2.2. Asarda fojiaviy ruҳ talqini
O`zbek dramaturgiyasida tom ma`nodagi tragediyaning g`oyaviy – estetik printsiplari Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” (1914) she`riy p’esasi bekami-ko`st qaror topdi. Bu asar 1944 yili Hamza nomidagi Akademik teatrda sahnaga qo`yildi. Uning qisqartirilgan holati “Arg`umon” nomli al’manaxda o`sha yili nashr qilindi. Shundan keyin bu asar to`la ravishda I.Sultonov va Shuhrat nashrga tayyorlagan va ozarbayjon tilida nashrga tayyorlagan va ozarbayjon tilida nashr etilgan Shayxzodaning ikki tomlik asarlar majmuasidan joy oldi1. Ozor tilida “Jaloliddin Manguberdi” to`rt pardali tarixiy fojia deb chop etiladi. Uning o`zbek tilidagi to`la nusxasi qo`lyozma holida yozuvchi arxividan uzoq saqlanadi va “Yoshlik” jurnali (1987 yil, 6 – 7 sonlari) da bosiladi.
“Jalodiddin Manguberdi” dagi material mohiyati, xarakter va kolliziyaning fojiaviy tabiati, butun asar harakatidan tragik g`oyaning sizib o`tishi uni tragediya deyishiga to`la asos beradi.
Asar uchun mavzu bo`lgan davr voqealari nihoyatda murakkab, og`ir va ziddiyatliligi bilan ajralib turar edi. Bunday ahvol butun o`lka boshiga og`ir musbat, g`am, jabru jafo va fojia tushganligi bilan izohlanadi. Bu haqida xalqimizning ikki zabardas alloma adibi Oybek bilan G`afur G`ulom “Jalodiddin Manguberdi” asarining sahnaga qo`yilishiga bag`ishlangan taqrizlarida (“Qizil O`zbekiston”, 1945 yil, 18 fevral’) bunday deb yozishgandi: “...O`rta Osiyo Chingiz istilosiga duchor bo`ladi. O`lkani qon va olov bosdi. Tinch va obod shaharlar kul va tutunga aylanadi. Butun mu Butun muqaddas ot haqoratlandi. Mo`g`ul qilichi beshikdagi go`daklarni ham qonga beladi. Ochko`z mo`g`ul talamagan na saroy qoladi, na kabutarxona.
Bu umumiy to`zg`inlik va dahshatli falokat zamonlarida Jaloliddin xalq, vatan erk bayroqdori kabi qasos qilichini ko`taradi” 2. Bu fojialarga to`la hayot materiallari orasida Muhammad Aloviddin Xorazmshoh ilan uning o`g`li Jaloliddin faoliyatlari, ota hamda o`g`il maqsadi va xarakterlaridagi noyakdillik juda xarakterli edi. Tarixiy manbalarning ko`rsatishicha, o`ta mag`rur, shaxsiyatiga haddan ortiq bino qo`yib, o`zini ikkinchi Iskandar Zulqarnayn deb atab keriluvchi Xorazimshoh bosqinchilariga qarshi munosib taraf bo`lishiga ojizlik qildi. U chingizchi quzg`unlarning xurujidan sarosima va vasvasaga tushadi, mamlakatdagi kuchlarni qovushtirib, ular boshini birlashtirishda, bosqinchilarga qarshi kurashda irodasizlik qiladi, yovuz kuchga qarshi dadil otlanishga yuragi dov bermadi. el-yurt ishonchini oqlamadi o`z burchini o`tamadi. U qo`rqoqligidan har er – har erda qochib, pisib yuradi, dushman askarlari ta`qibidan qocha – qocha Kaspiy dengizning janubiy sohallari yaqinligi bir kichik orolchada to`xtadi. O`zini – o`zi ana shunday qismatga, darbadar bo`lishiga mahkum etgan Xorazmshoh shu joyda kasallanib, vafot etadi. Oybek va G`afur G`ulom taqrizlarida yozganlaridek “Qochqin shoh kafansiz ko`miladi”.
Tabiiyki, Shayxzoda shohning jinoyatkorona xatosidan, qo`rqoqligidan kelib chiquvchi fojiani bosh yo`lga chiqarmadi. U asar yaratilayotgan davr ruhiga mos va muvofiq keluvchi yo`lni tanladi. Bu yo`l dahshatli falokatlardan cho`chishni bilmagan, o`z mardligi va jasorati bilan shahrat topgan Jaloliddinning qahramonona kurashi, uning qoyadek monolit yaxlit va metindek ehtirosli xarakteri tomonida edi. Muallif qahramonlik tragediyasini yozishni maqsad qildi.
Pe’sa syujetining tugunidayoq, ziddiyatning taranglasha boshlashidan, murakkab va tragik tus olashidan xabardor bo`lamiz. Samarqand Xorazmshohning muhtasham saroyida uning qizi Sultonbegim bilan amir Badriddinning to`y – nikoh bazimlari avjga chiqqan bir nash`ali onda mash`um xabar kelib etadi. Chingiz elchilari farmon olib kelib, taslim bo`lishini, boj qarshi jangga chiqish lozimligini, o`zi shu ish yilida shay ekanini otasiga izhor qiladi:
Qo`shinni ber menga, boshlay jangu jahd,
Shahanshoh noyibi, menman valiahu!1
Bunday gap shoh ko`ngliga o`tirishmaydi va u kichik o`g`li go`dak Qutbiddinni taxt merosxo`ri e’lon etib, Jaloliddin valiahdlikdan bekor kiladi. Jaloliddin bu qarorni bosiq bir ruxda, mardona ulug`vorlik kayfiyatida qabul qiladi. Adib uning monologlarini Shekspirona zalvorli hikmatlari bilan bezaydi, xalqchil donolik ruhida vazmin yangratadi, quyma misralarda zarb etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |