balki mardona, shafqatsiz haqiqat bor! Chaqaloqning shu so’nggi: «Dada», — degan majolsiz shivirida, ko’zlaridan dumalab tushgan ikki tomchi yoshda butun olamni larzaga solgudek drama bor! Yozuvchi juda katta mahorat bilan ma’naviy-axloqiy qiyofasi o’zgargan zamondosh shaxs siymosini doktorlar obrazida muhrlagan. O’z nasli, zurriyoti taqdirini odam shaklidagi maxluqlarga, yulg’ichlarga topshirib qo’ygan otagagina emas, umuman, nokomil inson zotiga malomat bor!.. Mana shu epizodda ham o’tkir zamonaviy ma’naviy-axloqiy muammo o’z ifodasini topgan.
Inson ehtiyoji shu darajada kengki, unga nafaqat moddiy, balki, ma’naviy, ruhiy ehtiyojlar ham kiradi. Sevish va sevilish, do’stlashish yoki, eng oddiy misol, suvga tashnalik ham bitta ehtiyoj sanaladi. Qaysiki, birining talabi qondirilmas ekan, o’sha jarayon insonning botini yoki zohirini inqirozga olib keladi. “Muvozanat” asaridagi Yusuf , Said, Mirazim, Zahro, Amir singari qahramonlar jamiyatda, o’z shaxsiy hayotida, botiniy va zohiriy olamida o’zi bilan o’zi kurashadi. Qaysidir biri idellashmagan sevgisi uchun, ba’zisi ma’naviy-ruhiy ehtiyoj uchun kurashadi. Yozuvchining o’zi ta’kidlaganidek, hayotda ma’lum bir vaznni saqlab qolishga qaratilgan inson ruhiyati muvozanatni saqlab qololmay, qarsillab sinadi. Hatto, asarning eng iqtidorli, aqlli, hayotga, jamiyatga, atrofdagi insonlarga xolis nazar bilan qarovchi Yusuf da ham xuddi shu holat yuz beradi.
Asardagi bosh obraz — Yusuf ning o’z ish o’rniga qaytishi bilan muallif hayotning jiddiy, ijtimoiy-falsafiy g’oyasini ilgari surgan. Olam muvozanatining buzilishiga yo’l qo’ymaydigan, dunyoda uyg’unlikni tutib turishga qodir ulug’ insonlar Yusuf timolida gavdalantirilgan. Aynan Yusuf ning o’z o’rniga qaytishi dunyo muvozanatiga bo’lgan ishonchga bir ishora. Nega Mirazim Yusuf ni ko’rsa taskin topadi, Zahro Yusuf dan kuch oladi, Said Yusuf ga zimdan talpinib yashaydi? Aslida, har bir inson Yusuflar tufayli lozim bo’lgan muvozanatga muhtoj. Yusuf kabi insonlar bor ekan, olam muvozanati yo’qolmaydi, u o’z o’qi atrofida aylanaveradi.


Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish