Pahlavon Mahmud hayoti va ijodi
Pahlavon Mahmud purhikmat ruboiylari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida alohida mavqega ega bo'lgan atoqli shoiidir. Ma’lumotlaiga ko‘ra,uning ota-onasi ko‘hna Urganjdan Xivaga ko'chib ketayotganganlarida,645 (1248) yilda karvon ko‘hna shaharga yaqinlashganda Mahmud tavallud topgan. Shamsuddin Somiyning «Qomusul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkadai Ozariy», Kamoliddin Husayn Fanoiyning «Majolisun-ushshoq» singari mo‘tabar manbalarda Pahlavon Mahmud haqida nodir ma’lumotlar keltiriladi.
Shahar hunarmandlari orasidan yetishib chiqqan bu zukko shoir o‘zining qator fazilatlari bilan xalqqa tanilgan va zamondoshlari orasida ko‘plab rivoyatlaming tug‘ilishiga sababchi bo‘lgan. Pahlavon Mahmud asosan po‘stindo‘zlik, telpakdo'zlik kasbi bilan shug‘ullangan bo‘lsada, jismonan baquwat va kuragi yerga tegmagan pahlavonligi hamda badiiy jihatdan yuksak ahamiyat kasb etuvchi ruboiylari bilan ham shuhrat qozonadi. Shoiming asli ismi Mahmud bo‘lib, Xorazmning qator shaharlari, hatto Hindistonga borib kurash tushganda doimo g‘alaba qozongani bois u «Pahlavon Mahmud» unvoni bilan shuhrat taratgan.Mazkur ulug‘ inson haqidagi rivoyatlardan birida hikoya qilinishicha, Pahlavon Mahmud bir jangda Hindiston shohi Roy Rapon Cho‘nani o‘limdan qutqarib qoladi va buning evaziga qachonlardir Hindistonga asir tushgan xorazmliklami ozod qildiradi (Mallayev N.0 ‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976 yil, 171-bet). Shoiming «Puryoyvaliy» deb atalgan laqabi ham mavjud bo'lib, bu yuksak nom uning kurashda ko'rsatgan jasorati hamda ma’rifiy-ma’naviy olamini ulug'lovchi sharafli unvon sanaladi. Shuningdek, manbalarda e’tirof qilinishicha, kurash tutuvchilardan biror kishi zo‘rxonaga tavof uchun kirmoqchi bo‘lsa, uning awal Puryoyvaliyning qadamiga bosh qo‘yishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu jihatdan ba’zan «puryoyvaliy» so‘zi ma’jozan «aziz-u mukarram» ma’nosida ham qo'llanilishi qayd etilgan (0 ‘zbek adabiyoti tarixi. 1-tom , Toshkent, 1978 , 189-bet). K o ‘rinadiki,shoiming yuksak insoniy xislatlari, mazlumlami hurlik quyoshidan bahramand bo‘lishdek yuksak baxtga sazovor etishi borasidagi sa’y-u harakatlari tufayli u xalqning beqiyos muhabbatiga munosib ko'rilgan.Shoir «Qitoliy» taxallusi bilan ham ijod qilgan. «Qitoliy» so‘zi «bir-biri
bilan jang qilmoq, kurashmoq» ma’nolarini anglatib, ayni taxallus ham shoiming jismonan baquwatligi mashhur va dovrug‘li pahlavonligiga ishoradir.
Pahlavon Mahmud 726 (1326) yilda, ba’zi manbalarda qayd etilishicha , 722 (1322) yilda Xivada vafot etgan. Uning shogirdlari shoimi po‘stindo‘zlik ishxonasi atrofida dafn etadilar. Keyinchalik Pahlavonning qabri ustida muhtasham bir maqbara barpo qilingan.
Pahlavon Mahmud qalamiga mansub bir necha ruboiylar uning adabiy merosidan namuna sifatida bizgacha yetib kelgan noyob badiiyat durdonalaridir. Shoir ruboiylarining umumiy soni aniq emas.Shuningdek, o‘sha ruboiylardan tashkil topgan qadimgi qo‘lyozma kitoblar (devonlar) ham hali fanga ma’lum bo'lganicha yo‘q. Mavjud qo‘lyozmalar esa X IX asrda ko‘chirilgan bo‘lib, ulaming tarkibiga boshqa shoirlaming (jumladan Abu Ali ibn Sinoning) ko‘plab forsiy ruboiylari ham kirib qolgan. Bular orasidan Pahlavon Mahmudga tegishli ijod
nam unalarini aniqlash bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir. Pahlavon Mahmud ma’naviy merosini o‘iganish borasida ba’zi ishlar ham amalga oshirildi. Jumladan, adabiyotshunosT.Jalolov 1962 yilda Pahlavon Mahmud ruboiylarini alohida kitob holida nashr ettirdi. Shuningdek, Y . Isoqovning «Pahlavon Mahmud haqida mulohazalar» («0 ‘zbek tili va adabiyoti», 1971 yil, 2-son, 20-25-betlar)nomli maqolasi e’lon qilindi.
Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ijod qildi. Uning ruboiylarini Ulfat (Im om iddin Qosim ov), Boqir (Omonnulla Valixonov),Muinzoda, Shoislom Shomuhammedov, To‘xtasin Jalolov, Vasfiy,Matnazar Abdulhakim, Engash Ochilor kabi olim va ijodkorlar o‘zbek
tiliga taijima qilishdi.
Pahlavon Mahmudning ruboiylardan tashqari, «Kanzul-haqoyiq» («Haqiqatlar qaymog‘i») nomli masnaviy yozganligi manbalarda qayd etiladi. Kamoliddin Fanoiyning «Majolisun-ushshoq» tazkirasida mazkur asardan olti bayt keltirilgan. «Kanzul-haqoyiq» tasavvuf masalalariga doir she’riy muhokama yuritishga bag‘ishlangan falsafiy masnaviylar
jumlasidan bo‘lib, asaming ko‘p o'rinlarida muallif o‘zining ilohiy-irfoniy o‘y-mulohazalarini kichik hikoya va rivoyatlar yordamida ifodalashga harakat qiladi. Shu
jihatdan mazkur masnaviy Jaloliddin Rumiy va Farudiddin Attorning ijodiy an’analari zaminida yaratilgan o‘ziga xos falsafiy-axloqiy doston hisoblanadi (0 ‘zbek adabiyoti tarixi.
1-kitob, 169-bet).Pahlavon Mahmud ruboiylari uning xalq orasida shoir sifatida shuhrat
qozonishini ta’min etdi. Shoir ijodida Xorazmda Najmiddin Kubro boshlab bergan javonmardlik tariqati hayotbahsh g'oyalarining badiiy ifodasi ko'zga yorqin tashlanadi. Javonmardlik tariqati musulmon dunyosida o‘ziga xos bir insonparvar ta’limot sifatida keng tarqalgan.Unda halimlik ulug‘lanadi, saxovat, shafqat, ta’madan yiroq turish,muhtojlar g'amiga sherik bo'lish kabi yuksak insoniy fazilatlarga da’vat etiladi. Shoir ruboiylarida nafs insonning eng katta dushmani sifatida talqin qilinadi. Inson nafsdek qattol dushmanidan doimo g‘olib kelishga harakat qilmog‘i lozim, deydi shoir ruboiylaridan birida.
Oh tortgan chog‘ingda yo‘lga ko‘z tikkil,
Yoida quduq bordir ehtiyoting qil.
Do‘st uyida mahram boigan chog‘ingda,
Qo‘lingni, ko‘zingni, dilni tiya bil.
Pahlavon Mahmud mazkur ruboiyda nihoyatda muhim mavzudan bahs etadi. «Oh tortgan chog‘» deganda shoir kishi boshiga tushgan kulfatlami nazarda tutadi. Shunday chog‘da inson, tabiiyki, yo‘lga ko‘z tikib, yaqin kishilaridan shu holatdan chiqib ketishi uchun qandaydir madad kutadi, najotga katta umid qilib yashaydi. Biroq buni hayot deydilar, unda turli quduqlar mavjud. «Quduqlar» shoir satrlarida,majoziy ma’no tashiydi. Unda inson murakkab ruhiy iztiroblar girdobida qolganda, musibatzada insonning ana o‘shanday holatidan quvonadigan notavonbin, nokas shaxslar nazarda tutiladi. Shoir ta’kidicha, ulardan
doimo ehtiyot bo‘lmoq kerak. Ruboiyning keyingi misralarida esa shoiming tayanch g‘oya, niyati o‘z ifodasini topgan. Unda do‘st uyida mehmon bo‘lganda, qo‘ln i, ko‘zni, dilni tiyib turish kerakligi ta’kidlanadi. Bu tasawuf ta’limotidagi var’a maqomini boshidan kechirayotgan solikning oldida turgan burchlariga uyg‘un keladi. Ayni maqomda solikdan qo‘l var’asi, ko‘z var’asi hamda qalb var’asiga qat’iy rioya qilmoq talab etiladi. «Var’a»- arabcha so‘z bo‘lib, «parhez qilmoq» ma’nosini anglatadi. Bu maqomda bo‘lgan solikning qo‘li nopokliklardan xoli bo‘lishi, ko‘zi nomahramga qarashdan tiyilishi hamda solik qalban
man’ etilgan ishlami qilmasligi lozim. Ko‘rinadiki, shoir ruboiyda o'zining olijanob axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etuvchi fikrlarini badiiylashtirgan. Bunday ruboiylami Pahlavon Mahmud ijodida yana ko‘plab uchratish mumkin. Quyida ulardan ayrim namunalar keltiriladi:
Otashki, alanga mezanad sinai most,
Daryoki, chu mavj mezanad dldai most.
In ko‘zagaronki, ko‘zaho mesozand,
Az xoki barodaroni derinai most.
Mazmuni:
Gurkiragan olov - dilim yo'ldoshi,
To'lqin urgan daryo - ko‘zlarim yoshi.
Ko'zagarlar yasayotgan har ko‘za -
Ko‘hna do‘stlar xoki - qo‘li yo boshi.
Yana:
Se sad Ko‘hi qofiro ba havon sudan,
Ba toqi falak bo xuni dll andudan,
Sad sol asiri bandi zindon budan,
Beh z-on ki dame hamdami nodon budan.
Mazmuni:
Uch yuz Ko‘hi qofni kelida tuymoq,
D il qonidan bermoq falakka buyoq.
Yoinki bir asr zindonda yotmoq, -
Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq.
Pahlavon Mahmudning mazkur ruboiylari shoiming ilm -fan,shariati islomiya, badiiy adabiyot va tasawuf ta’limoti bilan jiddiy shug‘ullanganligi hamda fors-tojik shoiri Umar Xayyomning izidan borib, ruboiy janri nafisligini oshirishda buyuk salafidan so‘ng dong
taratganligini dalillaydi. Shoiming abadiy uyquda yotgan m anzilimaqbarasining ziyoratgohga aylanishi, xalqimizning yuksak badiiy salohiyat sohibi bo'lgan so‘z san’atkori, ulug‘ jamoat arbobi, avliyosifat orif shaxs hamda saxovatli insonparast Pahlavon Mahmudga hurmatining ramziy ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |