O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi



Download 0,83 Mb.
bet1/4
Sana16.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#373782
  1   2   3   4
Bog'liq
1. jahon adabiyoti. Xo'jaahmadova N.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TURKIY TILLAR FAKULTETI

O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi

3- „B“ guruh talabasi Xo‘jaahmadova Nafisaning

Jahon adabiyoti“ fanidan „XX asr boshlarida Amerika adabiyoti. “Chol va dengiz” qissasida tabiat va jamiyat ziddiyatlari bilan kurashda inson irodasi“ mavzusida tayyorlagan



MUSTAQIL ISHI

Qabul qildi: H.Allambergenov

Nukus – 2019-2020- o‘quv yili

Reja:

  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM:

    1. Ernest Xeminguey hayot yo‘li.

    2. Xeminguey qalamiga mansub o‘lmas asarlar.

    3. Adibning “Chol va dengiz” qissasi. Asardagi sabr va matonat timsoli, Santiogo obrazi.

  3. XULOSA.

  4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


KIRISH

Har bir xalqning o‘ziga xos adabiyoti bo‘lgani kabi Amerikaning ham takrorlanmas, o‘zga xalqlar va mamlakatlar badiiy ijodi bilan solishtirib bo‘lmaydigan so‘z bo‘stoni bor. 

Bu hech birimizga sir emas. Tarixan olib qaraganda, o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tadrijiga ega bu mamlakat badiiy adabiyoti ham mahalliy aborigenlar, ispanlar va inglizlar, shuningdek, fransuz, rus, yapon va boshqa xalqlar madaniyati ta’sirida paydo bo‘lgan va taraqqiy etgan.

Amerika adabiyoti, obyektiv sabablarga ko‘ra, qorishiq madaniyatlarning mumtoz xazinasiga o‘xshaydi. U sobiq sho‘ro mafkurasi tazyiqi ostida shakllangan sovet adabiyoti yoki odamkushlik yoxud harbiy salohiyatni ko‘z-ko‘z etayotgan adabiyotdan insoniy tuyg‘ular (mehr-oqibat, sevgi-muhabbat, shafqat)ni targ‘ib qiluvchi yangi adabiyot sifatida paydo bo‘ldi. Negaki, siyosiy buhronlar, ruhiy inqirozlardan zerikkan ommaga hayotsevarlik nashidasini singdiruvchi mafkuraviy taskin kerak edi.

“Amerika adabiyoti rang-barangligi va ijtimoiy muammolarni yuzaga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatli”, – deydi amerika adabiyoti ixlosmandi, o‘qituvchi Zarif Quvonov. – Unda hech bir adabiy asar yo‘qki, o‘z-o‘zidan mashhur bo‘lib ketmaydi va keng ommaga tarqalmaydi. Bunga asosiy sabab, asarda ko‘tarilgan milliy ruh, xalq dardi va ijtimoiy adolatsizlikka qaratilgan g‘oyadir. Ta’sir kuchi esa so‘z qudratining o‘quvchi ongi va shuuriga kirib kelish bilan o‘lchanadi. Asar ta’sirida butun xalq va jamiyat uyg‘onadi. Biz ko‘p eshitganmiz, qaysidir kitob irqchilikka qarshi kurashgani uchun eng yaxshi asar sifatida qaralib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Badiiy adabiyotda faqat haqiqatlar yashiringan bo‘lishi kerak. U shunday kuchki, hatto hukumatga ham hisob bermaydi. Shuning uchun ayrim amirikalik adiblarni dastlab o‘z yurti tan olmaydi. Biroq badiiy saviya yuqoriligi va dunyo e’tirof etgani bois o‘zlari ham tan olgan. Amerika adabiyoti shu kabilardan xulosa chiqarib, badiiy so‘z va adabiy qarashlarga yuqori nazar bilan boqadi. Shuning uchun ham amerikalik mualliflar adabiyot ixlosmandlari uchun sevimli ijodkorlar bo‘lib qoladi.

Mana shunday Amerika xalqining sevimli ijodkorlari quyidagilar

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQSHda yirik monopoliyalar paydo bo‘ldi. Bu davrda adabiyotdagi realistlar ijodida sotsial tengsizlik, zulm va haqsizlikni fosh etish bosh maqsad qilib qo‘yilgan. Qashshoqlik va ochlik uchun kurashishda adabiyot birinchi o‘ringa ko‘tariladi.



Asarlarida o‘z “men”i emas, xalq dardini ilgari surgan va haqiqiy adabiyot kuchini ko‘rsata olgan ijodkor sifatida uchta zabardast ijodkorlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bular Jek London, Teodor Drayzer va Ernest Xemingueydir.


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish