O`zbek abiyotshunosligi” kafedrasi «O‘zbek folklori»


Foydalanish uchun adabiyotlar



Download 0,8 Mb.
bet41/84
Sana09.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#486685
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
O`zbek folklori UMK (2)

Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. Alaviya M. Lirik qo‘shiqlar // O‘zbek folklori ocherklari.-Toshkent.: Fan, 1998, 1-tom, 244-254-betlar;

  2. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari va badiiyati. DDA. T., 1995;

  3. Yoqubbekova M. O‘zbek xalq qo‘shiqlarida o‘xshatish.-Toshkent.: Fan,

  4. Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folklori. - Toshkent.: Fan, 1886;

  5. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T.: Fan, 2010. 307 b.

  6. Turdimov SH. Poeticheskie simvolы v uzbekskix narodnыx liricheskix pesnyax. Diss., kand.filol., nauk. T.: 1987. – 184 s.

  7. Eshonqulov J. O‘zbek xalq qo‘shiqlari badiiyati masalalari. –Toshkent, 2015. – B.44–48.



13-mavzu: Xalq maqollari va topishmoqlar


Reja:

  1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri.

  2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma'no.

  3. Topishmoqlarning janr xususiyatlari va badiiyati.

Tayanch so`z va iboralar: Paremiya, paremik tur, paremik janrlar, maqol, matal, topishmoq, lug`z, chiston,muammo.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma'noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma'nosini beradi.
1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri. Maqol deb xalqning ijtimoiytarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.

  2. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma'noni ifodalaydi.

  3. Xalq maqollari shaklan she'riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she'riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.

  4. Maqollarda hayotiy voqyea-hodisa haqida qat'iy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.

  5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.

  6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.

Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz.
Maqol - og‘zaki ijodning eng faol janri. Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi. Inson hayotidagi voqyea-hodisalarning cheki yo‘q ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e'tiborga arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Agar “Uyga palos yarashur, xotinga libos” maqoli maishiy hayotga taalluqli bo‘lsa, “Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning qaynar” maqolida vaqtni bekor o‘tkazmaslik, aql bilan ish ko‘rish insonga hayot imkonini yaratishi qayd etiladi, “Vaqting ketdi – baxting ketdi” maqolida esa falsafiy mazmun ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining qanchalar muhim ekanligi ta'kidlangan.
Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi.
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya'ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste'moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish