O`zbek filologiyasi fakul’teti o`zbek filologiyasi kafedrasi IV kurs kunduzgi bo`lim bitiruvchisi feruz rajabovning



Download 78,98 Kb.
bet13/20
Sana13.01.2022
Hajmi78,98 Kb.
#358993
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
“jaloliddin manguberdi” tragediyasida fojiaviy ruh)

3.2. Xoinlar obrazi talqini
O’sha davrda ham sotqinlar,xoinlar,xiyonatkorlar ko’p bo’lgan.Besh qo’l barobar bo’lmaganidek ,bu dunyoda hamma ham yaxshi bo’lavermaydi.Xorazmshoh hukmronlik qilgan davrda uning o’z kuyovi Badriddin sotqin va xiyonatkor bo’ladi.Buni bilmagan Xorazmshoh uchun esa Badriddin o’z qo’ynidan chiqqan ilon bo’ladi.Buni bilmagan Xorazmshoh Badriddinni Samarqand hukmdori etib tayinlaydi.Badriddin ilonday ularning qo’yniga kirib olib,o’zini ularga sodiq kishi qilib ko’rsatadi.Uning yuzida faqat soxta mulozamatni ko’rish mumkin.Bunday insonlarni laycha itga o’xshatish mumkin.Xorazmshoh huzuriga Chingizxondan elch kelgach ,Jaloliddin otasiga qo’shinni bir joyda jamlab,mo’g’ullarga qarshi kurashishni otasiga aytadi.Buni ko’rolmagan Badriddin shohni oldiga borib,qulog’iga pichirlab,Jaloliddin taxtga da’vogarlik qilmoqda deb otani o’g’ilga qarshi gij-gijlaydi.Jaloliddin otasiga qo’shinni mening ixtiyorimga bering,mamlakatdagi barcha sarkardalar,a’yonlar,askarlar menga bo’ysunsin deydi.Shunda xorazmshoh o’g’liga :sen shu soniyadan boshlab valiahdlikdan bo’shatilding deydi.Ja loliddin bu majlisda Chingizxon bilan bo’lib o’tgan bir voqeani aytib beradi.Ya’ni bundan besh yil oldin Dashti Qipchoqda mo’g’ullar bilan bo’lgan jangda otasini qutqarganini aytadi. - Badriddin: (shoh qulog’iga) Maqtanar men shohni qutqardim deya,siz hayot u taxtga bo’lmoqchi ega. - Xorazmshoh(g’azab bilan) Sen emas valiahd shu kundan boshlab,qarorim qat’iydir o’zgarmas matlab. Jaloliddin (tojni taxt oldiga qo’yadi) Kishi tug’ilmaydi boshda toj bilan,tug’ilar erklikka ehtiyoj bilan, Boshimning tojidir onamga qasam. Shohni Badriddin qo’ltiqlagan holda vazir va a’yonlar ketadilar.(orqalaridan Badriddin imlab)bu cholning ya’ni shohning donoligi uch kunlik ekan,agar bu olamda Jaloliddin bo’lmaganida edi qudrat bo’lmas edi bu qo’l qalamda.Badriddin shunchalik ichi qora va ikkiyuzlamachi bo’ladiki Chingizxonning qo’lini o’pib,oyog’iga budday sig’inib,o’zini hech narsa bo’lmagandek qilib ko’rsatadi.Bunday kimsalar davlat xoini,yurt xoini toj-u taxt uchun ,mansab uchun kerak bo’lsa onasini ,o’z ayolini ham qullikka berishga tayyor.Badriddinga o’xshagan sotqinlar hozir ham oramizda uchrab turadi.Yozuvchi Badriddin obrazini kuchli bir mahorat bilan tasvirlaganki ,kitobni o’qigan kitobxon darhol uni sezib oladi.Badriddin Sultonbegimni aldab,go’yo o’zini sevganday qilib ko’rsatib,uning muhabbatiga sazovor bo’ladi.Badriddin Chingiz qo’shinlariga darvozani ochib beradi.Bunday qilganidan uyalmasdan kechirim so’raydi,muhabbatini pesh qiladi.Shunda Sultonbegim Sultonbegimdan unga qarata:sen ham erkakmisan qo’rqoq budparast ?Belingdagi kamaringni yechib tashla deydi.Badriddin Samarqanddan Sultonbegimga bir sandiq tillo va oltin ,taqinchoqlar keltiradi.Sultonbegim Badriddinga tillo taqinchoqlardan ko’ra menga bir mo’g’ul kallasini olib kelsang menga shu afzal deydi .Sultonbegim ayol boshi bilan yurtining tinchligi uchun bor kuchi bilan janglarga kiradi. Badriddinga o’xshagan sotqinlar esa bir zumda yurtini sotib,vatanini vayronaga aylantiradi.Bunday sotqinlardan yana biri ,,Tabib’’bo’lib yurti uchun kurashayotgan askarlarni yo’ldan urmoqchi bo’ladi.Jangda toliqib,ozuqa zaxirasi tugagan askarlarni kabutar go’shti shirin deb ularni ishontiradi va urushdan naf yo’qligini ,Chingizxonga taslim bo’lishni ,Jaloliddinni esa o’lgan deb fisq-u fasod gap chiqarib,askarlarning ruhini sindiradi.Buni ko’rgan Temur Malik kelib,sen kimsan deb so’raydi.Shunda men cho’ldagi bir tabibman deb o’zini tanishtiradi.Shu payt Temur Malikka bir shisha giyoh damlama uzatadi.Buni ko’rgan Elbors pahlavon uning xoin va xiyonatkor ekanini sezib qoladi.Va unga bizda shunday udum bor avval o’zing tatib ko’r,keyin bizlar totamiz deb shishadagi dorini tabibning og’ziga quyadi. Shunda tabib o’limimdan oldin rostini aytay deb barini so’zlab beradi.Bu giyoh emas zahar edi.Buni eshitgan askarlar sening giyohing zahar bo’lsa,kabutaring zaqum ekanda deb kabutarlarni uning oldiga otadilar.Shunda tabib chol meni qo’yib yuborsangiz bir haqiqatni aytaman deydi,yana qanday haqiqat deb Elbors pahlavon so’raganida bu cho’ldan besh-o’n kabutar uchardi,ular nomachi kabutar edi. - Tabib Insof qiling eshiting bir oz,men begunoh tabib savdogar. Majbur etdi meni mo’g’ullar,topshirdilar qo’limga zahar. Tilimga ham yolg’on shum xabar,buyurgandi menga no’yonlar: Orol uzra nomachi kaptar,uchrab qolsa ovla va yo’qot,toki Temur Malik qolsin mot. Tabib ularga yana bir sir aytadi:oy botganda yuzlab qayiqda chiqmoqchi ular,mening gaplarim rost deb aytadi.Temur Malik buyuradi Elbors pahlavonga:bu xoin,sotqin tabibni o’ldiringlar ,bir yuz sakkizni to’ldiringlar deb.Bunday xoin va sotqinlarga yurtining tinchligi,vatanining osoyishtaligi qiziqtirmaydi.Ular faqat o’z manfaati yo’lida xizmat qiladi.Bunday odamlar avvaldan bo’lgan,hozir ham bor.Misol qilib oladigan bo’lsak,qo’shni davlat Afg’onistonni misol qilib olsak ular tinchlik nimaligini bilishmaydi.Yana bir misol o’z yurtini qo’yib Suriyaga borib,har qanday aqidaparastlarga qo’shilib,o’z yurtiga qarshi qurol ko’targan,o’z ota-onasiga qurol o’qtalgan insonlarni vatanfurush,xoin desakbo’ladi .Bunday insonlarni manqurtdan farqi yo’q.Prezidentimiz bejizga,,o’z uyingni o’zing asra’’degan shiorlari bejiz aytilmagan.Badriddinga,Yaroqbekka va Tabibga o’xshagan yurtfurushlar uchrab turadi.Yozuvchi bu asardagi sotqinlarni go’yo kelajakni bashorat qilganday yozgan.Bunday xoinlar ,yurtfurushlar vatan gadosi bo’lib,xalq la’natiga uchraydi.El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash,xalqimiz va millatimizning yaqin o’tmishidagi yopiq sahifalarini to’la ochib berish,shu tarixdan saboq chiqarib,bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish ,begunoh qurbon bo’lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz ham farz edi.El-yurtimizda yuksak ma’naviy fazilatlar ,demokratik qadriyatlar mustahkamlanmoqda,eng muhumi aholimizning amalga oshirilayotgan keng ko’lamli yangilanishlarga dahldorlik hissi,mamlakatimiz kelajagiga bo’lgan ishonchi ortib bormoqda’’.,,Vatan yagonadir-Vatan bittadir!’’.(Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch’’).Otasining xunini olish uchun Yaroqbek Badriddindan yordam so’raydi.Badriddin unga shoshilma ,qasosning ham o’z vaqti bor deydi.Shundan so’ng Yaroqbek otasini qasdini olish uchun o’zini to’rt tomonga uradi.Va Chingizxonning no’yoni Qodog’on no’yonga borib uchrashadi.Qodog’on no’yon unga otangning qasdini olish uchun sherbachchani emas ,ya’ni uning boshida turgan Jaloliddinni o’ldirishni buyuradi.Va unga bir xanjarni beradi.Buni Chingizdan sovg’a deb ayt deydi,shunday qilsang bizga ishlaysan,qasdingni ham olasan deb aytadi.Agar aytganlarimni qilsang,amrimni vojif etsang seni qo’shinga sarkarda qilaman deb va’da beradi.Yaroqbek Jaloliddinning kulbayi-vayronasiga borib,unga onanggiz va singlinggizdan sizga alangalik salom.Meni yoninggizga bir qaro kunga kerak bo’lasan deb yuborishdi.Ular sog’-salomat. Bu choponni kiydirishimni onaggiz va singlinggiz menga qattiq ta’kidlashdi.Bu gaplarni eshitgan Jaloliddinning ko’ngli erib,xursand bo’lib,o’zgacha bir hayajon ila choponni kiydirishga izn berdi.Shu mahal sotqin Yaroqbek Biqinidan o’tkir tig’li xanjarni mohirona chiqarib,bu mening sendan otam uchun olgan qasdim ,jazoyingni ol deb xanjarni uning orqasidan urmoqchi bo’lib turganida orqasidan chol sezdirmasdan kiradi va Yaroqbekning ko’ksiga xanjar uradi.Va bitta sotqin bu yorug’ olam yuzini tark etadi.Shuda Jaloliddin oyog’ining ostiga o’girilib qaraydi,yerda Yaroqbekning jonsiz vujudi qimirlamay yotardi.Shu payt chol Yaroqbekka qarata:Men bir mudhish jinoyatga qo’l urdim,yovuz,jirkanch bo’lsada bir insonning jonini oldim.Lekin bir yovuz,razil xoinni bu dunyodan daf qilib,qaytib kela olmaydigan,boshqa yomonliklar qila olmaydigan joyga jo’natdim.Shu qilgan ishimdan men juda ham xursandman .Agar u sizni o’ldirganida,yoki biror joyingizga shikast yetkazganida bu aziz,jonajon vatanimiz egasiz,himoyasiz qolardi.Qudratli parvardigor ollohimga shukur!Qarang har joyda, har bir makonda bir razolat,qabihlik,yomonlik bo’ladi.Agar bu go’zal olamda chang va jang bo’lmaganida edi inson ming yil yashagan bo’lar edi.Yaxshilik bor joyda albatta yomonlik bo’ladi,yoki aksincha.Bizning bu kunlarga yetishishimiz uchun qurbon bo’lganlar qancha.Ular vatan ozodligi’yurt tinchligi yo’lida o’z aziz jonlarini fido qilganlar.Biz uchun baxt nima? BAXT bu oila osoyishtaligi, yurt tinchligi ,do’stlarimiz ,qarindoshlarimiz, yaqinlarimiz sog’-omonlogi, sixat- salomatligi . Bizlar vatan tinchligi yo’lida shahid ketgan insonlarning qilgan mehnati zoye ketmasligi uchun vatanga sodiq dono farzand bo’laylik.Biz har bir ishni ezgulikka yo’yaylik. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal Prezidentimizning bu amallarini hech qachon yodimizdan chiqarmaylik!!! Bu asarda erkak bo’la turib,o’z vataniga,xalqiga xiyonat qilgan bazi kimsalarni eslab ular erkak degan nomga dog’ tushirmayaptimikan deb o’ylab qolasan kishi.Yaroqbek,Tabib,Qodog’on no’yon kabilarning fe’l-atvoriga zid qahramonlar:Sultonbegim va uning onasi ayol bo’la turib qanday jasorat ko’rsatgan.Ular bu ezgu ishlarini o’z shanlari uchun emas,o’z manfaatlari uchun emas balki vatan ravnaqi,yurt kelajagi yo’lida qilganlar.Nega endi ayollarimiz shunday jasorat ko’rsatadilar-u erkaklarimiz loqaydlik qiladilar,boshimizga og’ir kulfatlarni soladigan narsa loqaydlik.Sultonbegim akasidan onasi qal’adan eson-omon kelganini aytib suyunchi oladi.Jaloliddin bu xabarni eshitib xursand bo’ladi.U unasi bilan ko’rishganida u onasidan fotiha oladi.So’ng singlisiga men onamizni senga ishonib topshirdim,uni ko’z qorachig’ingdek asra,men esa mo’g’ullarga qarshi jangga otlanaman deb onasini o’pib chiqib ketadi.Sultonbegim va onasi tepalikdan ufqqa qaraydilar.Onasi shu payt daryo labiga borib,qo’llarini osmonga ko’tardi va nuridiyda bolalari uchun duo qildi : Ikki lochin yetkazib bo’ldim nomdor:bitta qizu bir o’g’il-ikkovi sardor. Bitta siyna shunchalik parvarish qilur,bitta ona ko’p qilsa shuncha ish qilur. Sultonbegim aytadi:meni akam onamga soqchi qilib qo’yib ketdi,shuning uchun men jangga keta olmayman deb o’ylab turganida onasi uning yoniga kelib,bir shisha beradi,buni akangga ber,bu tomirimdan olingan sof qonim,agar u safarda ochlikka yo’liqsa bundan bir yutum yutsa bu unga ,joniga malham bo’ladi deydi.Mo’g’ullarga bir oqsoch bo’lib yashashdan ko’ra,baliqlarga yem bo’lsam ham mayli ming karra.Shuncha yashaganim yetar deb o’zini suvga otadi.Sultonbegim yugurib sohilga yuguradi, onasini qidiradi ammo katta sohilda jimjitlik hukm surgan edi,onasidan esa darak yo’q edi.Sultonbegim onasini qutqara olmaganidan juda tushkun ahvolga tushadi va mudhish voqea sababchisi yolg’iz o’zim deya o’zini ayblaydi. - Sultonbegim: Ona,ona,oh,dahshat…To’xtang to’lqinlar! To’xta daryo,hech onang yo’qmidir magar? Jaloliddin bir necha mahram bilan qaytib keladi.Ko’zi Sultonbegimga tushadi.Va singlisidan onasini so’raydi.Shunda Sultonbegim akasiga katta daryoni ko’rsatib,u bir murda,na go’ri bor va na kafani !deb aytadi.Jaloliddin tiz cho’kadi va umrim bo’yi vatan uchun kurashdim,onamdan ham vatan uchun kechdim.Endi na onam bor,na yurt bor na lashkar endi menda hech kimim qolmadi deya chuqur qayg’uga tushadi.Uzoqdan jang sadolari eshitiladi va Jaloliddin turib sekin yuragini ushlaydi.Sultonbegim akasiga onasi bergan shishani beradi,u shishani o’pib, Balki yurak qonidir,yoki bir eksir,bir eksirki bag’ishlar abadiy umr. Aziz ona ,qaydasan,o’lsang ham tingla,qayerda men tiz cho’kay qabringga,so’yla!deb daryoga qarata yig’lab aytadi.Sultonbegimning qilgan jasoratlaridan yana biri:u kokillarini xanjari bilan kesib,besh otga ayil bo’ladi deb akasiga beradi.Sultonbegim aziz vatani uchun hatto husnidan ham kechdi.Sultonbegim va akasi uchun katta yo’qotishlar bo’lsa ham ular vatan uchun bu azoblarga dosh beradilar.Asar oxirida ular Mo’g’ullarga asir tushishni xoxlamay ikkalasi ham jarga qulaydi.Ular hatto o’z jonlarini qurbon qildilar.Ana qahramonlik-u,ana vatanga bo’lgan muhabbat,sadoqat!!!Shunday sadoqatli,mard,botir insonlar ko’paysin!!! Yozuvchi Maqsud Shayxzoda ham ana shunday vatan oldidagi burchini oqlagan.Chunki insonlarga ma’nan ozuqa beradigan,insonlarni axloqan tarbiyalaydigan asar yozish hazilakam ish emas,bu katta mahorat,iste’dod talab qiladi.


Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish