1.Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiqqan
yo‘nalish hisoblanadi. “Gumanistlar qadimgi grek va Rim madaniyatini o‘rganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish
qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyalarida bir qator nuqsonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi
milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shuning uchun klassitsizm Fransiyadan boshqa mamlakatlarda o‘z rivoji uchun zamin
topolmadi”22.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosqichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr
adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr
uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat,
deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qabul qildilar. Biroq, mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real
hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qattiq logik qonunlarga bo‘ysundirish klassitsizm adabiyotini cheklab
qo‘ygan edi.
2.Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha butun adabiy janrlar «yuksak»
(tragediya, epos, qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma)
janrlarga bo‘linadi.
«Yuksak» janrlarda davlat ishlari, qirol va hukmron tabaqa va
killarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak. «Tuban»
janrlarda esa uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Klassitsist yozuvchilar asar tilining aniq, obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq, uslubning qo‘pol iboralardan holi bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Biroqgo‘zallikni idrok qilishda yagona mezon sifatida iste’dodga ortiqcha
baho beradilar. Qahramonlarning oldindan belgilab qo‘yilgan sxema
va logik qonunlarga ko‘ra «yaxshi» va «yomon»ga ajratilishi natijasida xarakterlarning hayotiyligi chegaralab qo‘yilgan.
3.Dekart haqiqat manbai borlliqda yoki tajribada emas, balki tafakkur qurilmalarida deb biladi.
Shundan kelib chiqqan holda klassitsizmning asosiy tamoyillari belgilanadi. Ularga ko‘ra, san’at aql tomonidan qat’iy tartibga solinishi
kerak, badiiy asar aqlga muvofiq va aniq tahlilga imkon beradigan
tarzda qurilishi lozim, san’at asarining kuchi tafakkur qudrati va
mantig‘i bilan belgilanadi.
Olamga xos muayyan qonuniyat asosidagi tartibot san’atda ham
bo‘lishi lozim deb bilgan klassitsizm nazariyotchilari badiiy ijodda
belgilangan qoidalarga og‘ishmay amal qilishni talab etadi.
4.Bualoning muhim asari «Poeziya san’ati» nomli didaktik poemasidir, shoir bu asarida klassitsizm adabiy uslubining qoidalarini asoslab berdi. Bualo Dekartning falsafiy metodini badiiy adabiyotga tatbiq qildi.
5.Dekartning “haqiqatini anglashuchun yagona mezon aql-idrokdir. Dekart haqiqat borliqda yoki tajribada emas balki tafakkur qurilmalarida deb biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |