Oʻt oʻchirish
texnikasi
Oʻt oʻchirish texnikasi
— odamlar, binolar va tabiat boyliklarini yoneindai saqlash uchun
ishlatiladigan maxsus texnika uskunalari: oʻt oʻchirish mashinalari, poyezdlar, kemalar,
samolyotlar va vertolyotlar, oʻt oʻchirish vositalaridan iborat. Yongʻin signalizatsiyasi vositalari,
oʻt oʻchirgichlar, oʻt oʻchirish gidrantlari va boshqalar oʻt oʻchirish jihozlari ham Oʻt oʻchirish
texnikasit.ga kiradi.
Oʻt oʻchirish texnikasit. yaratishga urinish tarixi juda qadimgi davrga borib taqaladi. Miloddan
avvalgi yunon mexanik-ixtirochisi Ktesibiy "suvni yuqoriga irgʻita oladigan" mashinani loyihalagan,
lekin amalda uncha qoʻllanilmagan. 16-asrga kelib nemis ixtirochisi Anton Platner suv oqimini 6–
8 m gacha yetkaza oladigan dastaki oʻt oʻchirish nasosini yaratdi. Bugʻ mashinasi ixtiro
qilinganidan soʻng (1829) nasosni bugʻ harakatga keltiradigan oʻt oʻchirish qurilmasi yaratildi. Uni
yongʻin chiqqan joyga ot sudrab borgan. Keyinchalik (19-asr oxirida) ichki yonuv dvigatelpi oʻt
oʻchirish mashinasi paydo boʻldi. Oʻt oʻchirish nasosi, narvoni va suv sisternasini ham oʻz ichiga
olgan oʻt oʻchirish mashinasi 20-asr boshida Germaniyada, keyinroq Rossiyada ishlab chiqarila
boshladi. Bunday oʻt oʻchirish mashinalari takomillashtira borildi. Oʻt oʻchirish avtotsisternalari,
avtonasoslar, nasos st-yalari, maxsus xizmat avtomobillari, suvkoʻpik sepish apparatlari va
boshqalar oʻt oʻchirish vositalari yaratilib, sanoat miqyosida koʻplab ishlab chiqarila boshladi.
Portlar, neft idishlari saqlanaditan omborlar, temir yoʻl uzellari, dengiz neft konlari, oʻrmonlar va
torf qazish korxonalarida oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan texnika yaratildi.
Oʻt oʻchirish mashinalari, asosiy, maxsus va yordamchi turlarga boʻlinadi. Asosiylariga
avtotsisternalar, nasosshlangli va avtonasoslar, nasos styalari, gazsuvli, havokoʻpikli va kukunli,
aerodromda ishlatiladigan oʻt oʻchirish mashinalari kiradi. Ularning asosiy vazifasi oʻt oʻchirish
vositalarini yongʻin chiqqan joyga yetkazishdir. Maxsuslarga texnik xizmat koʻrsatish, aloqa
oʻrnatish, taxlama avtonarvon va boshqalar mashinalar kiradi. Texnik xizmat koʻrsatuvchi
mashina oʻt tushgan joyga muhim uskunalarni olib borish; binoni buzish va qulagan qismlarini
ajratish, devor va ora yopmalarni teshish ishlarini bajaradi; shikastlangan kishilarni tashish uchun
xizmat qiladi. Yo r d a m ch i mashinalar kuchli yongʻin boʻlganda oʻt oʻchirish texnikasining
uzluksiz ishlashini taʼminlaydi. Ulardan yongʻinga qarshi tashviqot ishlari olib borishda ham
foydalaniladi. Barcha oʻt oʻchirish mashinalari qizil rangga boʻyaladi va "sirena" tovush signali
bilan jihozlanadi.
Oʻt oʻchirish texnikasit.ning eng keng tarqalgani dastaki oʻt oʻchirgichdir. U toʻxtatishchiqarish
qurilmasi va oʻt oʻchirish moddasining oqimini hosil qiluvchi uchligi boʻlgan 1 — 100 dm’ sigʻimli
silindrik idishdan iborat. Bular ishxonalar, mashinalar va hatto xonadonlarda doimiy saqlanishi
kerak.
Keng koʻlamdagi yongʻinni (mas, oʻrmonlar, torfzorlardagi yongʻinni) oʻchirish uchun samolyot va
vertolyotlardan, dengizga toʻkilgan neft bilan bogʻliq yongʻinni oʻchirish uchun kemalardan
foydalaniladi. Oʻt oʻchirish moddalari sifatida uglerod (1U)oksid, kimyoviy va havo mexanik
koʻpiklar, galloidlashgan uglevodorodlar (etil bromid, freon), kukun, suv ishlatiladi. Uglerod
(1U)oksid oʻt oʻchirgich ichida suyuq holatda boʻlib, u diffuzor shaklidagi uchlikdan otilib
chiqayotganda gaz va qattiq (qor shaklida) holatda aylanadi. Kimyoviy koʻpik oʻt oʻchirgich
ichida uchlikka kirish oldidan ishqoriy (№NS03asosida) va kislotali (N2804 asosida)
eritmalarning oʻzaro reaksiyaga kirishishi natijasida hosil boʻladi. Koʻpik hajmining eritma hajmiga
nisbati 4—6 boʻladi. Gazneft fontanlardagi yongʻinni oʻchirishda turboreaktiv dvigatelidan
ishlaydigan (gaz va suv bugʻi aralashmasi bilan oʻchiradigan) qurilmalar qoʻllaniladi. Aerodrom,
neftni qayta ishlash korxonalari, kimyo sanoatida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida
galloidlashgan uglevodorodlar, inert gazlar, kukunlar, koʻpik tarkibli oʻt oʻchirgichlar asosida
ishlatiladigan oʻt oʻchirish qurilmalari ishlatiladi.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 7 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%
BBt_o%CA%BBchirish_texnikasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=O t_o chirish_texnikasi&old
id=2387323
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |