Tadqiqotning metodologik asosini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma`naviyat, madaniyat, san`at, badiiy adabiyot haqidagi fikr – qarashlari ifodalangan kitob, ma`ruza, nutq, suhbatlari belgilab berdi.SHuningdek, adabiyot nazariyasi, zamonaviy milliy adabiyot, adabiy tanqidga oid monografiya, risola, darslik, o`quv qo`llanmalar ham ishning ilmiy - nazariy asosini tashkil etadi.
MBI da tahliliy, ma`lum darajada qiyosiy usullardan foydalanildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Malakaviy bitiruv ishida bayon etilgan fikr - mulohazalardan o`zbek dramaturgiyasiga bag’ishlangan kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyalarini yozishda, shu bilan birga, o`rta maktab, akademik litsey, kasb - hunar kollejlaridagi zamonaviy adabiyot muammolariga bag’ishlangan qo`shimcha dars, to`garak mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
Ish tarkibi “Kirish”, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati”dan tashqari uchta asosiy bobdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |