O’zbek filologiyasi kafedrasi jo’raeva gulrux alisherovna ulug’bek hamdam romanlarida ma’naviy-axloqiy muammolarning badiiy talqini



Download 490 Kb.
bet5/14
Sana18.02.2022
Hajmi490 Kb.
#453930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ULUG’BEK HAMDAM ROMANLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY MUAMMOLARNING BADIIY TALQINI

BMIning tadqiq usuli. BMIda, asosan, analiz (tahlil) hamda qiyosiy usuldan foydalanildi.
BMIning ob’ekti sifatida Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat” hamda “Sabo va Samandar” romanlaridan foydalanildi. Bundan tashqari, ishning birinchi bobi uchun istiqlol davrida yaratilgan boshq a romanlar ham tahlilga tortildi.
BMIning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, to’rt asosiy bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I b o b
HOZIRGI O’ZBEK ROMANNAVISLIGI VA UNDA ULUG’BEK HAMDAM IJODINING O’RNI

Bugungi kunda kelib o’zbek adabiyotida roman janri ham 100 yildan ortiq davrlik taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. roman Qodiriy tashabbusi bilan boshlangan romanchilik an’anasi turli adiblar tomonidan, turli uslub va yo’nalishlarda davom etdi. Aytish mumkinki, Sho’ro davri adabiyotda yozilgan romanlar soni barmoq bilan sanarli va ularni dunyoga keltirgan qalamkashlar ham aniqki, juda ko’p sonni tashkil etmaydi: Cho’lpon, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qahhor, Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Said Ahmad, Hamid G’ulom, Mirmuhsin, Nazir Safarov va shular kabilar. Ammo bugungi kunda romanavis deb tilga olishga nomzod bo’la oladigan ijod sohiblarining sanab sanog’i ancha katta. Bu, albatta, ijobiy hodisa. Milliy-ma’naviy taraqqiyot, mafkuraviy erkinlikka yo’l ochilgan bugungi kunda ijtimoiy hayotning, tarixiy o’tmishimizning namunaviy ko’zgusi bo’lmish adabiyotning ham faoliyat doirasi kengayganligi tabiiy bir holdir. Buning faqat roman janri rivojlanishi uchungina emas, balki adabiy-badiiy ijodning barcha tarmoqlari uchun ijobiy ta’sir ko’rsatganligi ta’kidlanib kelinmoqda. Biroq aynan ushbu janr namunalarini ijod etishga bo’lgan qiziqish nosirlarimiz uchun bu, birinchidan, individual holat bo’lsa, qolaversa, bugungi ozod va farovon hayotimiz va ungacha bosib o’tilgan mashaqqatli yo’l – xalqimizning shonli o’tmishini butun bo’yu basti bilan, xolis aks ettirish ehtiyoji ushbu janrning nash’u namosi uchun sharoit hozirladi. Shuningdek, bugungi dolzarb va o’zgarishlarga boy, mustaqillik in’om etgan insonlardagi keng fikrlilik, jamiyatdagi ko’p tarmoqlilik va odamlar ongidagi siljishlarning naqadar besarhadligi katta epik turdagi asarlaring har qanchasi uchun ham yetarlicha material bera oladi. Bugungi inson dunyoqarashi, uning o’tmishi, buguni va kelajagi uchun qayg’urish, bularning barchasini butun murakkabligi bilan, to’liq tasvirlashga bo’lgan intilish hissining natijasi sifatida ko’p tarmoqli syujet hisobiga tashkil etiladigan, qahramonlar taqdirini ham har tomonlama aks ettirish imkoniyatiga ega bo’lgan roman janriga murojaat qilinishiga tabiiy hol sifatida qarash lozim bo’ladi.


Bugungi kun romanavisligidagi o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri sifatida shuni aytish mumkinki, o’zbek romani yaratilgan asrida ijodkorlardan katta ilmiy-ijodiy tajribani, omma orasidagi muayyan mavqeni talab etgandek tasavvur hosil bo’ladi. Chunki romanavislarimiz to roman janriga qo’l urgunlariga qadar epik turning boshqa kichik ko’rinishlarida o’zlarini sinab, qalamlarini charxlab va hattoki, el ichra tanilib olgan bo’lar edilar va nihoyat o’zlarini roman ijod etishning haqli bir a’zosiga aylanganliklarini his etishardi chog’i, mazkur janr olamiga iymanibgina qadam bosishga jur’at etishardi. Ammo bugungi kunda esa adabiyot olamiga, kerak bo’lsa, bittagina hikoyasi bilan tanilib ulgurmay kattagina romanlarini nashrdan chiqarishga erishayotgan yozuvchilarimizni tez-tez uchratib turish odatiy holga aylanib bormoqda. Bunday asarlarning ayrimlarini katta epik turning haqli namunalari sifatida tan olish mumkinligi holda ularning ayrimlariga badiiy san’atning yuksak namunalari sifatida qarashga majburiyat seziladi. Masalan, Solih Qahhorning «Daydi qizning daftari» romanini olaylik. Muallifning bundan oldin e’lon qilgan birir bir ijod namunasini uchratish qiyin. Balki ijodkor insonlarning intim munosabatlariga daxl qiluvchi va hattoki, bunday voqealarning odamlar orasida shov-shuvga sabab bo’layotgan qing’ir ishlarga sabab bo’layotganligi masalasini qalamga olgan holda o’quvchilarni qiziqtirib, tez fursatda shuhrat qozonish istagidadir, degan fikr kishida beixtiyor uyg’onadi. YOki Salomat Vafo o’zining «Tilsim saltanati» romanini e’lon qilishdan oldin matbuotda ayrim hikoyalarini e’lon qilgan bo’lishi mumkindir, biroq uning dabdurustdan tarixiy mavzudagi katta epik janrga qo’l urishi o’quvchini hayron qoldiradi. Aslida, insonning ulkan ishlarni amalga oshirish uchun albatta, mashaqqat chekishi, mehnat qilishi, ungacha juda ko’p tayyorgarlik ko’rishi va hatto kimlarningdir e’tiborini qozonishi mantiqiy jarayondir. Xullas, bu kabi holatlar ayrim romanlarda badiiy jihatdan jo’nlik, bo’shlikni keltirib chiqarmoqda.
Bugungi o’zbek adabiyotiga xos izlanuvchanlik, o’zgarishga, yangilikka moyillik xususiyatlarini roman janriga mansub asarlarga ham ta’sir ko’rsatdi. G’arb adabiyoti ta’sirida, qolaversa, milliy adabiyotimizda ham kechayotgan yangiliklarga intilish tendensiyasi ta’siri o’laroq romanlarning janriy xususiyatlarida, mazmunida xilma xil o’zgarishlar sodir bo’ldi. An’anaviy syujetga ega bo’lgan, xronologik romanlardan ham voz kechilmagan holda ayrim romanlar qahramonlarning xayolida yoki tushida kechgan hodisotlar asosida tuzilgan voqealar bayoniga bag’ishlangan bo’lsa, yana ba’zi birlari boshdan oxir maktub tarzida yozilgan. Asosan, real voqelik aks ettirilmay, ba’zi katta epik tur namunalarida ramziylik, fantastik unsurlar kuchliligini, yana ayrimlariga detektiv unsurlariga urg’uning balandlayotganligini kuzatish mumkin. Ba’zan shunday jarayonlar ham yuz bermoqdaki, ayrim ijodkorlar ushbu janrning adabiy talablaridan chetga chiqish, cheklanish yoki o’zgarish kiritish jur’ati bilan chiqmoqdalar. Masalan, Omon Muxtor romanlarini olaylik. Har bir davr o’z muammolari va o’z qahramonlarini yuzaga chiqaradi. Badiiy adabiyotning maqsad va vazifasi ham ana shu davr mahsuli bo’lgan inson va uning o’ziga xosligini ko’rsatishdir. E’tirof etish kerakki, istiqlol yillari o’tish davrida bugungi kunning yukuni yelkasida ko’tara oladigan, hayotda namuna bo’la oladigan obrazlar qachon yaratiladi, degan fikrlar mavjud edi. Boshqa janrlarda bo’lgani singari so’nggi yillar adabiy jarayonidagi romanchiligimizda ham davr muammolarini badiiy talqin qilish, hozirjavoblik davrga hamnafasli kabi xususiyatlar o’z taraqqiyoti iziga tushmoqda.
Mustaqillik yillarida tarixiy mavzularda roman yozish an’anasi ham faol davom etdi. Ulug’ shaxslar hayoti, faoliyati haqida hikoya qiluvchi, o’tmishimizning shonli sahifalarini varaqlash asosida bugungi avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarni ulug’lash, el-yurtga fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadiga xizmat qiluvchi vazifani ko’zlaganligi davrimiz adabiyotining beqiyos yutug’idir. Istiqlol davrida yaratilgan romanlardan quyidagilarning nomlarini mamnuniyat bilan tilga olishimiz mumkin: Muhammad Ali «Sarbadorlar», «Ulug’ saltanat» (Ikki qimdan iborat), Salomat Vafo «Tilsim saltanati», Luqmon Bo’rixon «Jaziramadagi odamlar», Sa’dulla Siyoyev «Yassaviyning so’nggi safari», To’lqin Hayit «Vafo malikasi», Omon Muxtor «Ishq ahli», «Aflotun», «Ffu», Mirmuhsin «Movarounnahr», «Turon malikasi», Pirimqul Qodirov «Ona lochin vidosi», Maqsud Qoriyev «Ibn Sino», «Beruniy», Xayriddin Sultonov «Boburiynoma», Dushan Fayziy «Imom al Buxoriy», Bo’riboy Ahmedov «Amir Temur», Naim Karimov «Cho’lpon», Asad Dilmurod «Fano dashtidagi qush», «Mahmud Tarobiy», Tohir Jo’lmatov «Navqiron bek», Xayriddin Begmat «Mehribonim qaydasan", Tog’ay Murod «Otamdan Qolgan dalalar», Shukrullo «Kafansiz ko’milganlar» (xotira-roman). Bular orasida Xayriddin Sultonov, Bo’riboy Ahmedov, Naim Karimov kabilar asarlari ilmiy-ma’rifiy roman hisoblanadi. Muhammad Ali, Salomat Vafo, To’lqin Hayit, Omon Muxtor, Mirmuhsin, Pirimqul Qodirov, Maqsud Qoriyev, Dushan Fayziy, Asad Dilmurod, Xayriddin Begmat kabi qalamkashlarning romanlari uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqealarga bag’ishlangan bo’lsa, Luqmon Bo’rixon, Tog’ay Murod romanlari yaqin o’tmish, ya’ni XX asr boshlari, qolaversa, SHo’ro davri tarixiga bag’ishlangandir. Muhammad Alining «Ulug’ saltanat» (Ikki qimdan iborat), Omon Muxtorning «Ishq ahli», Pirimqul Qodirovning «Ona lochin vidosi», Xayriddin Sultonovning «Boburiynoma», Bo’riboy Ahmedovning «Amir Temur», To’lqin Hayitning «Vafo malikasi» romanlari Temur va temuriylar mavzusiga bag’ishlangan asarlar qatorini to’ldiradi. Ushbu asarlar sho’ro davrida yaratilgan temuriylar masalasiga bag’ishlangan romanlardan birmuncha farqli tomonlarga ega. Bugungi kunda tariximizga munosabatning tubdan o’zgarganligi, o’tmishimizga oid ko’plab ma’lumotlar, faktlar, yangiliklar ildizlarining yanada chuqurroq ochila borayotganligi mazkur mavzudagi asarlarda o’z aksini topdi. Masalan, Imom al Buxoriy, Mashrab Amir Temur, Yassaviylarga bag’ishlab asar yozishga sho’ro davrida jur’at qilish naqadar qiyin edi. Ba’zan-ba’zan yuz ko’rsatib qoladigan tarixiy asarlarda ham yozuvchilarning nechog’li sergak turganligi, tarixning sirtidan aylanib fikr yuritayotganligi yoki faktlarni ko’ra bila turib tarixiy haqiqatga zid ravishda buzib talqin qilayotganligi anglashilib qolar edi. Anna shu tazyiqlarga chek qo’yganligi, erkin ijod qilish imkoniyatiga yo’l ochilganligini bugungi kunda tarixiy asarlarning qiyofasi, g’oyaviy-badiiy isbotlab turadi.
Temur va temuriylar tarixi mavzusiga bag’ishlangan asarlarda, eng avvalo, ulug’ sohibqiron shaxsiga munosabat tubdan o’zgardi. Uning vatanimiz shon-u shavkati uchun qilgan fidoyiliklari-yu aql-zakovati, umuman, bu buyuk siymoning ma’naviy qiyofasi badiiy gavdalantiildi. Romanlarda nafaqat Amir Temur, balki uning atrofidagilar, ayniqsa, ahli ayollari masalasiga ham kuchliroq berildi. Masalan, Muhammad Alining «Ulug’ saltanat» romanida Amir Temurning kundalik maishiy hayoti, oilasi, ayollari, qarindosh-urug’, yor-u birodarlari, farzandlari tarbiyasi, kelinlariga e’tibori masalalariga ko’proq e’tibor qilingan. Yozuvchi ulug’ sarkarda faoliyatining jang-u jadallar bilan bog’liq tomonlaridan ko’ra ko’proq axloqiy-tarbiyaviy jihatdan o’rnak olishga arzigulik jihatlarini yoritishni bugungi kun yoshlari uchun zarurligini inobatga olgan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Xullas, shu orqali Amir Temurning hali kitobxonga u qadar tanish, ma’lum bo’lmagan, ibrat olishga arzigulik xislatlarini ochib berishga harakat qilgan.
Umuman, bu davrda Temur saltanati ichkarisi, ya’ni temuriy malikalar hayotiga qiziqish kuchliligini To’lqin Hayitning «Vafo malikasi», Pirimqul Qodirovning «Ona lochin vidosi» romanlari ham ko’rsatib turadi. To’lqin Hayitning bu asarida Amir Temurning 1360-1370 yillardagi Chingiz bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi, bu yo’lda uning turmush o’rtog’i O’ljoy turkon og’oning ham boshqa fidoiy va mard jangchilar bilan bir qatorda buyuk sarkardaning yonida turganligi, unga suyanchiq va odil maslahatchi bo’lganligi haqida hikoya qilinadi.
Omon Muxtor qalamiga mansub romanlar syujetida tarix va bugun voqea-hodisalari aralash berib boriladi. Masalan, uning «Navoiy va rassom Abulxayr» romani ikki qism: «Ishq ahli», «Buyuk farrosh» kabilardan iborat. Asarning ayrim o’rinlari rassom Abulxayrning xotira daftari qaydlaridan iborat bo’lsa, boshqa bir qaydlar Alisher Navoiy hayoti, she’riyatiga borib taqaladi.
Zamonaviy o’zbek romanlarining yana ayrimlarida sho’ro davrining so’nggi yillarida bo’lib o’tgan voqealar qalamga olinib, o’z e’tiqodi, adolat, haqiqat tarafida turish ehtiyojini ustun qo’ygan odamlar ko’rgan qiyinchiliklar, ularning alamli, fojiali taqdirlari to’g’risida hikoya qilinadi. Ular ham o’z e’tiqodida sobit millat ziyolilaridir. U o’zi yashab turgan imoratning po’kakligi, o’zi xizmat qilib yurgan jamiyatning yolg’on asosida qurilganligini ichki bir kechinmalari bilan his etganlar. Bu jamiyatda muruvvati burab qo’yilsa bas, yurib ketaveradigan jonsiz mexanizmdan farq qilmaydigan holatga ko’nikmas ekan, bu yorug’ olamda unga nafas yo’q ekanligini beixtiyor anglab boradilar. Hayotning yoshini, turmush achchig’i, mavjud haqiqat ularga buni idrok etish uchun sharoit hozirlaydi. Masalan, Odil Yoqubovning «Adolat manzili» asari qahramonlari Suyun burgut va uning o’g’li Lochin ana shunday millatdoshlarimiz toifasidan. Asarda davr ziddiyatlari, ijtimoiy hayot voqealari butun murakkabligi bilan teran ochib berilishi, shuningdek, qahramonlar xarakteri, psixologiyasi, ular umrining fojeiy yakun topishi bilan bog’liq ixtiloflar - konflikt ishonarli dalillar bilan isbotlab beriladi. Bunday voqealar tasviri Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar», Omon Muxtorning «Ming bir qiyofa», Uchqun Nazarovning «Chayon yili», Luqmon Bo’rixonning «Jaziramadagi odamlar» asarlarida ham asosiy mavzuni tashkil etadi.
Mustaqillik tufayli Sho’ro siyosatining yashirin, oddiy xalqqa oshkor etilmaydigan yoki boshqacha talqinda etkaziladigan sirlari, o’zgacha siyosati, illatlarning ildizlari ochila bordi va aabiyotimizda bular ham o’zining aksini topdi. Masalan, ziyolilarni ommaviy qatag’on qilish ishlari, paxta muammosi, Mirzacho’lni o’zlashtirish masalalari, bundan qalbi zada bo’lgan xalqning achchiq va alamli, mashaqqatli kechmishi o’zining xolis bahosini ola boshladi. SHulardan azamat o’zbek yigitlarining Afg’on urushida ishtirok etib, qon kechib, bu bema’ni safarbarlikning begunoh qurboniga aylanishgani haqida hikoya qiluvchi bir qator romanlar yuzaga keldi. Jumladan, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Abdurashid Nurmurodovning «Qon hidi» romanlari shu mavzuning bayoniga bag’ishlangan.Ikkala asar syujeti ham bosh qahramonning o’y-kechinmalari, xotiralari asosida shakllantirilgan.Shu bois, voqealar ma’lum davr izchilligida ko’rsatilmaydi. Masalan, «Qon hidi» asari bosh qahramon Vohidning hozirgi kundagi xatti-harakatlari goh Afg’on urushi manzaralari, goh janglardan keyingi holatlar, gohida esa bolalik xotiralari tarzida Vohidning xayolida birma-bir jonlantiriladi. Ijodkor qahramoni bolaligini eslatish orqali uning qilgan ishlari, atrofidagi olamga munosabati orqali xarakterini badiiy jihatdan dalillab boradi, yigitning ko’nglida yovuzlikka moyillik bo’lmaganligini isbotlashni maqsad qiladi.
Xullas, mustaqillikdan keyin adiblarimiz mustabid tuzumning davr, zamon, Vatan, inson va uning ma’naviy-iqtisodiy hayoti, ruhiyati uchun salbiy ta’siriga urg’u berishga intilishdi. Ko’pgina ijodkorlar yurtimiz boshiga tushgan bu mudhish falokatning ildizlari, asoratlari haqida so’zlash, shu orqali millat kelajagi uchun qayg’urish tuyg’usini o’zlari uchun botiniy ehtiyoj deb bilishdi.
Mustaqillikdan keyingi davrda zamonaviy mavzulardagi romanlarning badiiy qimmati oshdi. Bunday romanlar son jihatdan ham ko’paydi. Xurshid Do’stmuhammadning «Bozor», Abdurashid Nurmurodovning «Qon hidi», O’lmas Umarbekovning «Fotima va Zuhra», To’xtamurod Rustamning «Kapalaklar o’yini», Ne’mat Arslonning «Mavhumot», Asad Dilmurodning «Fano dashtidagi qush», Ulug’bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat», Abbos Saidning «Besh kunlik dunyo», «Ko’chada qolgan odam», Tilavoldi Jo’rayevning «Bozor dunyo», «Arvohlar tunda izg’iydi», Shoyim Bo’tayevning «Qo’rg’onlangan oy», Mirmuhsinning «Ilon o’chi», Murod Mansurovning «Judolik diyori», Abduqahhor Ibrohimovning «Uyqu kelmas kechalar», Shukur Xolmirzayevning «Dinazavr», «Olabo’ji», Solih Qahhorning «Daydi qizning daftari», Luqmon Bo’rixon «Jaziramadagi odamlar», Omon Muxtor «Ayollar mamlakati va saltanati», «Maydon», Bahrom Ro’ziyev «Albatta general bo’lasan», Tog’ay Murod «Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi» kabi asarlarini istiqloldan keyingi davrda yaratilgan zamonaviy mavzudagi romanlar sirasiga kiritish mumkin.
Zamonaviy mavzudagi romanlarning asosiy muammolar doirasi ijtimoiy masalalar bo’lib, ularda yangi davr qiyofasi, odamlarning xulq-atvori, xarakteri, iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy jabhalardagi o’zgarishlar, yutuqlar va ayni paytda, kamchiliklar, jamiyatdagi va insonlar orasidagi ziddiyatlar qalamga olinadi.
Eng avvalo, bugungi kun qalamkashlarini sho’rodan qolgan odamlar qiziqtirdi. Tan olish kerakki, o’zgarayotgan zamonning eng ayanchli ruhiy azoblar po’rtanasi ostida qolgan vakili sho’ro davrining ziyolisi edi. Uning ma’naviy olami, ishonch va shubhalar girdobida o’tgan o’tmishi, arosatda qolgan bugungi toptalgan e’tiqodi, yelga sovrilgan umri. Nafaqat mustaqilli odamlari, balki butun olam, o’zining o’tmishi, vijdoni masxara qilingandek chorasiz qolgan, o’zligini anglay olmay adashgan-adashtirilgan inson o’z fojiasini qay tarzda qabul qiladi: qabul qila oladimi o’zi yoki rad etadimi? Ularni kuzatish, ruhiy dunyosini qayta badiiy kashf etish, jonlantirish vazifasini zimmasiga olishga bir qancha ijodkorlar jazm etdilar. Bulardan biri iste’dodli adib Tog’ay Murod bo’lib, u o’zinng «Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi» asarida ushbu masalani teran aks ettirgan.
Hozirgi kunda millatdoshlarimiz yashash, turmush tarzi, ular dunyoqarashidagi o’zgarishlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida yuzaga kelgan turmush tartibotlarining xalqimiz ijtimoiy va ma’naviy hayotiga kirib borishi hamda bu jarayondagi murakkabliklar va ularga moslashish kabi masalalar Shukur Xolmirzayevning «Dinazavr», Xurshid Do’stmuhammadning «Bozor”, Ulug’bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat» romanlarida haqqoniy va hayotiy tasvirlandi.
Masalan, «Dinazavr» romani aynan shunday odamlarning badiiy timsoli yaratilgan. Asar qahramonlaridan biri Mahkam mustabid tuzumda voyaga etgan. Uni o’z hayotidan qoniqib yashagan shaxs deb bo’lmaydi. Yaqinlarining qatag’onchilik siyosati zulmlaridan jabr chekkanligiga guvoh bo’ladi, shunday bo’lsa-da u sho’ro jamiyatiga astoydil xizmat qiladi. Asar orqali yozuvchi odamlarning xususan, ziyoli millatdoshlarimizning yangi zamonga moslashish, yangicha hayot tarzining qabul qilishdagi murakkab kechinmalarini tasvirlaydi. Asarda bugungi kunning Abzal aka kabi ziyoli, Toirov kabi tadbirkor, Shaxlo kabi tijoratchi qatlami vakillari obrazi ham jonli chizib berilgan. Bugungi kun kishilari, ayniqsa yoshlari tasvirga olingan Xurshid Do’stmuhammadning «Bozor» romanida ham ijtimoiy hayotimizda kechayotgan yangilanishlar jarayoni va uning odamlari ko’nglida qoldirayotgan izlari va mukammal hayot kechirshga bo’lgan intilishlari qay tarzda kechayotganligi haqida bahs yuritilgan. Asardagi falsafiy ifoda va teran idrokni talab etuvchi ifodalar kitobxonni jiddiy o’y-mushohadalarga undaydi
Turmush qiyinchiliklari oldida o’zini yo’qotib qo’yayotgan inson, asl odamiylik muvozanatini saqlay olmayotganlar va ularning taqdiri masalasi juda ko’plab zamonaviy romanlarning asosiy muammosiga aylandi. Masalan, Murod Mansurning «Judolik diyori» asarida o’z Vatanidan yiroqda hayot kechirib, ona yurt sog’inchida qalblari o’rtanayotgan millatdoshlarimizning badiiy timsoli aks ettirilgan bo’lsa, Tilavoldi Jo’rayevning «Arvohlar tunda izg’iydi», Solih Qahhorning «Daydi qizning daftari» romanlarida davrning bergan imkoniyatlaridan noto’g’ri foydalanib, yengil-yelpi yo’llarni tanlab, nafs, hasad qutqusiga duchor bo’lgan kimsalarning achchiq iztiroblari o’z aksini topdi.
Bugungi zamonaviy mavzudagi romanlarning yetakchi muammolaridan yana biri insonlarning oilaviy-maishiy hayoti voqealariga bag’ishlandi. Masalan, Shoim Bo’tayevning «Qo’rg’onlagan oy», Omon Muxtorning «Ayollar mamlakati va saltanati», Tilavoldi Jo’rayevning «Bozor dunyo», Mirmuhsinning ilon o’chi», Abbos Saidning «Besh kunlik dunyo» romanlari aynan ana shunday asarlardandir. Abbos Saidning «Ko’chada qolgan odam» romanida yovuz odamlarning g’araz qilmishidan faqat ularning o’zigina emas, balki begunoh kishilar ham tortayotgan jabr, bu ulkan fojialarning bo’lg’usi avlodning yorug’ kelajagiga qutqu’ solishi mumkinligidan ogoh etiladi va odamiylik o’lchovlari o’quvchilarga eslatib qo’yiladi. Bunday romanlarda sof vijdon bilan yashaydigan shaxslar taqdiri, el-u yurt qayg’usida yashaydigan odamlar yo’ida uchraydigan to’siqlar haqida hikoya qilinadi. Masalan, Salohiddin Soliyevning «Oqar daryo» romani ham shunday romanlar sirasiga kiradi.
Xullas, bugungi kunda davrimiz hayoti, qiyofasi, odamlar psixologiyasi, bo’lib o’tayotgan yangiliklar to’g’risida, aytish mumkinki, hammadan ham mufassalroq chizgilar beruvchi janr namunalari zamonaviy mavzudagi romanlardir.
Bugungi o’zbekromanchiligi badiiy mukammallikka intilishda turli yo’llardan bormoqda. Ayrim romanlarda xalq og’zaki ijodiyoti hamda mumtoz adabiyot an’analari yo’lidan borilgan holda, ayni paytda original usullarni kashf etishga intilish hollari sezilsa, yana ayrimlarida zamonaviy jahon adabiyoti yangiliklarini o’zlashtirish, ulardan ijodiy foydalanish asosida o’ziga xos kashfiyotlar qilinmoqda. Yana ba’zi asarlarda esa roman janrining mavjud qoida qoliplaridan chekinish hollari ham ko’zlanmoqda.
Janrdagi yangilanishlar dastavval an’anaviy yo’nalishda ijod qilgan adiblarning romanlarida namoyon bo’ldi. Bu xildagi asarlarda ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarni, mafkuraviy yangilanishlar jarayonini, istiqlol tufayli mustabid tuzum davrida bo’lib o’tgan mudhishliklarni, oshkora aytilishi mumkin bo’lmagan ichki dardlarni tasvirlashda realizmning tanqidiy kuchi yetakchilik qiladi. O.YOquvbovning «Adolat manzili», O’.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar», «Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi» Omon Muxtorning «Ming bir qiyofa» romanlari adabiyotimizdagi haqqoniylik asoslari bilan ifoda etilgan tanqidiy-realistik yo’nalishning o’ziga xos namunalaridir.
Yangi davr adabiyotida Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani shakliy va ma’naviy jihatlari bilan original asar sifatida namoyon bo’ladi. Asarda xalq og’zaki ijodi, she’riyatining mumtoz poetik-ifodaviy xususiyatlari, Surxon shevasiga xos eng ko’zga tashlanadigan belgilarning omuxtalashgan bir shakli orqali yuzaga keltirilgan original bir bayon tarziga duch kelinadi. Qolaversa, asar syujeti ham kompozitsion jihatdan original murakkab qurilganiga qaramay mukammallikka da’vo qilishga loyiq asoslarga ega. Ijodkor milliy qiyofani, milliy ruhni, milliy til, milliy mentalitetni badiiy jonlantirishga intilganligi boisidan ham shu ifoda tarzini tanlaganligi bilan bir qatorda, ulkan badiiy salohiyatini ham namoyon etmoqda. Shuning uchun asarning tili ham ko’pgina adabiyotshunoslar diqqatini tortdi.
Hozirgi o’zbek romanlarining o’ziga xos tomonlaridan yana biri katta epik janr tur namunasi bo’lishiga qaramay, ularda fantastik, detektiv, xayoliy yoki rivoyatga asoslanib yozilayotganligidir. Masalan, yozuvchi Omon Muxtor romanlarining aksariyati shu fikrni tasdiqlaydi. Adibning «Ayollar mamlakati va saltanati» asari syujetini boshdan oxir qahramonning bosinqirashga o’xshash holati, turli xil ko’rinish, xulq-atvor va xarakterdagi ayollar qurshovida boshi gangishi, qannaqadir binoga borib qolishi va u yerda ham hayoti davomida uchratgan ayollarni ko’rishi kabi voqealar tashkil qiladi. Adibning «Ffu» nomli romani ham o’ziga xos, original belgilarga boy. Adib asarini rivoyat-roman deb ataydi va shunga mos syujet chizig’ini tanlaydi. Bu asar ham noan’anaviy voqealar tasviri asosida qurilgan. Asar orqali yozuvchi ma’naviy olami, mafkurasi bo’shliqdan iborat bo’lgan inson – Toshtemir obrazi tasvirlanadi. Otasi bozordan unga aql sotib olib kelib, uning biroz o’zgarishi uchun ko’maklashgan bo’lsa-da, o’g’il o’zida yoshlikdan mavjud bo’lmagan, kimdandir olingan aqldan o’rnida foydalana olmaydi, uni nohaq va yovuz maqsadlar yo’lida sarflaydi. Yozuvchi inson ongiga mafkuraviy bo’shliq bor joyda boshqa mafkuralarning kirib olishi oson ko’chadi va uni istalgan yo’rig’iga solib o’ynata oladi, degan fikrni kitobxonga aytmoqchi.
Xullas, bugungi o’zbek romanchiligida badiiy mukammallik sari tinimsiz intilishlar, izlanishlar yo’lidan borilmoqda. Turli xildagi yangiliklarning olib kirilishi, janrning mavjud qoidalariga o’zgartirishlar kiritilishi (masalan, romanlar hajmining kamayib, shnga yarasha voqelik qamrovining qisqarib borayotganligi) – bularning barchasi o’zbek romanlarining bugungi qiyofasini ko’rsatadi.
Zamonaviy o’zbek nasrida o’zbek romanchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, badiiy ijodga o’z ovozi, o’z yo’nalishi bilan kirib kelgan adiblardan biri Ulug’bek Hamdamdir. Ulug’bek Hamdam 1968 yil 24 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovvot mahallasida duradgor oilasida tug’ildi. 1986 – 1988 yillarda Ukrainada askarlik xizmatini o’tagan. 1988 – 1993 yillarda ToshDU (hozirgi O’zMU)ning o’zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992 – 1993 yillar Turkiyaning Ko’nya shahrida tahsilni davom ettirgan. 1993 – 1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994 – 1996 yillarda hozirgi ToshDU o’zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasida o’qigan. 1997 yil «30-yillar o’zbek she’riyatida «sof lirika» muammosi» (Oybek she’rlari misolida) mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Hozirda «XX asr o’zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari» mavzuida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. 1997 – 2009 yillarda O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib bordi. 2009 yildan beri «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ulug’bek Hamdam bir necha nasriy, nazmiy hamda adabiy-tanqidiy to’plamlar muallifi. Uning ilk nasriy kitobi 1998 yili «Yolg’izlik» nomi bilan chop etilgan. To’plamdan shu nomdagi qissa va qator hikoyalar o’rin olgan. Tanqidchilik qissani nasrimizdagi yangilanishlardan yaqqol darak berguvchi o’ziga xos ramziy asar sifatida baholadi. Hikoyalarida ham muallif inson qalbining hamishalik bezovta, tahlikali qismini tasvirlashga urinadi.
Yozuvchining 1997 yili yozib tugatilgan va 2002 yili e’lon qilingan «Muvozanat» romani adabiy hayotimizda o’ziga xos voqea bo’ldi. Roman shu kecha-kunduzda yashab mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz va ularning qalb tovlanishlari haqida. «Muvozanat» mustaqillik yillarining qaynoq kayfiyatini aks ettirgan realistik asar sifatida yuksak baholandi.
U.Hamdamning «Isyon va itoat» romani e’tiqod va imon masalalariga bag’ishlangan bo’lib, asar qahramonlari tiriklik mantig’i va ruh halovatini har ikki dunyo to’g’risidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi. Roman professor tarjimon N.Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, alohida kitob holida chop etilgan.
Muallifning «Sabo va Samandar» romani ishq mavzusida salaflarga ergashib bitilgan asar bo’lib, unda pok va yuksak muhabbat tuyg’usi zamondoshlarimiz qismati orqali sharaflanadi.
Ulug’bek Hamdamning «Tangriga eltuvchi isyon», «Atirgul» va «Seni kutdim» nomli she’riy to’plamlari chop etilgan. SHoir she’rlarida ruh qichqirig’ini, qolipsiz, jilovsiz va hayajonli kechinmalar oqimini tuyish mumkin. Ularda kelish va ketish, nur va zulmat, oq va qora, do’st va dushman kabi tushunchalar yonma-yon yashaydi hamda shoir iztirobi bilan ziynatlanadi.
2010 yili «Akademnashr» nashriyotida chop etilgan «Uzoqdagi Dilnura» nomli kitobiga muallifning bitta qissasi, yangi hikoyalari hamda, asosan, so’nggi yillar mahsuli bo’lmish she’rlari kiritilgan. Istiqlol yillari muallifning «Badiiy tafakkur tadriji» va «Yangilanish ehtiyoji» nomli adabiy tanqidiy-to’plamlari e’lon qilindi. Ularda XX va XXI asr avvalidagi o’zbek, qisman jahon adabiyoti va adabiyotshunosligi muammolari tadqiq etiladi. U.Hamdam J.Rumiyning «Ichindagi ichindadir» va prof. U.Turonning «Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi» nomli asarlarini turk tilidan o’girgan. Ulug’bek Hamdamning ijodiy biografiyasini quyidagicha ko’rsatish mumkin:

Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish