O'zbek filologiyasi fakulteti 402-guruh talabasi Allanazarova Kamolaning Adabiyotshunoslik nazaryasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Download 181,58 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi181,58 Kb.
#86234
Bog'liq
ALlanazarova Kamola402-guruh Aristotel poetika

O'zbek filologiyasi fakulteti 402-guruh talabasi Allanazarova Kamolaning Adabiyotshunoslik nazaryasi fanidan tayyorlagan taqdimoti

MAVZU:BUYUK YUNON FAYLASUFI ARISTOTRLNING ,,POETIKA "ASARIDA ADABIY QARASHLAR TALQINI REJA 1.ARISTOTEL HAYOTI VA IJODI 2,,POETIKA"ASARI HAQIDA 3. ,,.POETIKA"ASARIDA ADABIY QARASHLAR 4.ARISTOTELNING ,,RITORIKA"ASARI HAQIDA


Aristotelning (mil.av.384-322 yy.) adabiyot, san'at haqidagi qarashlari adabiy tanqidiy tafakkur taraqqiyotida katta ahamiyatga egadir. Uning "Poetika" asari antik davrlardan bizgacha yetib kelgan so'z san'ati haqidagi ilk maxsus tadqiqot sanaladi. Shuni ham aytish kerakki, faylasufning adabiy-estetik qarashlari birgina "Poetika"da emas, boshqa masalalarga bag'ishlangan asarlarida ham o'z aksini topgan. Jumladan, "Etika" asarida Aristotel san'atning mohiyati masalasiga to'xtaladi. Faylasuf san'atning ijodiy tabiati, uning har vaqt "yaratish" tushunchasi bilan bog'liqligini ta'kidlaydi. San'atni "muzalar uyg'otgan ilhom natijasi" deb bilgan ustozi Platondan farqli o'laroq, Aristotel uni "ong tomonidan boshqariladigan ijodiy qobiliyat" mahsuli deb ta'riflaydi. Shu tariqa uning estetik ta'limotida inson markazga qo'yiladi, unga ko'ra, san'atning ibtidosi uning yaratuvchisi - san'atkorning o'zidadir. Faylasufning fikriga ko'ra, san'atda ijodiy qobiliyatning muhim elementi - badiiy fantaziya, badiiy to'qima muhim o'rin tutadi, shunga ko'ra, "ongli ravishda adashadigan" (ya'ni, fantaziya, to'qimaga yo'l qo'ygan) san'atkor qadrliroq sanaladi

Aristotel ta'limotida "san'atkor", "san'at", "san'at asari" tushunchalari bir-biriga uzviy bog'liq holda talqin qilinadi. Masalan, u san'atda mukammallikka erishmoqni mahorat derkan, san'at asarining mukammaligi mahorat bilan bog'liqligini ta'kidlaydi. Platon singari, Aristotel ham adabiyot va san'atning tarbiyaviy ahamiyati kattaligini e'tirof etadi, shu bois ham o'zining davlat haqidagi ta'limoti jamlangan "Siyosat" asarida bu masalaga maxsus to'xtaladi.

Aristotelning "Poetika"si so'z san'atiga bag'ishlangan maxsus tadqiqot ekanligi, unda faylasufning adabiy-estetik qarashlari muayyan tizim holida ancha to'liq ifodasini topganligi bilan qimmatlidir. Afsuski, asar matni to'la emas: poeziyaning tabiati haqidagi umumiy mulohazalar bildirilgan va, asosan, tragediya janri tadqiq qilingan dastlabki qismigina bizgacha yetib kelgan; epos, lirika va komediyaga bag'ishlangan keyingi qismlari saqlangan emas.

Aristotel ham, Platon singari, san'atning mohiyatini belgilovchi xususiyat sifatida taqlid(mimesis)ni ko'rsatadi. Biroq, ustozidan farqli o'laroq, Aristotel taqlidga juda katta ahamiyatga molik narsa sifatida qaraydi. Agar Platon taqlidiy san'atlar, jumladan, so'z san'ati haqiqatni bilish imkoniyatidan mahrum deb hisoblasa, Aristotel taqlidni bilishning usullaridan biri sifatida tushunadi: "Ko'rinadiki, poeziyani ikkita omil vujudga keltirgan, bu ikki omil ham tabiiy. Axir insonlarda taqlid qilish - bolalikdan tug'ma xususiyat, ular boshqa mavjudotlardan shunisi bilan farqlanadi, zero, inson taqlid qilishga boshqalardan ko'ra ko'proq qobil va shu yo'l bilan u dastlabki bilimlarni hosil qiladi". Aristotel fikrini davom ettirib, juda qadim zamonlarda ham taqlid qilish iqtidoriga (shuningdek, ritm va uyg'unlik tuyg'usiga) ega kishilar bo'lganini, ular buni asta-sekin rivojlantirib, "improvizatsiyadan haqiqiy poeziyani" vujudga keltirganlarini aytadi. Bundan ko'rinadiki, o'z vaqtida Aristotel so'z san'ati xalq og'zaki ijodidan, folklorning sinkretik shakllaridan ajralib chiqqaniga ishora qilgan ekan.

Aristotel san'atlarni "nima bilan", "nimaga" va "qanday" taqlid qilishiga ko'ra farqlaydi. Aytish kerakki, hozirgi estetikada ham ayni shu xil tasnif tamoyili asos sifatida saqlanib qolgan. Agar birinchi jihat - "nima bilan" taqlid qilish asosida musiqa, raqs, haykaltaroshlik, adabiyot kabi san'at turlari farqlansa, ikkinchi jihat - "nimaga" taqlid qilish asosida etik va estetik belgilari ajratiladi. Uchinchi jihat - "qanday" taqlid qilish asosida Aristotel adabiy turlarni bir-biridan farqlaydi. Unga ko'ra, taqlid "... voqyeani, Gomerga o'xshab, o'zidan tashqaridagi narsadek hikoya qilish orqali; yoki shundayki, taqlid qiluvchi qiyofasini o'zgartirmagan, o'z-o'zicha qolgan holda; yoki barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayotgan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etgan holda" amalga oshishi mumkin.

Aristotel moddiyun falsafasiga juda yaqin kelgan mutafakkir sifatida ta'riflanadi. Shu sababli ham uning qarashlari, bunga yuqorida ham qisman to'xtaldik, Platon qarashlaridan qator muhim nuqtalarda jiddiy farqlanadi. Jumladan, umumiy ("ideya") va xususiy ("narsa") munosabati masalasida bu narsa yaqqol ko'zga tashlanadi. Platon "ideya"ni narsadan butkul tashqarida deb bilsa, Aristotel "ideya"ni narsadan ajratmaydi. Shunga muvofiq, u umumiy ("ideya") xususiy("narsa")da namoyon bo'ladi deb hisoblaydi. Xuddi shu qarash adabiyotga ham tadbiq etiladi: "Haqiqatda, tarixchi va shoirning farqi birining vaznli, ikkinchisining vaznsiz nutq bilan gapirishida emas (axir Gerodot asarini vaznli nutqqa o'tkazish mumkin, shunga qaramay, vaznli yoki vaznsiz bo'lsin, u tarixligicha qoladi), farqi shundaki, biri haqiqatda yuz bergan hodisalar haqida, ikkinchisi yuz berishi mumkin bo'lgan hodisalar haqida hikoya qiladi. Shuning uchun ham poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq, jiddiyroq: poeziya umumiyni, tarix esa xususiyni ifodalaydi".

Aristotel poeziyadagi shakl va mazmun munosabatida mazmunni yetakchi deb biladi. Shu bois ham "shoir avvalo fabula yaratishi lozim, vaznli nutq emas", deydi. Chunki, uning ta'kidlashicha, shoir voqyea orqali taqlid qiladi. Aytish kerakki, Aristotel davrida adabiyotda voqyea (mif) birinchi o'rinda turgan: g'oyani ifodalashda voqyeaning roli yetakchi hisoblangan. Agar voqyeani rivojlantirishda fabulaning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi e'tiborga olinsa, Aristotelning fabula yaratish, unga qo'yiladigan talablarga "Poetika"da ancha mufassal to'xtalishining sababi oydinlashadi. Shunga monand, xarakter va fabula munosabatida ham keyingisiga kattaroq ahamiyat berilib, buning sababi quyidagicha izohlanadi: "... tragediyaning maqsadini voqyealar, rivoyat tashkil qiladi, maqsad esa hammasidan muhim. Bundan tashqari, harakatsiz (ya'ni, voqyeasiz - mual.) tragediya mavjud bo'lishi mumkin emas, xaraktersiz esa - mumkin".

Aristotel ta'limotida xarakter asarning ma'naviy-axloqiy (etik) tomonini ifodalovchi unsur sifatida talqin qilinadi. Faylasuf xarakter oldiga qo'ygan to'rtta talab ham shunga muvofiq bo'lib, "...birinchi va eng muhimi - ularning oliyjanob bo'lishi. Agar personaj, aytib o'tilganidek, o'zining nutqi yoki xatti-harakatida, qandayligidan qat'i nazar, iroda yo'nalishini namoyon etsa, xarakterga ega bo'ladi; lekin bu xarakter ezgu iroda yo'nalishini namoyon etsagina oliyjanob bo'ladi". Ko'rib turganimizdek, Aristotel xarakter oldiga qo'ygan asosiy talab ma'naviy-axloqiy (etik) yondashuv asosida belgilangan. Keyingi uchta talab - muvofiqlik, haqqoniylik va izchillik - ko'proq badiiy haqiqat mezonlari bilan, ya'ni estetik yondashuv asosida belgilangan bo'lib, personajning hayotiy va to'laqonli, ishonarli bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir.

"Poetika"ning ilmiy qimmatini belgilagan narsa shuki, undagi nazariy umumlashmalar, ishlab chiqilgan talablar qadimgi yunon adabiyotining boy materiali tahliliga tayanadi. Ikkinchi muhim jihat esa unda izchil, tizimli fikr yuritilgani, qo'yilgan har bir masala bo'yicha yaxlit ilmiy konsepsiyaning ifodalanishi bilan belgilanadi. Masalan, tragediya janriga to'xtalarkan, Aristotel avvalo uning janr spetsifikasini belgilab oladi, so'ng uni tashkil qilayotgan tarkibiy qismlar - voqyea (mif), fabula, xarakter, til va uslub kabi masalalarni navbati bilan bir-bir ko'rib o'tadi, muhimi, har birini butun tarkibidagi o'rni nuqtai nazaridan o'rganarkan, boshqa unsurlar bilan o'zaro munosabatini nazardan qochirmaydi. Bu xususiyatlar "Poetika"ning adabiyotshunoslikka oid qadimiygina emas, chin ma'noda mumtoz asarligidan dalolatdir.

Aristotelning yana bir asari - "Ritorika" notiqlik san'atiga bag'ishlangan bo'lib, bizga qadar nisbatan to'liqroq holda yetib kelgan. Asarda notiqlik san'ati bilan bog'liq holda qo'yilgan masalalar adabiyotshunoslikka bevosita aloqadordir. Masalan, notiqlik san'atida dalillash yo'llari haqida bildirilgan fikrlar yoki inson fe'l-atvori, his- tuyg'ularining u egallagan mavqye, yosh xususiyatlari, konkret hayotiy holat kabi omillarga bog'liqligining misollar bilan ochib berilgani - bular badiiy ijodda ham, badiiy asarni o'qishda ham, tahlil qilishda ham birdek ahamiyatlidir. Asarda badiiy til, uslub masalalariga ancha keng o'rin berilgan bo'lib, muallif bu yo'nalishda ritorika fani erishgan yutuqlarni umumlashtirishga intiladi, ilk bor til normalarini ishlab chiqadi.



Shunday qilib, qadimgi yunon adabiyotining katta bir davrida to'plangan ijodiy tajriba, adabiy-estetik qarashlarni umumlashtirib, tizim holidagi ta'limot shakliga solish vazifasi Aristotel chekiga tushdi va faylasuf bu vazifani sharaf bilan uddaladi. Aristotel adabiy-estetik tafakkur taraqqiyotida o'ziga xos bir marra bo'lib qoldiki, ba'zi mutaxassislarning "Aristotelgacha bo'lgan davr" va "Aristoteldan keyingi davr" tarzida mulohaza yuritishlari ham bejiz emas. Darvoqye, aslida ham shunday. Zero, Aristotelning ijodiy faoliyati yunon madaniyati klassik davrining oxiriga to'g'ri keladi, undan keyin qariyb sakkiz yuz yil davom etgan ellinizm davri boshlanadi.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 181,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish