O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Shu voqeadan keyin No‘shiravon tavba qilib, adolat yo‘lini mahkam tutibdi, u adolatli shoh degan nomga munosib bo‘libdi, uning ezgu nomi butun dunyo bo‘ylab yoyilibdi'



Download 2,17 Mb.
bet188/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Shu voqeadan keyin No‘shiravon tavba qilib, adolat yo‘lini mahkam tutibdi, u adolatli shoh degan nomga munosib bo‘libdi, uning ezgu nomi butun dunyo bo‘ylab yoyilibdi'45
Shu hikoyatdan keyin Nizomiy yana adolatli bo'lish, Haq so‘ziga amal qilish to‘g‘risida o‘git beradi va ikkinchi maqolot nihoyasiga ye- tadi.
Nizomiy o‘z davrining buyuk mutafakkiri ekani keyingi hikoyatlar- da yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shoir adolat, zolim podshohlardan shikoyat, mehnatning foydasi, odamlarga yaxshilik qilish, qiyinchilik- lardan qo‘rqmaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi va baxillikning oqibati kabi hayotiy masalalarga alohida urg‘u qaratadi, hi- koyatlarida davrning muhim ijtimoiy masalalarini ko‘taradi.
Nizomiyning mazkur dostoni Navoiyning “Hayrat ul-abror” dosto- niga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Nizomiyning dostoniga esa XI asming oxiri — X11 asming boshlarida yashab ijod etgan fors shoiri Abdulmajid Majdud ibn Odam Sanoyining “Hadiqat ul-haqoyiq” dostoni ta’siri bor (O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik.1977, 115-b.).
Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” dostoni tuzilishi. Haydar Xo- razmiyning “Maxzan ul-asror” dostoni o‘zbek tilidagi axloqiy-falsafiy
145 Shavx Nizomiy Ganjaniy. Maxzan ul-asror (S irlar xazinasi). Forsiydan in ‘zbekiskon o^alc] shoiri Jamol Kamol toyiimosi. 2Z16, 11Z-b.
dostonchilikning yirik namunasidir. Asar taxminan 1409-1414-yillar oralig'ida yozilgan.
Haydar Xorazmiy bu dostoni bilan o‘zbek adabiyotida hikoyat jan- ri taraqqiyotiga katta ulush qo‘shdi. Jumladan, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy”, Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asarlaridagi she’riy va nasriy hikoyat janrini Xorazmiyning hikoyatlari mavzu va g‘oya jiha- tidan boyitdi. Zotan, Xorazmiy hikoyatlarining hammasi, xuddi Nizomiy hikoyatlari kabi, didaktik mazmundadir. U hikoyatlardagi didaktik maz- munni yanada takomillashtirdi. Didaktik janrni o‘z davrining ijtimoiy hayoti bilan bog‘ladi.
Nizomiyning “Maxzun ul-asror” dostonida ko‘tarilgan masalalar mazmunan Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” asarida davom etadi. Shunisi diqqatga sazovorki, Xorazmiy har bir hikoyatga mustaqil, takrorlanmas asar sifatida g‘oya yuklaydi. Xorazmiy o‘z asarida Nizo­miy Ganjaviyni hurmat bilan tilga oladi, unga so‘z ganjining podshohi sifatida yuksak ta’rif beradi. Haydar Horazmiyning “Maxzun ul-asror”i Nizomiyning asaridan hajman ancha kichik bo‘lib, 639 baytdan iborat masnaviydir.
Dostonda so‘z va unga yuklangan vazifalar. “So‘z ta’rifining bayoni” bobida muallif inson tili so‘zni yozishga asos bo‘lgani, ya’ni so'znitig insoniyat singari qadimiy ekaniga, so‘z gavharini bilguvchi zot hammadan ustun ekanini madh qilib, muharraf san 'atini qo‘llaydi:

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish