Oʻzbek Adabiyoti


Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon



Download 189,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.02.2022
Hajmi189,37 Kb.
#428685
1   2
Bog'liq
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon - Vikipediya

Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon
yangi oʻzbek sheʼriyatining
asoschilaridandir. Choʻlpon 1897-yili
Andijon shahrida ziyoli oilada dunyoga
kelgan. Choʻlpon boshlab eski maktabda,
soʻng madrasada oʻqiydi. Andijondagi
rus-tuzem maktabida taʼlim oladi. Sharq
adabiyoti, arab, fors tillarini oʻzlashtiradi,
rus tili va adabiyotini oʻrganadi. Choʻlpon
10-yillarning oʻrtalaridan ijtimoiy va ijodiy
faoliyat bilan shugʻullana boshlaydi. U
«Qalandar», «Andijonlik», «Choʻlpon»
taxalluslari bilan matbuot nashrlarida


maqola, sheʼr va turii xabarlar bilan chiqib
turadi.
Uning «Doʻxtir Muhammadyor»,
«Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar»,
«Adabiyot nadir?» kabi ilk hikoya va
maqolalarida hamda oʻnlab sheʼrlarida
Jadidchilik gʻoyalarining oshkora
ifodalanganini kuzatishimiz mumkin.
Shoirning qisqa umri davomida «Tong
sirlari», «Uygʻonish», «Buloqlar» kabi
sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Uning
teatr sohasida qilgan ishlari ham alohida
eʼtiborga sazovor. Choʻlpon oʻzbek davlat
drama teatrida adabiy emakdosh
vazifasida ishlash bilan birga oʻnga yaqin
pyesalar, teatr maqolalari yaratgan, uning


«Yorqinoy», «Oʻrtoq Qarshiboyev»,
«Choʻrining isyoni», «Mushtumzoʻr»,
«Zamona xotuni» kabi sahna asarlari
oʻzbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga
niuhim hissa boʻlib qoʻshildi.
Choʻlpon «Kecha va kunduz» nomli
roman eʼlon qilib, oʻzbek romanchiligi
rivojiga ham katta taʼsir koʻrsatdi. Bu
asarida xalqimizning asr boshlaridagi
hayoti manzaralarini tasvirlar ekan,
istibdod vajaholat millatning taraqqiyotini
va hurligini boʻgʻuvchi manfur hodisalar
ekanini badiiy aks ettiradi. Oʻzbek adabiy
tarjima maktabining rivojianishida ham
Choʻlponning beqiyos hissasi bor. U
M.Gorkiyning «Ona» romani,


A.S.Pushkinning «Dubrovskiy», «Boris
Godunov» hamda Shekspirning «Hamlet»
tragediyasini va yana oʻnlab xorijiy
asarlarni oʻzbek tiliga mohirlik bilan
oʻgiradi. Choʻlpon bufun ongli hayoti
davomida oʻz Vatanining ozodligi, erki,
kelajagi uchun qaygʻurdi va yonib sheʼrlar
yozdi, turii janrlarda asarlar yaratdi. U
1928-yildan boshlab to umrining
oxirigacha tazyiq ostidayashadi, chunki
uning butun ijodidamilliy gʻoyaqizil ip
boʻlib oʻtgan. U mustabid tuzum ostida
ezilib yotgan millatni, xalqni kuylar edi.
Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir
sharoitda ham oʻz eʼtiqodidan qaytmadi.
Ana shu eʼtiqodi va irodasi tufayli 1937-yil
qatagʻon qurboni boʻldi.


Choʻlpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda
Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi.
Link:
http://xotira.freenet.uz/index.php?
id=04&lang=uz
Oʻzbek yangi sheʼriyatining
asoschilaridan biri, dramaturg, nosir,
publitsist va tarjimon.
Choʻlpon 1897-yili Andijonda tugʻilgan.
Eski maktabda savod chiqargan. Keyin
rus-tuzem maktabida oʻqigan. 1914-yili
Toshkentga keladi va oʻz faoliyatini
«Sadoi Turkiston» gazetasi bilan
Abdulhamid


bogʻlaydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa,
Qozon va Bogʻchasaroyda chiqadigan
gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan.
1916—1917-yillarda Orenburgda yashaydi
va u yerda boshqird hukumati
mahkamasida kotib boʻlib ishlaydi. Soʻng
Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha
TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920-yili
Bokuda boʻlgan Sharq xalqlari qurultoyida
qatnashadi. Oʻsha yili Fitrat taklifi bilan
Buxoroga boradi va oʻzbek tilida
chiqadigan «Buxoro axbori» gazetasiga
rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab
Toshkentga qaytadi. Adabiyot va
madaniyat ishlari bilan shugʻullanadi.
1924—1926-yillarda Choʻlpon Moskvada


yashaydi. U yerda ochilgan Oʻzbek
dramstudiyasiga rahbarlik qiladi.
Shundan keyin jadidlarga qarshi
boshlangan kompaniya Choʻlponni ham
chetlab oʻtmadi. Taʼqib va tazyiqlarga
qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan
shugʻullandi. 30-yillarning boshida yana
Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy
Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlaydi.
Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa
olinadi va 1938-yil 4-oktyabrda otib
oʻldiriladi.
Choʻlpon dastxati. Goʻzal
sanʼatlar.


Choʻlponning «Oʻzbek yosh shoirlari»
(1923), «Goʻzal yozgʻichlar» (1925),
«Adabiyot parchalari» (1926)
majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz
sheʼrlari asosida nashr qilingan
«Uygʻonish» (1922), «Buloqlar» (1923),
«Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) kabi
toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati
taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.
Uning «Kecha va kunduz» (1936) romani,
«Doʻxtur Muhammadyor» (1914), «Qor
qoʻynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin
kechalarda» hikoyalari yangi davr oʻzbek
nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib
qoʻshildi.


Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. Choʻlponning
«Yorqinoy» (1920), «Xalil farang» (1921),
«Choʻrining isyoni» (1926), «Yana
uylanaman» (1926), «Mushtumzoʻr»
(1928), «Oʻrtoq Qarshiboev» (1928),
«Hujum» (1928) kabi dramalari uning
dramaturg sifatida ham samarali ijod
qilganligini koʻrsatadi.
Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon
ijodining leytmotivini belgilaydi.
Choʻlpon Pushkinning «Dubrovskiy»,
«Boris Godunov» asarlarini, Gorkiyning
«Ona» romani va «Egor Bulichev»
peʼsasini, Lohutiyning «Evropa safari»ni,
Gotsiyning «Malikai Turandot»,
Shekspirning «Hamlet» dramalarini


oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek
va jahon adabiy aloqalari rivojiga
munosib hissa qoʻshdi.
Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari
O. Sharofiddinov, U. Normatov, N.
Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar
ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Choʻlponga Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti farmoniga koʻra Navoiy
nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning
«Kecha va kunduz» romani asosida
videofilm yaratilgan.
Abdulhamid Choʻlpon
asarlari xorijiy tillarda


Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi
marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi
Voskresenye nashriyotida chop etildi.
Ushbu toʻplam uning «Kecha va kunduz»
romani, «Yorqinoy» pesasi va 1915-1938-
yillarda yaratilgan bir qator she'rlarini oʻz
ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid
Ismoilov tomonidan tarjima qilingan.
Shu yilning o‘zida «Kecha va kunduz»
romanining Stéphane A. Dudoignon
tomonidan fransuz tiliga tarjimasi
Fransiyada Bleu Autour nashriyotida
chop etildi.
2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston
sheʼriyati antologiyasida («Anthologie de
la poésie d'Ouzbékistan») Choʻlponning


bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga
havola qilingan. Tarjilonlar Hamid
Ismoilov va Jean-Pierre Balpe.
Abdulhamid Choʻlpon. Kecha. T.:
Oʻzdavnashr, 1936.
Choʻlpon. Yana oldim sozimni. T.:
Adabiyot va sanʼat. 1991.
Choʻlpon. Adabiyot nadir. T.: Choʻlpon,
1994.
Abdulhamid Choʻlpon. Kecha va
kunduz. Birinchi kitob: Kecha. T.: Sharq,
1995 (XX asr oʻzbek romani).
Abdulhamid Choʻlpon. Goʻzal Turkiston.
T.: Maʼnaviyat, 1997.
Nashr qilingan asarlari


Choʻlpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina,
1997—1998.
Абдулхамид Чулпон. И прозвучит
еще мой саз, пер. с узбекского
Хамидом Исмайловым, Москва:
Воскресенье, 2009.
Tchulpân. Nuit, fransuz tilida, tarjimon
va so‘zboshi muallifi Stéphane A.
Dudoignon. Saint-Pourçain-sur-Sioule :
Bleu autour, 2009; 464 bet (Collection
«d'un lieu l'autre»).
Sharafiddinov O. Choʻlpon. T.: Choʻlpon,
1991.
Sharafiddinov O. Choʻlponni anglash.
T.: Xazina, 1994.
Ilmiy manbalar


Karimov N. Choʻlpon. T.: Fan, 1991.
Choʻlponning badiiy olami (toʻplam). T.:
Fan, 1994.
Murodov J.Cholpon haqida. T.:
Ohangaron Hayoti Gazetasi, 2014
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?


Content is available under CC BY-SA 3.0 unless
otherwise noted.
title=Abdulhamid_Sulaymon_o
ʻ
g
ʻ
li_C
ho
ʻ
lpon&oldid=2004927
" dan olindi 
Last edited 5 days ago by Planesp…

Download 189,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish