O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek dialektologiyasi



Download 5,93 Mb.
bet124/165
Sana12.04.2022
Hajmi5,93 Mb.
#546952
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165
Bog'liq
Янги укув йили учун мажмуа 2022

II. O‘g‘uz lahjasi. Xorazmning janubiy qismidagi bir qancha shevalar o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga taalluqlidir. Xorazmdagi Xiva, Xonqa, Shovot, Hazorasp, G‘azavot, Yangiariq, Sho‘raxon, Urganch singari aholi yashaydigan punktlarda, shuningdek, Toshhovuz viloyati va Qoraqalpog‘istonning bir qator tumanlarida o‘g‘uz lahjasining vakillari juda ko‘p.
Shimoliy o‘zbek (Turkiston-Chimkent) guruh shevalari (Qorabuloq, Mankent, Qoramurt, Iqon) ham, shubhasiz, o‘g‘uz elementlarining ishtirokida shakllangan. Mazkur lahja vakillari respublikaning boshqa tumanlarida (masalan, Jizzax yaqinidagi Bog‘don qishlog‘ida) ham uchraydi.
III. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. O‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi shahar shevalarini va ularga yondosh bo‘lgan shahar tipidagi qishloq shevalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur dialekt birligining shakllanishi XI asrdagi Qoraxoniylar harakati bilan bog‘langan.
Tarixiy jihatdan qarluq-chigil-uyg‘ur til birligiga Namangan, Toshkent, Andijon va O‘zbekistonning boshqa tumanlaridagi yirik punktlar aholisining shevalari taalluqlidir.
Bu lahjaning shevalari O‘zbekistan territoriyasidan tashqarida ham ko‘p tarqalgan. Masalan, Qozog‘iston territoriyasidagi Turkiston, Chimkent, Sayram, Qorabuloq, Qoramurt, Iqon, Mankent; Qirg‘iziston territoriyasidagi O‘sh, Jalolobod, O‘zgan va boshqalar shular jumlasidandir. Bu lahjaga oid sheva vakillarini Afg‘onistonda ham uchratamiz. Ma'lumki, 1630-yillarda o‘zbek urug‘laridan qatag‘onlarning bir qismi Shoshdan (Toshkent vohasidan) Afg‘onistonga ko‘chib ketganlar. O‘zbek shevalarini klassifikatsiya qilgan tadqiqotchilar bu lahja shevalarini turli guruhlarga kiritganlar, holbuki, mazkur shevalar o‘rtasidagi genetik va til jihatdan yaqinlik faqat tarixiy jihatdangina emas, balki hozirgi paytdagi holatida fonetikada ham, leksikada ham, ba’zi grammatik formalarda ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Uyg‘ur tiliga xos bir qator tipik xususiyatlarning, qisman “umlaut”ning mavjudligiga qarab Namangan shevasi, xususan, Namangan atrofidagi ba’zi qishloq shevalari, masalan, Uychi shevasi alohida o‘rin tutadi.
Namangan shevalariga asos bo‘lgan turkiy til birligini e’tiborga olmasdan turib, Andijon, O‘sh kabi shevalar genezisini aniqlash mumkin emas. Shuningdek, Toshkent shevasining yuqorida ko‘rsatilgan shevalarga genetik jihatdan aloqadorligini hisobga olmasdan turib, Toshkent shevasidagi ba'zi fonetik xususiyatlarning va morfologik formalarning kelib chiqishini tushuntirish mumkin emas, Modomiki, shunday ekan, yagona territoriyada va yagona bir til jamoa tarkibida bir-biriga bog‘lanmagan holda vujudga kelgan til hodisalari yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Toshkent va Jizzax shevalarining yaqinligini tasodifiy bir hol deb bo‘lmaydi, shuningdek, Qarshi, Toshkent va Namangan shevalari o‘rtasidagi o‘xshash fonetik hodisalarning mavjudligini faqat til taraqqiyotining umumiyligi bilangina izohlash mumkin. Iqon-Qorabuloq, ayniqsa, Chimkent-Sayram tipidagi shevalar ham shu umumiy taraqqiyot yo‘lidan chetda qolgan emas. Chunki bu shevalar eski o‘zbek yozuv tili bilan, shuningdek Toshkent va Namangan tipidagi shevalar bilan mustahkam aloqadordir. Faqat mazkur shevalarning ayrimlarigina o‘g‘uz tili elementlarini ma’lum darajada saqlaganligi bilan Toshkent, Namangan tipidagi shevalardan farqlanadi, xolos. Samarqand-Buxoro-Xo‘jand guruh shevalarining turkiy zaminini ham qarluq-chigil-uyg‘ur til birligi tashkil etadi, lekin bu shevalarning tarkibiy qismida tojik tili qatlamining minimal ustunligi va ikki tillilik saqlangan. Shu sababli mazkur shevalar bilingvizm jarayonini, har jihatdan o‘zaro farqlanadigan til sistemalarining o‘zaro ta’sir jarayonini o‘rganish nuqtai nazaridan juda qiziqarlidir. Mazkur lahjaga oid shevalar (Toshkent, Jizzax, Qarshi, Andijon, Namangan, O‘sh, Qorabuloq, Chimkent va boshqalar) tarixiy jihatdan bitta dialekt kompleksini tashkil etadi. Bu lahjani tubandagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish