Bezadim kitobi mavoiz masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘ olsuteb.
Belak ettim ani shohimg'a men-o‘q,
Havodorligfimni tugal bilsu teb.
M azmuni:
Dunyoda nomi qolsin deb, Dod SipohsoJorbek uchun bu kitobni yozdim.
Kitobimni o‘qigan, ko’rgan, eshitgan kishi shohimga duo o‘qib, uni yod qilsin deb (yozdim).
Kelgusi avlodlar orasida uning xotirasi yuksak va mashhur bo‘lsin deb yozdim.
Uning muhabbati bilan ko‘ngillar to‘lib, yodi bilan dunyo to‘lsin deb yozdim.
O‘qimish!i, savodli kishilar manfaat topsin deb, nodir so‘zlar bilan bezadim.
Muhabbatimni tugal bilsin deb, men uni shohimga sovg‘a qilib yu- bordim.
Mazkur bob qofiyalanishiga ko‘ra oddiy g‘azallarga mosdir, ya’ni birinchidan, matla’ misralari o‘zaro qofiyalangan, ikkinchidan, keyingi baytlarning juft misralari matla’ bilan qofiyadosh bo‘lib kelgan. Bu esa uning shaklan g‘azallarga xos bo‘lgan elementlaridan biri hisoblanadi. Demak, g‘azal qofiyalanishiga xos bo'lgan - juft misralaming matla’ bilan qofiyalanib kclish hodisasi turkiy-islomiy adabiyotda Adib Ahmad ijodidan boshlangan.
“Hibat ul-haqoyiq” muqaddimasining so'nggi bobi kompozitsion jihatdan tekshirilganda, unda yakpora g‘azallarga xos bclgilarning mav- judligi ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, matlada Dod Sipohsolorbek uchun bu kitobning yozilganligi haqida fikr bildirilsa, keyingi baytlarda bu mavzu izchil rivojlantiriladi, ya'ni kitobni o‘qigan, ko’rgan har bir kishi shohni duo bilan yod qilsin deb yozilganligi, kelajak avlodlar orasida uning norni mashhur bo‘lsin deb ijod qilinganligi, savodli kishilar manfaat topsin deb, nodir so'zlar bilan bezalganligi hamda uni hukmdorga sovg‘a qilinganligi qayd etiladi.
Bu qismni yakpora g‘azalning dastlabki namunasi degan fikrdan yi- roqmiz, albatta. Ammo baytlaming yaxlit bir mavzuni yoritishga xizmat qilishi, o‘zaro bir-biriga mantiqan bog‘lanib, mazmunni davom ettirishi kabi xususiyatlar g‘azallaming yakpora turiga xos bo'lgan ilk elementlar ekanligiga to‘la ishonch hosil qilish mumkin.
Dostonning hamd, Muhammad alayhissalom va to‘rt xalifa madhi hamda Dod Sipohsolorbek maqtoviga bag‘ishlangan boblari ham qofi- ya shakli, kompozitsion xususiyatlari jihatidan o‘rganilsa, ularda ham g‘azal janrining dastlabki unsurlari mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi.
“Hibat ul-haqoyiq”ning dastlabki boblarida g‘azal janri unsurla- rining mavjudligini hisobga olib, turkiy adabiyotda mazkur janrning shakllanish ildizlari Adib Ahmad yashagan davrga borib taqaladi, deyish mumkin. Albatta, ushbu boblami tom ma’nodagi g‘azallar sifatida qabul qilish qiyin, lekin ulaming tuzilishidagi g‘azallarga xos bo‘lgan ba’/i belgilar g‘azal janri turkiy adabiyotda XII asrlarda vujudga kela boshla- ganligidan dalolat beradi. Adib Ahmaddan so‘ng o‘tgan avlodlarda esa bu unsurlar mukammallashib, alohida janr sifatida shakllana boshladi.
0‘zining janr talablariga javob bera oladigan mukammal shakliga ega bo’lgan g‘aza! turkiy adabiyotda X1Y asrdan boshlab, gurkirab ri- vojlanish bosqichiga kirdi. Uning taraqqiyotida shu asrda yashagan bir qancha shoirlaming munosib hissasi bor. Xususan, Rabg‘uziy, Xoraz- miy, Sayyid Ahmad va Yusuf Amiriylar ijodida g‘azal katta asarlar tar- kibida uchrasa, Sayfi Saroyi lirikasida u alohida bir taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. G‘azalning yetakchi mavqega ega bo‘lib ommalashishida Mavlono Qozi Muhsin, Ahmadxoja as-Saroyi, Mavlono Is'hoq, Mavlo- no Imod Mavlaviy, Tug‘lixoja kabi shoirlaming ham xizmatlari beqiyos. Bizgacha yetib kelgan Sayfi Saroyi va ular o‘rtasidagi mushoira namuna- lari shu davr adabiyotida g‘azalning alohida bir o‘ziga xos mavqeini bel- gilaydi. Mushoirada aytilgan g‘azallar janr talablariga to‘liq javob bera olishi bilan xarakterlanadi. G‘azal Hofiz Xorazmiy ijodida to‘la to‘kis shakllanib bo‘lganligi kuzatiladi. Balki shuning uchun ham u men turkiy she’riyat payg'ambariman deb da’vo qilgandir:
Turk jinsinda payambar bo‘lmoqi bo‘lsa ravo,
Bo‘lg‘ay erdim man payambar, she’rlaritn - mo‘jizot181. Yoki:
Hofizni ko‘ring ushbu zamon turk tilinda,
Gar kcchdi esa forsda ul Hofizi Sheroz182.
G‘azalda asosan oshiqning ichki kechinmalari tasviri yetakchi o‘rin tutadi. Uning qahramoni oshiq va ma’shuqa hisoblanadi. Ayrim g‘azallarda raqib obrazi ham uchrab turadi. G‘azallarda ma’shuqa ob- raziga asosiy e’tibor qaratilib, unga xos bo‘lgan xususiyatlar bayoni oshiqning o‘y-fikrlari, mushohadalari va dil izhorlari tarzida aks ettirila- di. Oshiq uchun ma’shuqa visoliga yetish - oson ish emas. Bu yo‘lda u qanchadan qancha. sinov jarayonidan o‘tishi kerak. Sinov davrida haqi- qiy oshiq ruhan toblanib, ma’nan yetuklasha boradi. Oshiqlik lirik qah- ramonni o‘ziga xos ruhiy iztiroblar girdobiga tashlaydi va bu holat nati- jasida paydo bo‘lgan qiyinchiliklar azobida ma’shuqa unga faqat salbiy jihatiar bilangina namoyon bo‘ladi. Go‘yoki, oshiqning tasawuiricha, ma’shuqaning ishi faqat jabr ko‘rsatish vajafo qilishdan iborat:
Gar bo’lsa sanga javru jafo xo‘ vazifae,
Bo‘idi manga ham mehru vafo peshau odat183.
Haqiqiy oshiq - mehru vafo timsoli. U ma’shuqa dardida ko‘p mas- haqqat chekishiga qaramasdan uning visoliga tashna, o‘z ishqiga sodiq, sabru toqat - uning asosiy shiori, vazifasi esa o‘z maqsadidan aslo che- kinmaslik:
Manga vasling qachon yetsun, bilurmen,
Vale oshiq ishi sa’yu ta.labdur2,l5
Oshiq qayg‘u alamlarining ortishida raqibning ham o‘ziga xos “hissa”si bor, albatta. Ilk o‘zbek g‘azaliyotida bu obrazning it yoki ti- kanga qiyoslanishi bejiz emas. Chunki raqib oshiq va ma’shuqa orasida- gi uchinchi bir kishi, ya’ni to‘g‘anoq sifatida vazifa ham bajaradiki, bu esa uning iztirobga soluvchi, jabr-sitam ko‘rsatuvchi sifatida namoyon bo‘lishidan dalolat beradi. Haqiqiy oshiqlik esa har qanday raqibni ham yig‘latishi mumkinligi manbalarda uchraydi:
Yig‘ladi hatto raqibning rahmi kelgandin manga, Bori ul qattiq ko‘ngulluk chinmu yolg‘on yig‘ladi184.
Oshiqning Farhod, Majnun, Vomiq kabilarga o‘xshatilishi, ma’shuqaning esa Shirin, I.ayli, Uzro, go‘zallikda Yusuf payg‘ambarga qiyoslanishi ham shu davr g‘azaliyotining taraqqiyoti bilan bog‘liq ra- vishda shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu esa keyingi davrlarda o‘ziga xos bir an’ana sifatida davom ettirildi.
Ilko‘zbekg‘azaliyotinamunalarinio‘rganish, oshiqonag'azallaming yetakchiligini inkor etmagan holda, ular bilan bir qatorda boshqa mavzu- larda ham g‘azallar shakllana boshlaganligidan dalolat beradi. Xususan, peyzaj g‘azallaming dastlabki avlodi ham XIY asr adabiyoti namunala- rida uchrashi fikrimizni tasdiqlaydi. Rabg'uziyning mashhur
Kun hamalga kirdi crsa, keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori buziM7
matla’li g‘azalida bahor fasli, uning go‘zallik olami va tarova- ti ifodalangan bodib, u tabiat mavzusida yaratilgan. Shuningdek, bu davr adabiyotida ijtimoiy yo‘nalishdagi maxsus g‘azallar yaratilmagan bo‘lsa-da, biroq ijtimoiy mazmundagi misra yoki baytlarning an’anaviy g‘azallar tarkibiga singdirib yuborilganligi kuzatiladi. Axloqiy-ta’limiy yo‘na!ishdagi misra va baytlar haqida ham shunday fikrga kelish mum- kin.
G‘azaliyotda dunyoviy yo‘na!ishning yetakchiligi ko‘rinib tursa- da, ayrim g‘azallarda tasavvuf ta’limotining ham kuchli ta’siri scziladi. Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlar ijodida majoziy va haqiqiy ishqning uyg‘unlashgan ko‘rinishdagi tasviri tasawufning bu davr ada- biyotidagi o‘ziga xos mavqei va taraqqiyotini belgilaydi.
Ilk o‘zbek g‘azaliyotining rivojida xalq og‘zaki ijodi ham muhim manba sifatida xizmat qildi. Shoirlar og‘zaki adabiyotning ilg‘or va boy tajribasidan unumli foydalandilar. Ayniqsa, til, sodda va ravon ushib, maqol va hikmatli so‘zlar, og‘zaki ijodga xos syujet va obrazlarga muro- jaat qilishda bu xususiyat yaqqol namoyon bo'ladi.
Bu davrda yaratilgan g‘azallar yuksak badiiyatga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. Badiiy tasvir vositalarining o‘z o‘mida qo'llanilishi shoirlaming ulaming imkoniyatidan unumli loydalanganligidan dalolat beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |