O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet229/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Qasidalaiming asosiy qismi mohiyatida mashhur kishilami madh etish yotadi. Madh qadimgi turkiy adabiyotda ham mavjud bo‘lib, uni Urxun yodgorliklari matnida kuzatish mumkin. “Qadimgi turkiy yod- nomalardagi madh shaxslaming axloqiy sifatlarini, xizmatlarini madh qilishdan va ideallashtirishdan iborat”172 bo‘igan vazifani bajaradi. Ma- salan, Kul tigin bitigida madh quyidagi ko‘rinishda uchraydi: Tangri
yarlbiqazu, qutbim bar uchun ulugim bar uchun oltachi bodunbig4 tirguru igittim, yalang bodunbig‘ tonlbig‘, chbig‘any bodunbigt bay quiltim, az bodunbig‘ okush qiltbim, big‘ar aliigda (big‘ar qag‘anlig‘da yag qi.illi.im, tort bulungdaqi) bodunwg* qop baz qbiltbim, yag‘bisbiz qbiltbim, qop manga korti. Mazmuni: ... Tangri yorlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun odayotgan xalqni tiril- tirib tarbiyat qildim, yalang‘och xalqni kiyimlik qildim, kambag‘al xalq­ni boy qildim, oz xalqni ko‘p qildim. Panohtalab davlatlida, xoqonlikda yaxshilik qildim. To‘rt jihatdagi xalqni butunlay el qildim, bir-biriga do‘st qildim, (hammasi) butunlay menga qaradi”173.
Ko‘rinib turibdiki, mazkur parchada xoqonning ideal tavsifi berii- gan bo‘Iib, tasvir usuliga ko‘ra islom muhitidagi madhning tasviriga ha­mohangdir. Ammo qadimgi turkiy yodgorliklarda madhning ifodalanishi turkiy-islomiy adabiyot namunalaridan tuzilishi jihatdan farq qiladi. Bi- roq shaxslar tasviridagi o‘xshashlik har ikkala muhitdagi yodgorliklami bir-biriga bog‘lab turadi. Madh Urxun yodnomalaridan asta-sekin islo- miy adabiyotga o‘tib, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ldi va taraqqiy eta borib, qasida, g‘azal kabi janrlaming shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Madhning keyingi davrdagi taraqqiyot bosqichida tashqi - boshqa xalq- lar adabiyoti ta’siri mavjudligini ham e’tibordan soqit qilmaslik lozim. Bu xususiyat, ayniqsa, “Qutadg‘u bilig” dostonida yaqqol namoyon bo‘lgan. Ma’lumki, Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarini yozib tu- gatgandan so‘ng uni o‘z davri hukmdori Tabg‘och Bug‘raxonga sovg‘a qiladi va dostonning kirish qismidagi boblardan birini Bug‘raxon maqto- viga bag‘ishlaydi. Dostonning mazkur Bug‘raxon madhiga doir qismini qasida deb atash mumkin, chunki unda mazkur janr qoidalariga to‘liq rioya etiladi, hatto bobda qasidaning barcha kompozitsion qismlari mav- jud'93. U faqat masnaviyda qofiyalanganligi bilangina an’anaviy qasida- lardan farqlanadi, xolos.
“Qutadg'u bilig”da, shuningdek, yana ikkita qasida bor. Ular qasidai mujarrad namunalari hisoblanadi. Ikkala qasida ham bu janrning turkiy adabiyotda o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga kirib, mavzu jihatdan kengaya borganligiga dalil bo‘la oladi. Ulardan biri “Yigitlikka achinib, qarilik haqida aytadi” qasidasidir. U tarjimai hollik xususiyatiga ega bo‘lib, fal- safiy yo‘nalishda yaratilganligi bilan ajralib turadi. Qasidada yigitlikning o‘tib ketganligiga achinish, qarilikdan shikoyat yetakchilik qilsa-da, unga ijtimoiy mazmundagi fikrlar ham singdirib yuborilganligi kuzati- ladi. Bu xususiyat, ayniqsa, shoiming navbatdagi “Zamona buzuqligi- ni, do'stlar jafosini aytadi” nomli qasidasida yanada yaqqolroq yuzaga chiqqan. Unda hayotning bevafoligi, haqiqiy insonlarni topish naqadar qiyinligi haqidagi qarashlar ifodalangan bo‘lib, qasida ham mazmunan, ham badiiy jihatdan muallifning bu janmi yaratishdagi o‘ziga xos maho- ratidan dalolat beradi. Yusuf Xos Hojib “... arab-fors adabiyotida qonun- lashgan qasida janrinmg turkiy modelini yaratdi”174. Bu esa qasidaning keyingi davrlardagi taraqqiyotida muhim omil sifatida xizmat qilganligi shubhasiz.
Qasidachilikning rivojida Sayfi Saroyi, Gadoiy kabilaming o‘z o‘rni bor, albatta. Sayfi Saroyining 24 baytli qasidasi Iskandariya podshosiga bag‘ishlangan. Qasida tabiat tasviri haqidagi go‘zal obrazli ifodalar bilan boshlanadiki, bu uning nasibga ham ega ekanligini bildiradi. Hukmdor- ning ideallashtirilishi esa madhning janr talablari asosida yozilganligi- dan dalolat beradi. Bizgacha, Gadoiyning bitta to‘liq bo‘lmagan qasidasi yetib kelgan bo‘lib, unda yosh shahzoda Xalil Sulton madh etiladi. Shoir shahzodani kelajak hukmdori sifatida davlatni boshqarishini istaydi va xalqning orzulari uning rahbarligida amalga oshishiga umid qiladi.
Qasidaning an’anaviy janr talablariga javob bcra oladigan namuna- lari Hofiz Xorazmiy va Sakkokiylar ijodida uchraydi. Hofiz Xorazmiy devonidan 9 ta qasida o‘rin olganligi, shoiming mazkur janrda barakali ijod qilganligini bildiradi. Shubhasiz, o‘zbek adabiyotining Navoiygac- ha bo‘lgan davrida qasida janrining mohir ustasi sifatida Sakkokiy tilga olinadi. Bu bejiz emas. Chunki shoirning bizgacha 10 ta qasidasi yetib kelgan bo‘lib, ular bu janrning adabiyotimiz tarixidagi eng go‘zal va mu- kammal namunalaridan hisoblanadi. Sakkokiy qasidalari orasida Mirzo Ulug‘bekka bag'ishlanganlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu qasidalarning madh qismi tasviri Ulug'bek obrazini adabiy qahramon darajasigacha olib chiqadi. Chuqur mazmun, yuksak badiiyat ulami janr talablarining yetuk namunalariga aylantiradi. Qasidalardan birida ulug‘ hukmdorga nisbatan qo‘llangan “Sulaymoni zamon”, “No‘shiravon”, “Musotek shubon” tarzidagi talmehga qorishgan o‘xshatishlar, “xurshidi zamon”, “Ulus haqqida ming turli atodin mehribon” kabi ifodalar obraz- ning ideal tasvirini yaratishga xizmat qiladi:
Bu kundin so‘ngra ko‘p ting‘oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turli atodin mehribon keldi.
Ko‘ngullar bo‘ldi xush ravshan ko‘rub qolmadi bir zarra, Qorong‘ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi1^
Mirzo Ulug‘bekdek ma’rifatparvar va xalqparvar podsho siymo- si, bu go‘zal siymoni ifodalovchi ibratli fazilatlar maqtovi tasviri qasi­da markazida turadi. Bunday xususiyat shoirning Xalil Sulton, Arslon Xo‘ja Tarxon, Xoja Muhammad Porsolarga bag'ishlangan qasidalarida ham ko‘zga tashlanadi. Sakkokiy qasidalarining hamma«ida ham nasib
1,5 Саккокий. Ғазаллар // Ҳаст васфи. Тошкспт, Адабист васанъат, 1988. Б. 283. qismining uchramasligi, ulaming ayrimlari qasidai mujarrad namunalari ekanligini ko‘rsatadi.
Lutfiy o‘zbek qasidachiligi taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shgan shoirlardan biri hisoblanadi. Uning qasidalaridan biri sohib- qiron Amir Temuming nabirasi, Shohruh mirzoning o‘g‘li Boysung‘ur mirzoga bag‘ishlangan. Qasida nasihat tarzida yozilganligi bilan ajralib turadi:
Nasihat aslini Lutfiy sanga etti vale,
Ani qabul qilurg‘a ko‘ngul kerak qobil.
Masai tururkim ayitti burung‘i bilgular,
Mahalli qobilu onki nasihati qoyil...
Shoirning keyingi qasidasi hajman birinchisiga qaraganda anchagi- na katta bo‘lib, unda Boysung‘ur mirzo va uning o‘gii sulton Aloud- davla ulug'lanadi. Qasidaning dastlabki qismida “homiyi islomu din”, “mulku millat ravnaqi”, “shahzodalarning sarvari” kabi faziiatlar egasi sifatida maqtalgan Boysung‘ur mirzo yana, shuningdek, tasvir davomida Hotam, No‘shiravon, Faridun, Afrosiyob kabilar darajasiga ko‘tariladi. Qasidaning 28-baytidan to so‘ngigacha “yetti kishvar podshohining se- var farzandi” bo‘lgan sulton Alouddavla madh etiladi.
Qasida islomdan oldingi adabiyotda madh ko‘rinishida boshqa janr- lar tarkibida yashadi. Janrning Urxun yodgorliklari matnlaridagi sodda, turkiy adabiyotning o‘zigagina xos bo‘Igan namunalari shu davr adabi- yotining ichki qonuniyatlari asosida shakllana boshlaganligidan darak beradi. Uning “Qutadg‘u bilig” dostonida mustaqil janr sifatida ajralib chiqishida turkiy adabiyotdagi mavjud an’analar bilan bir qatorda tashqi ta’sirlaming ham roli katta bo‘ldi. Islom davri qasidalarida arab, ayniq- sa, fors qasidachiligi bilan o‘xshash bo‘lgan xususiyatlaming mavjudligi adabiyotlar o'rtasidagi o‘zaro aloqalaming rivojini belgilaydi. Keyingi davrlardagi taraqqiyot davomida qasidalaming mavzu jihatdan kengaya borganligi, yuksak badiiyatning janr mezonlaridan biriga aylanganligi ulaming yozma adabiyotda o‘ziga xos muqim o‘ringa ega bo‘la borgan- ligini ko‘rsatadi. Hatto Husayn Boyqaro zamonasida ham qasida eng yetakchi shohona janr ekanligi Alisher Navoiyning “Muhokamat ul- lug‘atayn” asarida aniq bilinib turadi.
G‘AZAL
O‘zbek mumtoz adabiyotini boshqa Sharq xalqlari adabiyoti kabi g‘azal janri siz tasawur qilish qiyin. Chunki bu janr XX asrgacha bo‘lgan adabiyotimizda yetakchi mavqelardan birini egallab keldi. Qaysi bir davr yoki zamonda yashaganligidan qat’iy nazar, o‘tmish shoirlarining ijod namunalari, devonlari ko‘zdan kechirilsa, albatta, ulaming asosini g‘azallar tashkil ctishi tabiiy bir hoi. “G‘azal yozishdan maqsad, - deb yozadi Shamsiddin Muhammad Qays ar-Roziy, - jonga rohat va dilga halovat keltirishdir”. Darhaqiqat, g'azal ijtimoiy-siyosiy hayotga doir teran fikrlarni, go'zal, jozibali insoniy tuyg‘u va kcchinmalami, inson qalbining barcha murakkabliklarini ifodalay olishi, shuningdek, tur- Ii mavzularda falsafiy mulohazalar yurita olish imkoniyatlariga egaligi kabi xususiyatlari bilan qanchadan-qancha insonlarning ko‘nglini zabt eta oldi. Xalq hayotiga shu qadar singib ketdiki, musiqaga solinib kuyla- na boshladi. Qachon yaratilganidan qat’iy nazar, qo‘shiq qilib aytiluvchi g‘azallar hamon kishilarni o‘ziga maftun etib, ularga estetik zavq, qu- vonch baxsh etib kelishda davom etmoqda.
G‘azal janri dastlab arab she’riyatida paydo bo‘lgan va keyincha- lik boshqa ajam xalqlari adabiyotida ham keng tarqalgan. Manbalarda g‘azalning lug‘aviy ma’nosi haqida fikr yuritilganda, eng avvalo. uning ayollarga oshiqona munosabatda bo‘lmoq, ularga do‘st tutinmoq kabi ma’nolarni ifodalishi, adabiy istiloh sifatida esa ishq-muhabbat mavzusi- dagi she’rlar tushunilishi bayon etiladi. Demak, dastlabki paytlarda faqat muhabbat mavzusidagi yaratilgan she’rlargina g‘azal deb atalgan. Ke- yinchalik yillar o'tishi mobaynida g‘azal janri sayqallanib, takomillasha borib, g‘oyaviy yo‘nalishi, mavzu va mazmun doiralari kengayib, Sharq lirikasining eng sevimli she’riy janrlaridan biriga aylangan.
Bu janmi o‘rganish, uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritish, o‘tmish adabiyotshunoslari va shoirlarining ham e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Jumladan, Rashididdin Vatvotning (XII asr) “Ha- doyiq us-sehr f daqoyiq ush-she’r” (“Sehr bog‘lari va she’r noziklikla- ri haqida”), Shamsiddin Muhammad Qays ar-Roziyning “A1 mo‘jam fi ma’oyiri ash’or ul-Ajam” (“Ajam she’rlari o‘lchovida harakat belgila- ri”), Qabui Muhammadning “Haft qulzum” (“yetti dengiz”) kabi asar- larida g‘azal va uning xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Sharqda adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidchilik haqidagi fikrlar ba- diiy matn “bag‘rida” yashab kelganidek, o‘zbek adabiyotida ham g‘azal janri borasidagi nazariy-ilmiy qarashlar badiiy asarlar matni sirasida aytib keiingan. Hazrat Navoiy va Mirzo Boburlar g‘azal janrining hali ochilmagan qirralari, ya’ni tarhi (kompozitsiyasi) haqida eng mukammal fikrlami bayon qilganlar.
0‘zbek adabiyotshunosligida nasr va nazmning o‘ziga xos xususi- yatlarini (bundan g‘azal janri mustasno emas - M.M.) Shayx Ahmad Ta- roziy “Funun ul-balog‘a” ilmiy asarida asoslab berdi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida ham bu janrga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy tad- qiqotlar yaratildi175 176 177 178.
G‘azal janrining har bir xalq adabiyotida o'ziga xos shakllanish yo‘li va taraqqiyot tarixi mavjud. Mutaxassislaming fikricha, fors-tojik ada­biyotida g‘azal janrining dastlabki namunalari Rudakiy ijodida ko'rina boshlagan. Ammo ularni g‘azal deb atash qiyin, chunki ular mazkur janr talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Rudakiyning bunday she’rlari ko‘proq qasidaning nasib (muqaddima) qismidan olingan she’rlarga o‘xshaydilar”’9’. Shu sababli ularni shakllanish bosqichidagi g'azallar deb atash mumkin. Demak, X asrda o‘zining ilk unsurlariga ega bo‘lgan “g‘azal Rudakiy va uning payravlari vujudga keltirgan zamin asosida fors-tojik adabiyotida XII asrda shakliandi va takomillashdi”1^.
Ma’lumki, o‘zbek g‘azaliyotining ilk namunalari Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” va Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlari tarki- bida uchraydi. Bu asarlar orqali yetib kelgan g‘aza11ar g‘azal janri ta­lablariga to‘la javob bera oladi. G‘azalshunos olimlaming fikricha, “Qisasi Rabg‘uziy” va “Muhabbatnoma” asarlari orqali yetib kelgan g‘azallarning badiiy saviyasi Rabg‘uziy va Xorazmiylargacha bo‘lgan davrlarda o‘zbek g‘azalnavisligida katta tajriba to‘planganligidan gu- vohlik beradi'96. Tadqiqotchilar tomonidan ilmiy manbalarda bu davr- gacha, ya’ni Rabg‘uziy va Xorazmiylargacha yaratilgan g‘azallaming bir qismi hali topilgan emas, bir qismi mo‘g‘ullar istilosi davrida vo'q bo‘lib ketgan degan fikr va taxminiar bildiriladi.
Xo‘sh, g‘azal janri turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, o‘zbek adabi- yotiga qaysi davrda kirib keldi, qaysi davr ijodkorlarida uning ilk kurtak- lari ko‘rina boshladi? Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Hibat ul-haqoyiq” asariga murojaat qilamiz.
“Hibat ul-haqoyiq” Sharq xalqlari adabiyotiga xos an’analar Alloh- ga hamd, payg‘ambar va chahoryorlarga na’t bilan boshlanadi. So‘ngra doston bag'ishlangan shaxs - Dod Sipohsolorbck madhi va kitobrnng yozilish sababi haqidagi boblar beriladi. Professorlar N.Mallayev va Q.Mahmudovlaming e’tirof etishlaricha, dostonning muqaddima qismi, ya’ni hamd, na’t, Dod Sipohsolorbck maqtovi hamda asaming yozilish sababi xususidagi boblari g‘azal shaktida yozilgan179 180. Fitrat esa muqad- dimaning so‘nggi bobini g‘azal deb ataydi21)i. Darhaqiqat, dostonning muqaddima boblari shakliy-poetik xususiyatlariga ko‘ra, g‘azal janriga yaqin ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu boblami tom ma’nodagi g‘azal deb atash qiyin, chunki ular g‘azal janri talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ularda g‘azal janriga xos boigan ba’zi unsurlar mavjud. Fikrimizni dalillash maqsa­dida doston muqaddimasining so‘nggi “Bu kitobning yozilishi sababi va zarurati haqida” bobini ko‘zdan kechiraylik:
Dod Sipohsolorbek uchun bu kitob,
Chiqartim ochunda oti qolsu tcb.
Kitobimni ko‘rgan, eshitgan kishi, Shohimg‘a duo birla yod qilsu teb.
Kedingi keligli kishilar aro,
Aning zikri tongsuq ediz qolsu teb.
Aning vuddi birla kolngullar to‘lub,
Aning yodi birla ochun to‘lsu teb.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish