O`zbek abiyotshunosligi” kafedrasi «O‘zbek folklori»



Download 0,8 Mb.
bet44/84
Sana09.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#486685
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
O`zbek folklori UMK (2)

Nazorat savollari
1. Maqol og‘zaki janrning eng faol turi degan fikrga qo‘shilasizmi? Agar shunday bo‘lsa nega? Fikringizni asoslab bering. 2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’nolar qay tarzda namoyon bo‘ladi?
Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. -T.: “Fan”, 2010.

  2. O‘zbek xalq maqollari. T.,1988.

  3. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. O‘UM, O‘Zmu- 2011. O‘zbek filologiyasi fakulteti kutubxonasi.

  4. O‘zbek xalq ertaklari., T.2007.

  5. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi yodgorliklari. 100 jildlik. 1–8-jildlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2015, 2016.

14-mavzu: Latifalar, loflar


Reja:

  1. Latifa – nozik fikrlash san'ati.

  2. Loflarning janr xususiyati.

  3. Latifa va loflarning qiyosiy talqini.

Tayanch so`z va iboralar: latifa, lof, mubolag`a, grotesk, g`uluv, tablig`, ifrot.
1. Latifa – nozik fikrlash san'ati. O‘zbeklar dunyodagi boshqa xalqlar kabi hazilni, taqlidni, kulgini yaxshi ko‘radilar. Kulgi insonga sog‘lik, yaxshi kayfiyat, o‘z-o‘zidan qoniqish tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Xalqimizning dono farzandlari
Yusufjon qiziq, Aka buxor, G‘anijon Toshmatov kabilar mashaqqatli kechgan paytlarda ham yurtimiz ahliga tetiklik, umid, ishonch ulashganlar. Bunday natijaga erishish o‘z vaqti uchun juda og‘ir kechgan. Latifalar, loflar, askiya, xalq dramasi asarlari, muqallidchilikdan unumli foydalanish zukko va iqtidorli insonlarni xaqiqiy ma'noda xalq sevgisini qozonish sharafiga muyassar qildi.
Inson qalbidagi tashvishni, tanasidagi xastalik xurujini chetroqqa surishda kulgili latifalar juda samarali vosita hisoblangan. «Latifa» atamasi arabcha «lutf» (لطف) so‘zidan olingan bo‘lib, nozik fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat ko‘rsatmoq, sharaflamoq ma'nolarini anglatadi.
Nasriddin Afandi nomi bilan latifalar mazmunining bog‘lanib, uyg‘unlashuvi XIX asr oxiri XX asr boshlari bilan belgilanadi. O‘zbek folklorshunosligi fani asoschisi, professor Hodi Zarifov qayd qilishiga binoan, Nasriddin Afandi nomining o‘zbek latifalarida shuhrat topishi yurtimizda matbaaning paydo bo‘lishi, Nasriddin Afandi latifalarining kitob tarzda nashr ettirilishidan boshlangan.
O‘zbek Nasriddin afandi latifalarida bosh qahramon o‘ta hozirjavob, o‘ta zukko, dono va tadbirkor inson sifatida gavdalanadi. Hayotda uni so‘z bilan, xatti-harakat bilan yechimi yo‘q vaziyatga tushirish mumkin emas. Chunki aqlli, mutafakkir
Nasriddin afandi qiyofasida butun xalqning, millatning so‘zga chechanligi, zakiy, ya'ni nozik fikr yuritish fazilati o‘z ifodasini topgan. Har bir latifa matnida uni o‘ylab topgan shaxs aqli, vaziyatni aniqlash kayfiyati va zakovati namoyon bo‘ladi. Latifalarning e'tiborli, tinglovchini o‘ziga jalb qiladigan jihati shundaki, ularda savoljavob qilayotgan taraflar bir-birini mutlaqo yechimi topilmas vaziyatga tushirishga urinadilar. Ayniqsa, Nasriddin afandi qismati latifaning yakuniy qismiga yetgunga qadar juda og‘ir va chorasiz taqdir sharoitida tasvirlanadi. Ammo xalq Nasriddin afandi tarafida bo‘lgani uchun ana shunday mushkul vaziyatdan ham o‘z topqirligi, so‘zga ustaligi bilan qahramonimiz yechim topib keta oladi.
Afandi latifalarida afandidagi ikkinchi xislat – uning nihoyatda soddaligi, aniqroq aytsak, no‘noqligini namoyish qilish bilan izohlangan. Bunday namunalarda biz afandining soddaligidan, hayotdagi ko‘ngilsiz voqyealarni o‘ziga olmasligidan zavqlanamiz. Afandining afandiligi uning afandiligi bilan sharhlanadi. Ya'ni bironta es-hushi joyida odam qilishi mumkin bo‘lmagan qarorni aynan afandi qabul qiladi.
Nasriddin afandi ko‘chada ketayotib, kichkina bir ko‘zgu – oyna topib olibdi.
Uni qo‘liga olar ekan, o‘z aksini ko‘rgani zahoti: «E, kechirasiz, oyna siznikimidi?» - deb tashlab yuboribdi. Oyna sinibdi. Shunda afandi: «Kerak bo‘lmasa, ayta qolmaysizmi? O‘zim olar edim-ku», - degan ekan.
Bunday latifalar bilan tanishish, ayniqsa, hikoya qilish mahoratiga ega inson ijrosida tinglash odamga huzur bag‘ishlaydi. Bu turdagi latifalarda tinglovchi sodda afandi qarorlaridan kuladi. Lekin shuni ham qayd qilish lozimki, xalq bu bilan nima demoqchi ekanini tushunib yetishga ham harakat qilish zarar keltirmaydi. Ehtimol, dono xalq shu kabi latifalar vositasida «Sen bunchalik sodda bo‘lma!» demoqchimi? Xulosa chiqarish har kimning o‘ziga havola.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish