Oʻzbek Adabiyoti



Download 189,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2022
Hajmi189,37 Kb.
#428685
  1   2
Bog'liq
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon - Vikipediya



Abdulhamid
Sulaymon oʻgʻli
Choʻlpon


Oʻzbek Adabiyoti
•Milodiy VII asrgacha  
•VIII-XIII asrlar (Qadimgi)
•XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
•XVI-XIX asrlar (Mumtoz)
•XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
•1930-80 yillar (Sovet davri)  
•1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi
Choʻlpon (taxallusi; asl ismsharifi
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov)
(1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) —


shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon,
tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab
madrasada (1908—12), soʻngra rustuzem
maktabida (1912— 14) oʻqigan. Sharq
mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa
qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli
bilan adabiy, ijtimoiysiyosiy bilimini
oshirgan. 1914 y. Toshkentga kelib,
"Sadoi Turkiston" gaz. bilan hamkorlik
qilgan. "Yangi Sharq", "Ishtirokiyun" (1920
yildan "Qizil bayroq", 1922 yildan
"Turkiston") gaz.da adabiy xodim (1919—
23), Xalq maorif komissarligi qoshidagi
Ilmiy kengash (1921 yildan Oʻlka oʻzbek
bilim hayʼati, 1922 yildan Ilmiy hayʼat)da
rais (1920—23), "Buxoro axbori" gaz.da
muharrir (1921—22), "Turon" teatrida


direktor (1921; 1922—23), "Mushtum" jur.
va "Darxon" gaz.da texnik muharrir,
adabiy xodim (1922—23), Oʻzbek drama
studiyasi (Moskva, 1924— 27) va Oʻzbek
davlat drama teatrida adabiy emakdosh
(192731), SSSR XKS va Sharq xalqlari
markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva,
1931—34), "Mushtum" va "Guliston"
jur.lari hamda "Teatru" gaz.da adabiy
xodim (jamoatchilik asosida, 1935—37).
Adabiy ijodi 1913—14 yillarda
Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti
haqida xabarlar yozish bilan boshlangan.
1914 y. Toshkentda M.Abdurashidxonov
va U.Xoʻjayev bilan tanishish Ch.ning
milliy uygʻonish harakati namoyandasi


sifatida shakllanishida muhim omil
boʻlgan. Ch. "Sadoi Turkiston" gaz.da
dastlabki "Turkistonli qardoshlarimizga"
sheʼri, "Qurboni jaholat", "Doʻxtir
Muhammadyor" hikoyalari va "Adabiyot
nadir?" maqolasini eʼlon qilib (1914), shu
davr adabiyoti namoyandalari safidan
oʻrin egallagan. Turkiston aholisining
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qolokdik
sharoitida yashayotganining asosiy
sababini Rossiyaning mustamlakachilik
siyosatida koʻrgan Ch., boshqa jadidlar
qatori, oʻz asarlari bilan xalqning madaniy
va maʼrifiy saviyasini koʻtarishga
kirishgan.


1917 y. Fevral inqilobining roʻy berishi
taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini
oʻzgartirib yubordi. Ular, shu jumladan,
Ch. mustaqillik uchun kurash endi
targʻibiytashviqiy davridan amaliy faoliyat
bosqichiga oʻtganini angladilar. Ch.
Turkiston muxtoriyat hukumatining barpo
etilishida faol ishtirok etib, muxtoriyatni
sharaflovchi "Ozod turk bayrami" sheʼrini
yozdi va bu sheʼr oʻzbek davlatchiligi
tarixida ilk madhiya boʻldi. Shu davrda
Turkistondagi koʻp millatli ziyolilar
oʻrtasida federalizm gʻoyasi keng
tarqalgani sababli Ch. ayni paytda
Z.Validiy bilan birga Orenburgga borib,
Boshqirdiston muxtoriyat hukumatining
tashkil etilishida ham ishtirok etdi.


Federalistlarning fikrlariga koʻra,
Turkiston va Volga boʻyidagi turkiy xalqlar
oʻz muxtoriyat hukumatlarini barpo
etganlaridagina bu xukumatlarning
bolsheviklar tomonidan tan olinishi va
birgalikda himoyalanishi mumkin edi.
Muxtoriyat tugatilgach, Ch. "Ilmiy
kengash", "Chigʻatoy gurungi", "Nashri
maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida
adabiy, ilmiymaʼrifiy ishlar bilan mashgʻul
boʻldi. Ayni paytda shoʻro davlatining
mustamlakachilik siyosati oqibatlarini
fosh etuvchi sheʼr va maqolalar yozish
bilan istiqlol uchun kurashda davom etdi.
Ammo respublika madaniyat
xodimlarining 2qurultoyi (1927)dankeyin


Ch.ga qarshi boshlangan kurash uni
siyosiy faoliyatdan uzoqlashishga, hatto
1931—35 yillarda Moskvaga qochib
borib, musofirlikda yashashga majbur
etdi.
CH. 1937 y. 14 iyul kuni hibsga olinib,
koʻp oʻgmay, otib tashlandi.
CH.ning adabiy merosi sheʼriyat, nasr,
dramaturgiya, publitsistik va
adabiytanqidiy maqolalar hamda
tarjimadan iborat.
CH.ning sheʼriy asarlari "Oʻzbek yosh
shoirlari", "Uygʻonish" (1922), "Buloqlar"
(1923), "Tong sirlari" (1926) va "Soz"
(1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli


gaz. va jur.larda eion qshshngan. Ular
gʻoyaviytematik yoʻnalishiga koʻra 2
guruhga ajraladi: sof lirika va
ijtimoiysiyosiy lirika. Ishqiy kechinma va
tabiat manzaralari tasvirlangan
sheʼrlarida Ch. jahon lirik sheʼriyatining
mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan,
Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal
ruhiy olamini, tabiat manzarasini,
tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta
mahorat bilan aks ettirgan. "Goʻzal",
"Sezgi", "Sirlardan", "Men shoirmi?"
singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga
asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini
yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chikdi.
Barmoq vazni Ch. va Fitratning ijodiy
izlanishlari bilan 20-yillarning


boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining
asosiy vazniga aylandi.
Tarixiy davr va tarixiy sharoit Ch.dan
muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu
davrdagi oʻzbek xalqining ijtimoiysiyosiy,
iqtisodiy va madaniy ahvolini
yaxshilashga qaratilgan asarlar yozishni
taqozo etdi. Vatan va millat manfaati
bilan yashagan shoir davrning shu talabi
bilan bolsheviklar olib borgan siyosatning
mustamlakachilik mohiyatini fosh
etishga, xalqni zulm va zoʻravonlikka
qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat
etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi
("Buzilgan oʻlkaga", "Xalq", "Vijdon erki",
"Kishan" va boshqalar). Ch. bu sheʼrlari


bilan adabiyotning kurash quroliga
aylanishi mumkiiligini isbotlab berdi.
Shoirning yurak qoni bilan yozilgan bu
sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga
otashin muhabbat, mustamlakachilarga
nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat
tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Ch.ning
"koʻngil lirikasi" anʼanalari keyinchalik
Oybek, H.Olimjon, Mirtemir, Zulfiya,
E.Vohidov, A.Oripov, R.Parfi va boshqa
ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan
boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan
yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik
davom ettirilmay qoldi.
CH. isteʼdodiga xos lirik nazokat va
nafosat shoir nasriy asarlarining ham


oʻziga xosligini belgilab keladi. Ch. qaysi
mavzuga murojaat etmasin, badiiy
voqelikni poetik til va obrazlar orqali
mujassamlantirishga erishdi. Shu
maʼnoda uning 20-yillarda yozgan "Oydin
kechalarda", "Qor qoʻynida lola", "Novvoy
qiz" singari hikoyalari oʻzbek
adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki
mumtoz namunalaridir. Ch. bu
hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining
ayanchli takdirini turli badiiy rejada tadqiq
etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot
darajasi shu jamiyatning xotinqizlarga
boʻlgan munosabati bilan. belgilanadi,
degan gʻoyani bu asarlar osha "qizil ip"
yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek
xotinqizlarining mustamlakachilik


sharoitidagi taqdiri tasviriCh. sheʼriy
ijodining ham, kichik epik asarlarining
ham, "Kecha va kunduz" (1936)
romanining ham asosiy gʻoyaviy
yoʻnalishini belgilab bergan.
CH. nasriy ijodining muhim qismini
publitsistika tashkil etadi. U "Yoʻl
esdaligi", "Vayronalar orasidan" kabi qator
ocherk va publitsistik maqolalarida 20-
yillardagi mustamlaka oʻlka hayotining
mudhish manzaralarini tasvirlagan. Ch.
bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini
mukammal egallagan yozuvchi sifatida
gavdalanadi. Ch. yozuvchilik
mahoratining shunday qirralari "Kecha va
kunduz" romanida, ayniqsa, yorqinroq aks


etgan. Ch. Abdulla Qodiriy bilan birga
oʻzbek adabiyotida realistik roman va
hikoya janrlarining taraqqiyot
tamoyillarini belgilab berdi.
CH.ning dramaturgiya sohasidagi
dastlabki izlanishlari 1919 yilga oid. U
shu yili "Temirchi", "Gunoh", "Choʻrining
isyoni" singari kichik sahna asarlarini
yozdi. 20-yillarning boshlarida esa
Ch.ning "Yorqinoy", "Xalil farang",
"Oʻldiruvchi" (1921), "Sevgi va saltanat",
"Choʻpon sevgisi" (1922) pyesalari
maydonga keldi (bu asarlarning aksari
bizgacha yetib kelmagan). Ch. "Turon"
teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna
sanʼati va dramaturgiya "sir"larini,


shuningdek, rus tilini puxta egallagani
tufayli 1924 y. Moskvada tashkil etilgan
oʻzbek drama studiyasiga adabiy
emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini
bilmagan vatandoshlariga moskvalik
mashhur artist va rejissyorlarning
maʼruzalarini tarjima qilib berishdan
tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun
sahna asarlari ("Yorqinoy", "Yana
uylanaman", "Qorovul uyqusi" (L.Sverdlin
bilan hamkorlikda), "Uzun quloq bobo")ni
yozib, rus va yevropa dramaturglarining
pyesalari (K.Gotssi, "Malikai Turondot",
N.V.Gogol, "Tergovchi", V.N. Bill
Belotserkovskiy, "Labbay", Molyer,
"Xasis")ni tarjima qilib berdi. Ch. 1927
yilda Moskva va Boku drama studiyalari


qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat
namuna truppasi (1929 yildan Oʻzbek
davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur
truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi
sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda
uning kishilar va jamiyat hayotidagi
nuqsonlarni hajv etuvchi "Mushtumzoʻr",
"Hujum" (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928),
"Oʻrtoq Qarshiboyev" (1929) kabi
pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Ch. ayni
paytda teatr tarjimoni sifatida ham
samarali ijod qilib, K.Goldonining "Ikki
boyga bir qarol", Lope de Veganing "Qoʻzi
bulok", U.Shekspirning "Hamlet",
F.Shillerning "Bosmachilar",
BillBelotserkovskiyning "Poʻrtana",
S.Levitinaning "Hukm", A.Faykoning


"Portfelli kishi", V.Tretʼyakovning
"Naʼrangni tort, Xitoy!", Vs. Ivanovning "14
—69 raqamli zirhli poyezd" pyesalarini
oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ch. adabiy
emakdosh, dramaturg va tarjimon
sifatida M.Uygur bilan birga professional
oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi.
CH.ning adabiyot va sanʼat masalalariga
bagishlangan faoliyati kichikkichik
maqolalardan iborat boʻlsada, ularning
ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Ch.
1914—15 yillarda yozgan "Adabiyot
nadir?" va "Muhtaram yozuvchilarimizga"
maqolalari bilan adabiyot va sanʼatning
xalq va jamiyat oldidagi vazifasini,
tarbiyaviymaʼrifiy ahamiyatini aniq


belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalklar
adabiyoti namoyandalari ("Marhum
Tavfiq Fikrat", "Ikki yuqotish", "Rizo
Tavfiqbek", "Tagor va tagorshunoslik",
"Ulugʻ hindi", "Joʻrj Dandon", "Katta
maktab egasi", "Uvaysiy", "Ustodning
xislatlari"), teatr va musika sanʼati ("Abo
Muslim", "Iblis", "Shayx Sanʼon", "Oydin",
"Malikai Turondot", "Meyerxold teatri",
"Tursunoy sahnada", "Ashulaga ishkiboz",
"Qiziqlar", "Otabola sanʼatkor",
"Bazmcholgʻu toʻdasi", "Ukraina
bandurachilari"), til ("Shohnoma"ning
turkcha tarjimasi", "Tilimizning
ishlanishi") va tarjima ("Tarjima toʻgʻrisida
jindak", "Soʻz, soʻz, suz") masalalariga
bagʻishlangan maqolalari bilan 20-


yillarda adabiy tanqid, sanʼatshunoslik,
tilshunoslik va tarjimashunoslik
sohalarining paydo boʻlishi va
shakllanishiga katta hissa qoʻshdi.
CH. adabiy merosining salmokli kismini
tarjima asarlar tashkil etadi. U Moskvada
yashagan yillarida moddiy ehtiyoj
orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni
tarjima qilishga majbur boʻldi. Lekin shu
bilan birga Ch. A.S.Pushkin ("Boris
Godunov", "Dubrovskiy"), N.V.Gogol
("Tergovchi"), I.S.Turgenev ("Choʻri qiz"),
I.Franko ("Million", "Feruza"), L.Andreyev
("Gubernator", "Osilgan yetti kishining
hikoyasi"), A.P.Chexov ("Qochoq"),
A.M.Gorkiy ("Ilgaklar", "Ona") singari rus


va boshqa xalklar adabiyotining mumtoz
asarlarini ham katta mahorat bilan
tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima
maktabiga asos soldi. Ch. tarjimasidagi
U.Shekspirning "Hamlet" tragediyasi
oʻzbek tarjima sanʼatining shoh
namunasidir.
CH. shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va
nazorati ostida yashagani sababli uning
koʻplab qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937
yilda "xalq dushmani" sifatida ayblanib,
qamoqqa olinishi arafasida va keyin ham
barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib
tashlandi. Shunga qaramay, Ch.dan bizga
qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi
original va tarjima asarlar oʻzbek


xalkining katta madaniy va maʼnaviy
boyligidir.
Oʻzbekiston mustaqil respublika deb
eʼlon kilingach, Ch.ning oʻzbek
madaniyatini rivojlantirish va xalq
ommasini istiqlol goyalariga sadoqat
ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan
hissasi yuksak baholandi. Ch.ga Alisher
Navoiy nomidagi Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va
"Mustaqillik" ordeni (1999) berildi. 1997
y. Ch.ning 100 yilligi keng nishonlanib,
Andijonda Choʻlpon uymuzeyi tashkil
etildi, Tillar ped. instituti va litsey Ch.
nomi bilan ataddi. Oʻzbek milliy akademik
drama teatrida Ch. xayoti va ijtimoiy


faoliyati haqida hikoya qiluvchi
"Kunduzsiz kechalar" (Usmon Azim asari)
spektakli sahnalashtirildi.
Yana oldim sozimni, T., 1991; Asarlar [3
j.li], 1—2j., 1999; Adabiyot nadir, T.,
1993.
Sharafiddinov O., Choʻlpon, T., 1991;
Karimov N., Choʻlpon, T., 1991;
Choʻlponning badiiy olami, T., 1993;
Sharafiddinov O., Choʻlponni anglash,
T., 1994; Quronov D., Ruhiy dunyo
tahlili, T., 1994; Karimov N., Istiqlolni
uygʻotgan shoir, T, 2000; Karimov N.,
Manbalar
Adabiyot


Choʻlpon (maʼrifiy roman), T., 2003.
Naim Karimov.

Download 189,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish