O`zbek filologiyasi fakul’teti o`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs kunduzgi bo`lim bitiruvchisi feruz rajabovning



Download 78,98 Kb.
bet3/20
Sana13.01.2022
Hajmi78,98 Kb.
#358993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
“jaloliddin manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh)

1-bob. Tarixiy davr va tragediya

1.1. Davr va fojiaviylik

Maqsud Shayxzoda-faylasuf shoir, usta dramaturg olim, mohir tarjimon, ehtirosli publitsist. U XX asr o`zbek adabiyoti tarixida munosib o`rin egallaydi.

M.Shayxzoda avvalo shoir sifatida mashhur va manzur, uning she`riyati hozirjavobligi, yangi fikrlarga, chuqur falsafiy umumlashmalarga va jozibali lirizmga boyligi, notiqlik uslubiga xos bo`lgan ko`tarinki ruhi bilan ajralib turadi.

Shayxzoda asarlarining badiiy xususiyatlari, estetik-tarbiyaviy ahamiyati abadiy tanqidchilik va adabiyotshunoslikda to`g`ri qayd etilgan. Oybek, Hamid Olimjon, G`afur G`ulom, K.Yashin, Uyg`un, Izzat Sulton, Mirtemir, Shuhrat kabi tanqidli yozuvchilar adib ijodining asosiy xususiyatlarini ochiq ko`rsatib berganlar. Hamid Olimjon: “Shayxzoda fikrlar shoiridir, u siyosiy she`rlar yaratadigan san`atkordir. Keng ma’lumotli shoir juda qaltis mavzularda asarlar yozadi va ko`pincha yaxshi natijalarga erishadi”1,- deb ta`kidlagan bo`lsa, Oybek shoir asarlarini tahlil etib, quyidagicha xulosaga keladi: “Shayxzoda she`rlarining formasi rang-barangdir. U ruboiy (falsafiy mazmundagi to`rtlik), ballada, poema va lirik she`rlar formasidan foydalanadi. U porloq va kutilmagan obrazlar yaratgan”2.

Ozarbayjon xalq yozuvchisi Mirza Ibrohimov ham M.Shayxzoda ijodiga yuksak baho bergan. U “Maqsud Shayxzoda zuvalasi she`riyat shu`lasi bilan yog`rilgan kuychi edi. Uning asarlarida buyuk xalqchil ideallar, jo`shqin vatanparvarlik tuyg`ulari, chinakam insoniy hissiyotlar bilan yashagan yoniq qalbning gulduros aks sadosi tajassum topgan”3,-deb yozgan edi.

Maqsud Shayxzoda dramaturggiya sohasida ham samarali mehnat qildi. Uning “Jaloliddin Manguberdi” (1944), xususan, “Mirzo Ulug`bek” (1960) tragediyalari milliy dramaturgiyamizda katta voqea bo`lgan edi.

“Jaloliddin” tarixiy–romantik targediyadir. Unda O`rta Osiyo xalqlarining XIII asrda mo`g`ul bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashi aks ettirilgan. “Jaloliddin” tragediyasining syujeti hayotiy va qiziqarli. Asar dramatik va fojiaviy holatlarga boy, unda ko`rsatilgan keskin ziddiyat ham, uning rivoji va echimi ham hayot haqiqatiga mos.

Pyesa mundarijasi markazida mo`g`ul bosqinchilariga qarshi kurashga rahbarlik qilgan Jaloliddin Manguberdi obrazi turadi. Asarda Jaloliddin xalq qahramoni sifatida chqqol namoyon bo`ladi. Jaloliddinning vatanparvarligi, uning kuchli irodasi, oriyati, mardligi, jangdagi jasorati va donoligi asarning ko`p o`rinlarida mahorat bilan aks ettirilgan.

Oybek va G`afur G`ulom yozganlaridek: “Jaloliddin timsoli muallif xalqni dushmanga qarshi kurashga to`plab safarbar eta olgan, ona-Vatan uchun o`z hayotini bag`ishlagan dovyurak, dono, mohir qo`mondon obrazini yaratdi.. Dramaturg asarda tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma`nosini badiiy mujassamlashtirishga intilgan. Vatan o`g`lonlarining erk, mustaqillik, nomus va sharaf uchun boshlagan fidokorona kurashi yorqin, ma`nodor, dramatizm bilan to`la, hayajonli kartinalarda gavdalanadi. Jaloliddin obrazi asarda to`laqonli, jonli va ulug`vor obrazdir. So`zi, harakati va butun siymosi bilan romantik ko`rtarrilma ruhli bahodir, ayni zamonda haqiqiy odamiylik xislatlaridan bahramand... “Jaloliddin” davrimizga g`oyat hamohang”1.

Mazkur tragediyada Xo`jand hokimi Temur Malik obrazi ham salmoqli o`rin egallaydi. Temur Malik mard sarkarda, haqiqiy vatanparvar, Jaloliddinning eng yaqin maslakdoshi, xalq qahramoni sifatida gavdalanadi. Tragediyada Jaloliddin, temur Malik singari tarixiy shaxs obrazlari bilan birga, elbors pahlavon, Sulton Begim kabi badiiy to`qima obrazlar ham yaratilgan. Bu qahramonlar faoliyati timsolida ajdodlarimizga xos vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, insonparvarlik g`oyalari olg`a surilgan.

Asardagi Xorazm shohi qo`rqoq Sulton Muhammad va Samarqand hokimi sotqin Amir Badriddin obrazlari orqali qo`rqoqlik, xoinlik va dushmanga taslim bo`lishlik fojiasi ochib berilgan. Tragediyada Chingizxon obrazi ham tarixiy haqiqatga mos qilib mahorat bilan yaratilgan. Chingizxon yozuvlikning berahmlik va qonxo`rlikning timsolidir.

Dushman sovet mamlakatining g`arbiy chegaralarini bosib o`tib, bir necha oy mobaynida Moskva ostonalariga etib kelganida, taqdiri katta xavf ostida qolgan davlat rahbarlari yozuvchilarni o`tmishdagi mashhur sarkardalar haqida asar yozishga da`vat etdilar. Ular fikriga ko`ra, bunday asarlar xalq va armiyani o`tmishdagi jasur sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olishga da`vat etishi, ularni bu mashhur shaxslarning vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin edi. Shunday ijodiy buyurmani olgan Shayxzoda o`zbek xalqining jasur farzandlaridan biri Jaloliddin haqida sahna asarini yozishga kirishdi.

Mo`g`ul istilosi davrida Movarounnahrda katta jasorat ko`rsatgan Jaloliddin haqida sahna asarini yozishga kirishdi.

Mo`g`ul istilosi davrida Movarounnahrda katta jasorat ko`rsatgan Jaloliddin haqida Shayxzodaga qadar birorta badiiy asar yaratilmagan, sovet tarixchilarining ilmiy asarlarida esa uning na nomi, na jangovar jasorati iliq so`zlar bilan tilga olingan edi. Shunga qaramay, Shayxzoda bu ajoyib siymo haqidagi Shahobuddin Muhammad Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguburni” va Alouddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi jahongushoyi Juvayniy” kabi asarlarini o`qib, shu asarlarda tavsirlangan tarixiy davr voqealari asosida o`z asarini yozishga ahd qildi. Shuni alohida qayd etish joizki, Jaloliddin haqidagi noyob manbalardan biri-Nasaviyning nomi yuqorida qayd etilgan asarida mashhur sarkardaning ismi Jaloliddin Manguburni deb atalgan. “Manguburni” laqabini ayrim tarixchilar “burnida xoli bor”, “xoldor” deb talqin qiladilar. Ammo Shayxzoda o`z asarida Jaloliddinni, tarixiy manbalardan farqli o`laroq, “Manguberdi” deb atagan va Nasaviy kitobidagi “Manguburni” so`zini o`zbek tiliga shunday tarjima qilgan. Va mashhur sarkarda o`zbek xalqi o`rtasida hanuzgacha shu nom bilan yashab keladi.

Tarixiy manbalarga qaraganda, agar Xorazmshoh Chingizxonning tinchlik va totuvlik haqidagi taklifini qabul qilib, u yuborgan elchi bilan birga savdo karvonini ham qilichdan o`tkazmaganida, qudratli Xorazm saltanati XIII asrda mo`g`ullar tomonidan qonga botirilmagan bo`lardi. Xorazmshoh Chingizxonning o`sha davrdagi eng qudratli qo`shinni to`plagani bilan hisoblashmay, katta xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa, chor atrofga o`lim urug`ini sochib, ya`juj-ma`juj singari bosib kelayotgan mo`g`ullarga qarshi otlangan Jaloliddinga yordam bermay, aksincha, unga har tomonlama qarshilik ko`rsatib, yanada katta xato qilgan. Jaloliddin vatan va tarix oldidagi burchini chuqur his etgani uchungina kichik bir qo`shin bilan mo`g`ullarga qarshi tengsiz kurashga otlanadi va chinakam jasorat namunalarini ko`rsatadi. Jaloliddin mo`g`ullarning ashaddiy dushmani bo`lganiga qaramay, Chingizxon uning dovyurakligi va sarkardalik mahoratiga tan berishga majbur bo`ladi.

Shayxzoda etuk yozuvchi sifatida yoza boshlagan ilk sahna asariga ana shunday tarixiy shaxsni-mo`g`ul qo`shinlariga g`ulg`ula solgan, g`alaba yuz o`girgan jang maydonlaridan ham omon-eson chiqib ketgan Jaloliddinni qahramon qilib oladi.

Tarixiy asar, shubhasiz, yozuvchidan tarixiy manbalarni qunt bilan o`rganishni taqozo qiladi. Shayxzoda 1943 yili, uch-to`rtta she`r yozganini e`tiborga olmaganda, aksar vaqtini tarixiy hujjat va sanalarni o`rganishga bag`ishladi. So`ngra 1944 yilning boshlaridayoq bevosita asar ustida ishlay boshladi.

Urush davri o`zbek adabiyoti va san`ati yirik namunalarining maydonga kelishida Usmon Yusupovning xizmatlari oz emas. Respublikaning o`sha paytdagi bu tinib-tinchimas rahbari boshqa muhim va dolzarb ishlari bisyor bo`lishiga qaramay, adabiyot va san`at namoyandalarining samarali ishlashlari uchun yo`l-yo`riq ko`rsatibgina qolmay, amaliy yordam ham berdi. U Shayxzoda yoza boshlagan asarning tezroq yakunlanishi uchun uni O`zbekistonning hushmanzara maskanlaridan biri-Farg`ona viloyatidagi jamoa xo`jaliklaridan biriga qarashli boqqa yubordi. “Boshqa ishlar bilan xayolingni bo`lma. Xalq va armiya sendan Jaloliddin to`g`risidagi asarni intizorlik bilan kutmoqda. Vodilga borib, uni tezroq tugallab qayt!”-dedi u shoirga. Shayxzoda xotini Sakinaxonim bilan birga Vodilga yo`l olib, o`sha erda olti oycha biror narsaga chalg`imay ishladi.

Shoir Vodilga etib borganida, erta bahor bo`lgani tufayli bog`bonlar ham, boshqa kolxozchilar ham ko`chat ekish bilan mashg`ul edilar. Shayxzoda ijoddan horigan soatlarida ular bilan suhbatlashib, o`zi ham bir-ikki ko`chat ekdi. Shunday “ko`chatxonlik” paytlarida manglayida o`tgan yillar izi bo`rtib turgan bir bog`bon bilan tanishib, unga bag`ishlab she`r yozdi. Shoir vafotidan keyin e`lon qilingan bu she`r garchand Jaloliddin mavzuiga aloqador bo`lmasa-da, uning o`sha kezlardagi ruhiy hayoti bilan tanishishimizga yordam beradi, deb o`ylaymiz.

Mana, o`sha she’r:

Peshonada qadim ajinlar,

Ko`zda ayon tuproqning siri.

Eshitmoqni bilgandan beri

Ariqlarning nag`masin tinglar.

Xayolida yuzlab gul-chechak,

Har mevaning esda laqabi.

Yosh daraxtlar misli kelinchak,

U mehribon qaynota kabi

Kecha yana, ilk bahor kuni,

Ul o`tqazdi nokning ko`chatin.

Uylantirib er bilan uni,

Bu nikohning yozdi hujjatin:

-Men emasman balki mevasin,

Ammo dilda ekmak havasin-

Bosolmayman... “Bobolar ekkan

Daraxtlardan farzandlar egan!”

Bog`bonlarda shu odat ekan!

Aslida, shoir ham bog`bondek bir gap. U daraxt ekmasada, asar yozadi. Bu asardan uning o`zi emas, boshqalar bahramand bo`lishadi.

Shayxzoda shogirdlaridan biriga ikki enlik xat yozadi. Xatda uning bir necha kitob olib, Vodilga birrov kelib-ketishi so`ralgan edi. Shogird Xorazmshohlar tarixiga doir bir-ikki tarixiy kitobni olib, Vodilga etib boradi. So`ngra uning iltimosi bilan Marg`ilonga borib, Xudoyorxon lashkarida xizmat qilgan keksa kishilarni surishtirib topadi va o`sha paytda qo`llangan qurol-yarog`larning nomlarini aniqlab keladi. Shundan keyin ustoz shogirdni etaklab, Xo`jandga boradi. Ular Sirdaryo bo`yidagi Xo`jand qal`asining mudofaa qo`rg`oniga borib, qadimiy istehkom vayronalarini, Jaloliddin va Temur Malikning izlari xali o`chmagan joylarni o`z ko`zlari bilan ko`radilar.

Odatda shunday sayrlar chog`ida Jaloliddin yoki Temur Malikning qaysi yo`ldan yurib, Sirdaryoning qaysi yoqasi orqali daryoni kechib o`tganini “o`z ko`zi bilan ko`rgan” yo eshitgan kishilar uchrab qoladilar. Shayxzoda shunday “tirik guvohlar” bilan suhbatlashar ekan, ular bergan ma`lumotlar qanchalik to`g`ri yo noto`g`ri bo`lishidan qat`iy nazar, bu olis tarix bilan qiziquvchi kishilarni uchratadigan astoydil quvonar, ularni noto`g`ri ma`lumotlari uchun xijolatga qo`ymagan holda o`zi Jaloliddin Manguberdi va Temur Malik haqidagi tarixiy haqiqatni zavq bilan so`zlab berar edi...

Shayxzoda asar ustida ana shu tarzda berilib ishladi. Bundan etti asr muqaddam ro`y bergan o`ta murakkab va dahshatli voqealarni ko`z oldiga yaqqol keltirgandan keyingina asarni yozib tugatdi.

Boyagi voqeadan keyin rosa bir oy o`tgach, iyun’ oyining o`rtalarida shoir yana boyagi shogirdini xat bilan chaqirdi.

-Xo`sh, Toshkenti azimdan qanday yangiliklarni olib keldingiz?-so`radi shoir shogirdi Vodilga etib kelganidan keyin.-Shahar joydami? Urushning olis guldiraklari toshkentliklarni bezovta qilmayaptimi? Toshkentliklarning kayfiyati qanday?..

Shayxzoda bu savollarga javob ham kutmasdan, davom etdi:

-Bizdan so`rasangiz, ekkan ko`chatlarimiz unib, avj ola boshladi. Bog`bonlarning aytishlariga ko`ra, Vodil uch-to`rt yil ichida olma bilan nokning koni bo`lib ketadi. SHunda biz ham bozordan meva-chevani sotib olmay, vodilliklar yuborgan mevalarni er ekanmiz...

Shayxzoda engilgina kulib, yana davom etdi:

-Biz ham vodilliklarning duoyi fotihasi bilan asarni tugatdik. Faqat asar to`g`risida savol bermaysiz. Charchadim. Umuman, ish haqida gapirish yaxshi emas. Men ham sizdan ilmiy ishingiz nima bo`ldi, deb so`raymayman... Mana, kelishib ham oldik. endi xordiq olamiz. Kolxoz raisi mashina beradigan bo`ldi. SHohimardonga borib, salqin tog`lar etagida muzdek buloqlar yonida bir yayrab kelamiz.

Bir-ikki choynak choy ichganlaridan keyin mashina ham keldi. Ustoz va shogird ikki-uch nafar vodillik mezbonlar qurshovida Shohimardon sari yo`l oldilar. Iyun’ oyining shrtalari bo`lishiga qaramay, Shohimardon salqin edi. Ayniqsa, tog` etaklarida, sharqirab oqib turgan soy yonida joylashgan qarorgohga etib borganlaridan keyin yupun kiyingan shoir salqin tog` havosida shamollab qoldi. Mezbonlar qaerdandir eski chopon topib kelib, shoirning ustini, yana nimalardir ichirib, shoirning ichini qizitdilar. Ikki kundan keyin shoir o`ziga kelib, “Jaloliddin”ni tahrir qilishga kirishdi.

Shayxzodaning Shohimardonga borishdan maqsadi ham bir oz xordiq olib, asarga sayqal berish edi.


Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish