Ulfat ila begi ulandi alif,
Vuqusidin qofiya topti radif.
«Mahzani asror» - bu ramz erdi, bil,
Notiqa bu ko‘zgudin o‘grandi til.
Haydar Xorazmiy Amir Tcmurning nabirasi Iskandar Mirzo (Umarshayxning o‘g‘li) hukmronligi davrida (XIV asrning boshlari) yashab ijod etdi. Navoiy “Majolis un-nafois” asarining VI1 majlisida Amir Temuming she’riyatga aloqador avlodlari haqida ma’lumot berib o‘tar ekan, Sulton Iskandar Sheroziy Amir Temurga nabira ekanini, yetti yo sakkiz yil hukronlik qilganini bayon qilib, Haydar Xorazmiyni ham tilga olib o‘tadi: “Mavlon Haydar turkigo‘y aning (Iskandar Mirzoning - N.R.) modihi ekandur. Bu aning masnaviysidindurkim:
Himmat ilidur - yadi bayzo degan, (yadi bayzo - 1. Porloq qo'I, porlagan qo 7.)
Er nafasidur - dami Iso degan”.
Shundan keyin Navoiy Sulton Iskandarni tab’i nazm bor ekanini ay- tib, uning bir tuyug‘ini keltirib, turkona ekanini ta’kidlaydi:
To‘lun oyg‘a nisbat ettim yorumi,
Ul xijolatdin kam o‘ldi yorumi.
Tori mo‘yungning zakotin men beray
Yo Mismi yo Halabni yo Rumi (Navoiy. MAT, 13-tom, 115-b.).
Bu tuyuqdan va Navoiyning Iskandar Mirzoga bergan ta’rifidan ma’lum bo‘ladiki, Haydar Xorazmiy Iskandar Mirzoni “himmatli”, “porloq”, “Iso nafasli” deb ta’rif berar ekan, faqat uning himoyasida yashaga- ni uchungina emas, balki Iskandar Mirzo iste’dodli shoir bo‘lgani uchun ham uni madh qiladi.
Nizomiyning “Maxzan ul-asror” dostoni va uning tuzilishi haqida. Haydar Xorazmiy “Maxzan ul-asror” dostonini Nizomiyning “Maxzan ul-asror” dostoniga javob tarzida yozgan. Shu bois Nizomiyning “Maxzan ul-asror” dostoni haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tish maq- sadga muvofiq. Nizomiyning mazkur dostoni falsafiy-didaktik doston bo‘lib, milodiy 1170-yili yozilgan. Bu doston Nizomiy “Xamsa”sining birinchi kitobidir.
Dostonning kirish qismida hamd - Ollohning yagonaligi va unga inunojot, na’t - payg‘ambaming ta’rifi va uning me’roji, undan so‘ng yana to‘rtta na’t, Dovud o‘g‘li Malik Faxriddin Bahrom shohning ta’rifi va unga ta’zim, bu kitobning tuzilishi, so‘z fazilati haqida, nazmning nasrdan ustunligi haqida, ko‘ngil va uning parvarishi haqida birinchi xil- vat, birinchi xilvatning samarasi, ikkinchi xilvat va ikkinchi xilvatning samarasi kabi 18 bobdan iborat. Dostonning O‘zbekiston xalq shoiri Ja- mol Kamol qilgan tarjimasi 2264 baytni tashkil qiladi.
“No‘shiravon va uning vaziri hikoyati” mazmuni. “Maxzan ul- asror”ning asosi 20 maqolotda o‘z ifodasini topgan. Muallif har bir ma- qolotda ma’lum bir ijtimoiy yoki siyosiy, axloqiy yoki ta’limiy yo fal- safiy masalani qo'yadi. Nizomiy maqolotlarda ilgari surmoqchi bo‘lgan muammoni hikoya qilishdan avval mavzuga oid baytlar keltiradi. Bu baytlarda maqolotda hikoya qilishni rcjalashtirgan voqeaning mavzusini bayon qiladi. Shoirning bu baytlari keng ommaga qaratilgan o‘gitlardir. Baytlardan so‘ng Nizomiy tarixdan, xalq rivoyatlaridan, hayotdan olin- gan kichik hajmdagi hikoyatlami keltirib, ilgari surmoqchi bo‘lgan g‘oyani yanada oydinlashtiradi. Mi sol uchun, uning “No‘shiravon va uning vaziri hikoyati”ga e’tibor beraylik. Bu hikoyat ikkinchi maqolat tarkibi kiradi.
Nizomiy hikoyatni keltirishdan avval 43 baytdan iborat “Insof, adolat himoyasida shohga pandu nasihat” nomli parchani keltiradi. Bu pandda adolat shoh uchun mayoq, shohlikning tayanchi, adolat tufay- li shohning davlati barqarorligi haqida shohga nasihat qiladi. Shohga, hammaning oldida xuddi tuproqday xokisor, xuddi yel singari qo‘lida hech vaqosi yo‘q bir banda bo‘lgin, deya o‘git beradi. Keyin hikoyatni keltiradi. Hikoyatning mazmuni quyidagicha:
Bir kuni No‘shiravon vaziri bilan birga ovga chiqibdi. Ular bir xarob qishloqqa borib qolibdilar. Shu paytda ikki qush daraxt ustida tinimsiz sayrayotgan ekan. Qushlaming sayrashi podshohga yoqmabdi. Shoh va- ziridan so‘rabdi: “Bu qushlar nimaga shovqin-suron qilyapti? Ular ni- malar deyapti?” Vazir shohga shunday davob beribdi: “Ey shahanshoh! Bu sirni sizga aytay. Ular sayramayapti, balki behudaga bir-biri bilan tortishyapti. Ikkovi to‘yning mojarosini qilyapti. Biri ikkinchisiga qizi- ni beryapti ekan, shunga sut pulini tezda ber, deb talab qilyapti: “Mana shu vayronalami shu tundayoq berasan. Qolganini qachon berasan?” deb birinchisi so‘rayapti. Ikkinchisi esa shunday javob beryapti: “Aslo g‘am yema, agar shohimiz ana shu odam bo‘lib tursa, qalin ko‘p bo‘ladi. Uning zulmidan hamma yoq vayron bo‘lib ketgan, men senga yuz ming- lab vayronalami beraman”.
Shoh bu gaplarni eshitib, ko‘ngli vayron bo‘libdi, nolayu fig‘on qi- libdi. U boshiga mushtlabdi. Xalqqa qilgan sitamining oxiri mana shun- day oqibatlarga olib kelganidan qattiq o‘kinibdi. Hatto qushlar ham uning jabridan azob chekayotganidan, mamlakatni boyqushlar makoniga ay- lantirib qo‘yibman-da, deya ko‘p afsuslar qilibdi. “Oqibatini o'ylamay. odamlaming molini zo‘rlik bilan tortib oldim. Ammo bir kunmas-bir kun bu zo‘ravonligimning oqibati boshimga yetishi mumkin-ku! Xudo menga mulk berdi, men esa xalqqa shunchalik jafo qilibman-a! Xalq ora- sida nomim qora bo‘lgan ekan. Ey Xudoyim, menga sharmu hayo bergin! Axir, qiyomatda men so'roq-savollarda nima deb javob beraman?! Shuncha ganjni qabrimga olib ketolmayman-ku! Som, Faridun qaneha boyligini olib ketdi ekan?!”
Do'stlaringiz bilan baham: |