O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet3/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

“Avesto”ning paydo bo‘lishi. “Avesto” yozuvi. “Avesto” O‘rta Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo madaniyati tarixida muhim voqeadir.”Avesto” to‘g‘risida so‘z ketganda, albatta, Zaardusht shaxsi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Zardushtning ta’limoti “Avesto”ni yuzaga keltirdi.
Zardusht “Avesto”ni qanday yaratgani to‘g‘risida turli rivoyatlar mavjud. Bu rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha, “Avesto” dunyo tarixida ilk muqaddas kitob hisoblanadi. “Zardusht majusiylar “Abisto” (Avesto –N.R.) deb ataydigan kitob bilan yuzaga keldi. Bu kitob barcha xalqlar tillariga muxolif bir tilda yozilgan...va hamma bilishi uchun u tildagi harflar soni hamma tillar harflaridan ortiq edi”. Beruniy bu o‘rinda “Avesto” tilidagi undoshlarni anglatish uchun qo‘shimcha belgilarni, shuningdek, qisqa unlilarni bildiruvchi belgilarni ham nazarda tutgan.
Beruniy Zardushtning sharqda mashhur bo‘lganiga oid dalillarni keltiradi. U yozadiki, ibroniylar Zardushtni Ilyos payg‘ambarning shogirdlaridan biri bo‘lganiga da’vo qiladilar. YAna rumliklar, yunonlar ham Zardushtni o‘zlariga yaqinlashtirib, turli dalillarni keltirganini yozadi.
Beruniy “Avesto”ga oid dalillarni o‘rganib, bu asarning asliyati va uning tuzilishi haqida ham dalillarni bayon qiladi. “Podsho Doro ibn Doro xazinasida “Abisto”ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtda beri “Abisto”ning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. “Abisto” o‘ttiz nask edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo‘laklarini haftiyak deganimizday, nask “Abisto” bo‘laklaridan har bir bo‘lakning nomidir”.
“Avesto” Zardusht nomi bilan bog‘lansa-da, bu noyob asar bir davrning mahsuli emasligini ham ta’kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o‘tgan tajriba bo‘lib, “Avesto” ana shu tajribaning mahsullaridan biridir. SHarqda bu jarayonning namunalari kuzatiladi. Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllanganda, ana shu yo‘lni – asrlar yo‘lini bosib o‘tgan.
“Avesto”ni Iskandar kuydirib tashlagan ekan, bugungi kundagi mavjud nusxa qanday paydo bo‘lgan degan savol tug‘iladi. Bu tiklangan nusxa Sosoniylar sulolasi hukmronligining ilk yillarida paydo bo‘lgan.
Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobakon o‘z saroyidagi Xirbadan nomli donishmandga “Avesto”ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. Xirbadan bir qancha zardushtiy ulamolari bilan birga asarni qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. SHunday qilib, mavjud nusxa Sosoniylar sulolasi davrida shakllantirilgan. SHopur II davrida Ozarpod Mehrosin “Avesto”ning parokanda qismlarini to‘plab, asardagi ko‘plab nomlar, atamalarni sharhlab. “Zand Avesto” nomli kitob yaratadi. “Zand Avesto”ni bu ulkan asarning sharhi va “Kichik Avesto” deb aytish mumkin. Bugungi mavjud nusxa 1278 yili ko‘chirilgan.
“Avesto”ning eng qadimiy qatlamiga ko‘ra, shunday xulosa chiqarish mumkinki, zardushtiylik urug‘chilik jamiyatida – tabaqalashish boshlanganda va hukmron tabaqa o‘z hukmini o‘tkaza boshlaganda yaratilgan.
“Avesto” faqat zardushtiylik oqimining muqaddas yodgorligi bo‘lib qolmay, Markaziy Osiyo xalqlarining ijodiy qobiliyati, og‘zaki ijodi, e’tiqodi va tasavvurlarining mahsuli hamdir.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish