O`zbek filologiyasi fakul’teti o`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs kunduzgi bo`lim bitiruvchisi feruz rajabovning



Download 78,98 Kb.
bet9/20
Sana13.01.2022
Hajmi78,98 Kb.
#358993
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
“jaloliddin manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh)

Vatan deya kurashdim, onadin kechdim,

Unisidan sut ichdim, bu deb qon kechdim,

Mudhish tole` bermishdir Jalolga olloh,

Na ona bor, na yurt yuor, na lashkar, evoh!...

...Bir musht kabi yumilmay qoldi saltanat,

Qabilayu urug`ga tushdi adovat!..

G`urbatlarga yo`l olmoq ulug` musibat,

G`urbatda ham armondir: Vatanga xizmat!

.. Bir kun paydo bo`laman shu yurt, shu erda,

Yurt shaydosi ko`milmas g`urbatda - go`rda

Ulug`vor niyatlarga kor qilmas ajal

Kim yurtdan yovni quvsa - mendurman o`shal!

Feodalizm sharoitidagi manfatparastlik, tarqoqlik el – yurt boshiga tushgan ulug` fojianing manbai sifatida hayotning yovuz, xunuk tomonlari qarorlanadi, haqiqat, adolat, el – yurt yo`lida azob – uqubat chekib jang qilgan, halok bo`lgan, birlikni, do`stlikni, ahillik va hamjixatlikni ifodalaganlar sharaflanadi. Bu tuyg`ular, eng avvalo, Jaloliddin obrazida, uning yorqin, mardona va ulg`vorlik yog`ilib turuvchi insoniy qiyofasida jamuljamdir. Bu obrazning realistik ruhni unga ta`sirchanlik va joziba bag`ishlagan, kurashchanlik, nekbinlik, m`naviy jig`atdan Manguberdi ismiga mos tushgan va uni mangu tirik timsolga aylantirgan.

Har qanday, muallif Jaloliddin qiyofasini chizishda uni o`z sinfi, muhim maslagidan balandlatib, hatto oshirib, ancha zamonabop tarzda tasvirlanganini, uning manfaati tojga nisbatan moyillikdan xoli bo`lmaganligi xas – po`shlab o`tirganligi ham aytish kerak.

Asarning tragediyaga mansubligini Jaloliddinning singlisi Sultonbegim obrazi bilan bog`liq syujet chizig`ida yaqqol namoyon bo`ladi. Sultonbegim og`asi yonida jangchi sifatida sharaf bilan o`tgan burchini o`z eriga munosabatida ham a`lo darajada namoyon qiladi. Sultonbegim eri Badriddin Samarqanddan sovg`a keltirgan chog`da ham yurt taqdirini shaxsiy manfaatidan baland qo`yadi.



Oh, eri yarasin silab bog`lagan

Baxtli kelinlarga hasad qilaman.

Oh, koshki shunchalar ziynatdan ko`ra,

Keltirsang u erdan bitta g`ishtpora!

Ne kerak Samarqand la`lu tillasi?!

Rahmat derdim bo`lsa mo`g`ul kallasi!

Sultonbegimning fojeiy qismati Jaloliddinnikidan kam emas. U otasi ketidan eron va boshqa o`lka erlarida sarson – sargardon, ona yurt – el hajrida armon chekib yura – yura og`asi qoshiga qaytadi.

Qarama – qarshi hislari, ikkilanishlar tag`yoni Sultonbegimning mardona xarakteri, sotqinlar va yovlarga qarshi og`asi bilan yonma – yon jang qilishga qaror berishi, sunmas ehtirosi oldida o`tmaslasha boradi. Uning qalbidagi alamli, azob – uqubatli hislari mardlik tuyg`ulari bilan uyg`unlasha boradi. Hatto, eri Badriddin jangda asirga olib kelinganida ham Sultonbegim mardlik, vatanparvarlik fazilatlarida sodik turadi, xoin, vatanfurush bu shaxsning o`limini tilaydi.

U ishqidan aynidi, aynidim undan,

Uning yuzin unutdim men o`sha kundan!

Shu qalbaki sevgi uchun toptaldi ko`nglim,

Shu xo`rlangan sevgim der: habsga o`lim!1

Demak vatan oldidagi fuqarolik burchi bilan muhabbat o`rtasidagi qalb kurashi, qahramon shaxsiga bog`liq bo`lmagan va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan shu ziddiyatda birinchisining ustun kelishida qahramon ruhiy azobini ko`ramiz. Bu ruhiy azolar ularga qarshi turgan tomondagi personajlar hujumi oqibatida bilan qo`shilib, qahramon fojiasini, asarning fodeiy xususiyatlarini ta`minlovchi manbaga aylanadi.

Tragediyaning muhim gipologik - umumiy xususiyatlaridan biri shundaki, qahramon kurashda shaxsiy manfaat bilan hayotning umum, keng ijtimoiy mazmunini qamragan maqsadlar to`qnashishi kerak. Asardagi tragik holatlarda butun bir xalq yoki avlod, hech bo`lmaganda oila manfaati qamralgan bo`lishi darkor. Shu ma`noda tragik qahramonlar kurashi maqsadlari tor shaxsiy manfaatiga emas, balki, umumiy keng miqyosidagi ijtimoiy manfaatlariga faratilmog`i zarur. Mana shu jihatidan qarasak, Jaloliddinning kurashi vatanparvarlik tuyg`ulari va bu yo`ldagi ikki tomonlama (otasi muhiti va dushman tomon) qarama – qarshiliklar bilan to`qnashib, umum ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Sultonbegimning Badriddin bilan munosabatidagi shaxsiy tuyg`usi vatan, el – yurt taqdiriga ulanib, umumiy ahamiyatga moliklik ruhini oladi: seviklisi xoin va vatanfurushligini bilgan Sultonbegim o`zining shaxsiy tuyg`usini – muhabbatini ijtimoiy umum manfaatiga – ona yurt mehr tuyg`usi yo`lida qurbon qiladi va Badriddinni o`limga mahkum etadi.

P’esaning yetakchi qahramonlaridan biri, kelib chiqishi bilan turklarga mansub Temur Malik xarakterida bahodirona sifatlarning bosh fazilatliligi, uning ham Jaloliddin kabi ona – Vatanga sodiqligi, el – yurt manfaati yo`lida har narsadan, hattoki o`limdan ham toymasligi asarning qahramonlik pafosini kuchaytirgan. Agar Jaloliddin xalqqa suyanib, o`zining erkparvarlik kurashida yovga, zo`rlikka zig`ircha yon bosishi mumkinmasligini “Chinor sinar – egilmas!” tarzida ifodalasa, Temur Malik yov qo`lida tushgach, Chingiz uni o`z xizmatiga taklif etib, mansab tartaba va`da etganida, ona yurtida gadolik afzalligini aytadi. “Vatanga qulchilik – shohona mansub ”, “Sharafdan ko`z yumib topilgan najot – o`g`ridan sadaqa so`rashda uyat! ” Temur Malikning yov tomonidan o`ldirilishi bilan tragizm yanada kuchli namoyon bo`ladi.

Xullas, “Jaloliddin Manguberdi” o`zbek dramaturgiyasida shu vaqtgacha tragizm g`oyalarini yuzaga chiqarishda erishilgan yutuqlarni rivojlantirilgan, mujassam etgan hamda shu pafosni asarning bosh g`oyaviy – estetik negiziga aylantirilgan chinakam qahramonlik tragediyasidir.

Asar qahramonlari istiqbolga chorlovchi, zamonamizga mehr orttiruvchi, bir umrga ruhan tirik obrazlardir.




Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish