O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet183/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Zulayho hamon Yusufning ishqida o‘rtanayotgan cdi. Nihoyat, ular bir-biriga yetishadilar. Zulayho Yusufdan Mishom, Farohim degan o‘g‘illarini, Rohima ismli qizini ko‘radi.
Qahatchilik Kan’on yurtiga ham o‘tganda, Yusufning akalari oshlig‘ izlab Misrga Yusufning oldiga keladilar. Yusuf akalarini ko‘rib taniydi. Yusuf Ibn Yaminni ham oldirib keladi. Yusufning akalari Misr- liklar bilan jangga shaylanadilar. Yusuf o‘g‘li Meshomni akalari bilan yakkama-yakka olishuvga maydonga chiqaradi. Meshom Yahudo bilan Sham’unni mag‘lub qiladi. Xullas, Yusufning akalari Misrda ko‘p sav- dolami boshlaridan kechiradilar. Yoqub ham Misrga keladi. Yoqubning duosi bilan Yusuf akalarining gunohidan o‘tadi.
Har ikkala doston mazmunidan ko‘rinadiki, Qul Ali ham, “Yusuf va Zulayho” muallifi ham dostonga o‘ziga xos yondashadilar. Har ikka­la dostonda tna’lum darajada farqlar borligi ko‘rinib turibdi. О ‘zbekcha “Yusuf va Zulayho” dostoni muallifi Yusuf bilan bog‘liq voqealarga murojaat qilganda, Yusufning hayotiga oid eng qadimgi voqealami - butparast xalqlami musulmonlashtirish voqealarini dostonga olib kiradi. XI11-X1V asr o‘zbek adabiyotida bu mavzu ancha dolzarb bo‘lgan edi.
Bu jihatdan mazkur dostondagi ayni shu voqealar bilan Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” va boshqa “Qisas ul-anbiyo”asarlaridagi “Qissayi Yunus yalavoch alayhissalom” qissasiga mazmunan o‘xshashlik borli- gini aytib o‘tishimiz kerak (Rabg'uziy. Qisasi Rabg'uziy. 2-kitob, 1990, 59-60-b.), Zotan, doston debochasida muallif Balx shahri qamali haqida hikoya qilib, qamal paytida o‘z ahvolini quyidagicha tasvirlagan edi:
Goh edim jon bila mashg‘uli fikr,
Gohi edim g‘arqai anduhu fikr.
Goh o‘qur erdim zi kalomi Iloh,
Goh kutub ichra qilur erdim nigoh.
Goh boqar erdim zi kitobi Qisas,
Goh ichar erdim zi sharobi g‘usas.
Lek Qisas ichra vale mayli jon,
Qissayi Yusufta edim ul zamon.
Bu baytlardan ma’lum bo‘ladiki, muallif Qur’oni Karimni va Qisas- ni o‘qib, o‘ziga tasalli va taskin izlagan. Uchinchi va to‘rtinchi baytdagi Qisas “Qisasi Rabg‘uziy” yoki boshqa “Qisas ul-anbiyo”larga ishora qi- ladi. Qolaversa, baytdagi “Qissayi Yusuf’ - Rabg‘uziyning shu asari tar- kibidagi “Qissayi Y usuf siddiq alayhissalom” yoki “Qisas ul-anbiyo”lar ekanini anglatadi. Bu ishoralar mazkur doston muallifining “Yusuf va Zulayho” dostonini yozish uchun ko‘p izlanganini, ko‘p manbalami o‘qiganini ko'rsatadi.
Muallif fors tilida nasrda “Qissayi Yusuf” bor ekani va bu asami bajonidil o‘qib chiqqanini, shu bilan birga, turkiy tilda bu mazmundagi doston yozish istagi azaldan borligini bayon etar ekan, bir qancha “sohib nazar” hamfikr do‘stlari turkiy tilda bu mavzudagi dostonni nazmda yo- zishga ilhomlantiradilar.
Qissayi Yusuf” va “Yusuf va Zulayho” dostonlaridagi o‘ziga xosliklar. “Qissayi Y usuf’ va “Y usuf va Zulayho” dostonlaridan ma’lum bo‘ladiki, Musoning “Ibtido” kitobidan boshlab asosiy syujet biridan ikkinchisiga o‘tib kelavergan. Ayni paytda doston ijodkorlari mavzuga ijodiy yondoshib, takrorlanmas lavhalami yaratdilar. Jumladan, Qul Ali­ning “Qissayi Yusuf’ida Zulayho va ayollar o‘tirgan uyga Yusuf kirib kelganda, sabzi to‘g‘rayotgan ayollar Yusufning husnini ko‘rib, unga shunchalik mahliyo bo‘lib qoladilarki, hatto sabzi o‘miga barmoqlarini to‘g‘raganlarini sezmaydilar. Shu syujet Abdurahmon Jomiyning fors ti- lidagi dostonida bor va Ogahiy bu dostonui o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish