O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet191/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Xayr etagina uzun tut qo‘lung,
Mo‘ru malaxdin ayama sarquting.
Jomda sharbat nechakim bo‘lsa kam,
Yerga to‘kar jur’ani sohib karam.
Hotam Toy hikoyati”. “Hotam Toy hikoyati” yuqoridagi hikoyat- ning aksi boMib, saxiylikni ulug‘laydi, inson eng ulug‘ mavjudot ekanini ko‘rsatadi. Hikoyatda aytilishicha, arab mamlakatidan kelayotgan kar- von, yo‘lda oziq-ovqatdan qiynalib qolmaylik, deb o‘ylab, Hotam Toy xonadoniga tushdilar. Karvon orasida bir tentak odam ham bor edi. U: “Ey Hotam, noming karaming tufayli olamga mashhur bo‘ldi, biz ham bugun senga mehmonmiz”, dedi. U gapini tugatmagan ham ediki, kar- vonning semiz tuyalaridan biri xastalanib qoldi. Odamlar haligi tentak- ka, sen mehmonsan, tilingni tiysang, yaxshi bo‘lardi, deb tanbch berdi- lar. Xullas, Hotam tuyani so‘yib, karvonni mehmon qildi. Erta tongda karvon yana yo‘lga otlandi. Shu payt uzoqdan ot choptirib kelayotgan odamlar ko‘rindi, ular bir tuyani ham olib kelayotgan edilar. Bu tuya kechagi tuyaning aynan o‘zi edi. Karvon bu ahvolni ko‘rib, otliqlardan so‘radilar. Otliqlar shunday javob berdilar: “Kechasi Hotam tushimizga kiribdi, ko‘zlari yoshlangan. U bizga aytdiki, bugun mehmonlar kelgan edi, men ulardan bir tuya qarz olib so‘yib, ularni mehmon qildim dedi va tuyaning belgilarini so‘zladi. Hotam bizga, tezroq bo‘linglar, karvon tong otishi bilan ketadi, aynan ularning tuyasiga o‘xshaganini olib kelib, karvonga yetkazinglar, deya bizni shoshirdi. Kechagi so‘yib yegan tuya- sidan ularga og‘irlik kelmasin, menga esa halol bo‘lsin, dedi”.
Hikoyat qisqa bo‘lsa-da, bitta detal - Hotam Toyning saxovatpesha- ligidan bir qirrasini hikoya qilish orqali katta ma’noni chiqargan. Hiko- yatdan keyin keltirgan birinchi ma’vizada insonni dirham emas, saxovat va karam boy qilishi, odamning dushmani - jig‘ildoni ekani, odam- ni tomoq tashvishi xor qilishi, ortiqeha yegan odam qusishi va uning qusig‘idan itlar bahramand bo‘lib, to‘yishi va b.qator axloqiy-ta’limiy masalalarni ilgari suradi. Hikoyatda aytilmagan, ammo inson tabiaiida mavjud ko‘z ochligi bilan Xotamning saxiyligi bir-biriga zid qo'yilgan.
Ikkinchi ma’vizada Xorazmiy fasafiy masalalarni ilgari suradi. Molu davlat yig‘ishga hamma talabgor, ammo boylikni sarf qilish ular uchun nihoyatda oMmdan ham og‘ir; bu dunyoda ko‘p kulib, vaqtini
xush o‘tkazgan odam oxirida yuz ming marta yig‘laydi; aqlning huzurida jaholatga o'rin yo‘q bodganiday, mol-dunyoga ruju’ qo‘ygan inson man- ziii yo‘q yo‘lda yurganga o‘xshaydi, bu bilan esa inson o‘zini o‘zi alda- gan bo‘ladi va h. Shu singari bir-biriga bog‘liq, biri ikkinchisini yetaklab keladigan illatlar Xorazmiyning falsafiy qarashlari shakllanishiga asos bo‘igan. Inson o‘zini nazorat qila olgandagina, yuqoridagiday falsafiy muammolarning sirlarini anglay bilgandagina, o‘zini o‘zi mol-mulkka ruhan tobelikdan ozod qiladi.
Mahmud G‘aznaviy haqida hikoyat” mazmuni va unda ko‘tarilgan masalalar. “Maxzan ul-asror”da Mahmud G‘aznaviy ha­qida ham hikoyat bor. Xorazmiy bu hikoyatda shoh Mahmuddan ko‘ra miskin pir ma’naviy jihatdan ancha boy va yuksak ekanini ko‘rsatgan.
Mahmud G‘aznaviy a’yonlari bilan qish kunida ovga chiqdi. Ular bir xaroba kulba qarshisidan chiqib qoldilar. Mahmud G‘aznaviy xaro- baga kirib, sochlari to‘zib ketgan, nihoyatda badbashara bir pirni ko‘rdi. U Mahmudga e’tibor bermadi, “kel,o‘tir” yoki “ket” deb aytmadi. Pir ibodatini tugatgandan keyin, Mahmuddan: “Oting kim? Nima uchun bu yerga kelding? Bu yerga hech kim kelmas edi”, deb so‘radi. Mahmud o‘zini tanishtirdi. U pirga, bunday sovuq kunda bu yerda yashashingiz umringizga zomin bo‘ladi, sizga shahardan biron go‘sha topib berayin, deb aytdi. Shunda pir:

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish