O‘zbekcha “Yusuf va Zulayho”da shu lavha yo‘q.
O'zbekcha dostonda akalari Yusufning kiyimini echki qoniga bo‘yab, otalari Yoqubga, ukamizni bo‘ri yedi, deb yolg‘on xabar yet- kazganlarida, bo‘ri tilga kiradi va “Yusufni men yemadim, faqat manovi osiy o‘g‘illaring ushlab, og‘zimga qon surtdilar va menga tuhmat qildi- lar”, deb Yoqubga bor voqeani aytadi. Bo‘ri mana shu o‘lkaga inisini asir qilib olib kelganlarini, inisini qidirib yurganini hikoya qilib beradi.
Kurd shoiri Salim Sulaymonning “Yusuf va Zulayho”dostonida bu lavha bir oz kengroq, ayni paytda ta’sirchan bo‘yoqlarda berilgan: Yoqubga o‘g‘illari shunday deb xabar keltiradilar: “Biz tog‘da sayr qilib yurganimizda, Yusuf bizga quloq solmadi, biz uni nazorat qila olmay qoldik. Oqibatda uni bo‘rilar yeb ketdi”. Yoqub o‘g'i!fariga: “Yolg‘on gapirmanglar, qanday qilib bunaqa hodisa yuz berishi mumkin?! Qani, menga isbotlab, tushuntirib beringlar-chi!” deb o‘g‘illariga faryod qil- ganda, o‘g‘illari xoli joyga borib, qo‘yni bo‘g‘izlaydilar va uning qoni- ga Yusufning ko‘ylagini bo‘yab, otasiga olib keladilar. Yoqub ko‘rsaki, Yusufning ko‘ylaklari qon. Uning ko‘zlari kosasidan chiqquday bo‘lib, dahshatdan qotib qoladi. Uning faryodi butun Kan’on yurtiga eshitiladi. Shundan keyin Yoqub bitta bo'riga: “Nimaga mening Yusufimni tilka- pora qilding?” deb so‘raganda, bo‘ri tilga kirib, Yoqubga aytadi: “Faryod qilaverma! Meni qo‘yib yubor. Men borib hamma bo‘rilami yig‘ib kelaman, Yusufni biz yemaganimizga ular guvoh bo‘iadilar”. Bo‘ri no- layu fig‘on bilan uvillaydi, hamma bo‘rilar yig‘ilishib keladi va Yusufni biz yemadik, deb Yoqubga guvohlik beradilar.
Mana shu lavha Qul Alining dostonida yo‘q.
O‘zbek tilidagi “Yusuf va Zulayho” dostonining badiiyati yuksak, shoir o‘z davrining yetuk ijodkori ekanini ko‘rsatadigan dalillar ko‘p. Har bir obrazga oid ta’rif-tavsiflar kitobxonning diqqatini alohida jalb qiladi. Jumladan, Yoqubning o‘nta o‘g‘li Yusufni Kan’on tashqarisi- ga sayrga olib chiqmoqchi bo'lib Yoqubdan ijozat so‘raydilar. Yoqub Yusufni “dunyoda ko‘rar ko‘zim, u yo‘qolib qolsa, men nima qilaman” deya, ijozat bermaydi. Oxiri, o‘g‘illari otalarini ko‘ndirgach, Yoqub Yu- sufhi o‘g‘illariga topshiradi. O‘g‘illari ham Yusufdan doim ko‘z-quloq bo‘lib, biron xavf-xatarda qoldirmaymiz, degan ma’noda “Yusuf erur borchag‘a ko‘z uzra ko‘z” iborasini ishlatadi.
Dostondagi “dunyoda ko‘rar ko‘zum” iborasi - muallifning qadimgi turkiy tildan an’anaviy ravishda o‘tib kelgan iborani aynan saqlab qol- ganini ko‘rsatadi, Turk xoqoni Bilga xoqon inisi Kul tiginga nisbatan “ko‘rar ko‘zum” iborasini ishlatgan edi. Doston muallifi o‘sha iborani qo'llab, Yusufning Yoqub uchun tengi yo‘q qadrli ekaniga ishora qilgan. “Ko‘z uzra ko‘z” iborasi ham o‘zbek tilidagi “ko‘z-quloq bo‘lib turmoq” ma’nosidagi iboraga o‘xshash, shu iboraning ekvivalenti. Shoir “ko‘z uzra ko‘z” iborasini qo‘llash orqali Yusufning, bir tomondan, tengsiz go‘zal ekanini, ikkinchi tomondan, o‘g‘illar Yoqubga bergan va’dalariga sodiq ekanliklarini ko'rsatmoqchi bo‘lgan.
Shoir bu an’anaviy syujet asosida shunchaki ma’lum voqealami ba- yon qilishdan qochadi. Kitobxon ko‘z o‘ngida manzaralar paydo qilishga usta, go‘yo voqealami o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, voqealaming ishtirokc- hisi bo‘lganday. Akalaming Yusufga nisbatan yovuzliklarini shoir qa- lamga olar ekan, akalaming yovuzligini o‘zlarining tilidan fosh qiladi. Yusufning ilojsiz, nochor ahvolda qolgani haqidagi misralami kitobxon o‘qiganda, beixtiyor o‘zi ham Yusufning ahvoliga tushib qolganday his qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |