O`zbek abiyotshunosligi” kafedrasi «O‘zbek folklori»


Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no



Download 0,8 Mb.
bet42/84
Sana09.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#486685
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
O`zbek folklori UMK (2)

2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. Maqollar o‘z va ko‘chma ma'nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga sazovordir. “Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan yaxshiroq”, “Qizi borning nozi bor”, “Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash” kabi maqolar o‘z ma'nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma'noda qo‘llanadi. “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas”, “Egrining omochi yerga botmas”, “O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar” kabi maqollar bilan tanishganimizda ko‘chma ma'no yashiringanini his qilamiz.
Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu jihatdan maqollar so‘z san'atining oliy namunasi sifatida baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan serma'noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar davomida og‘izdan og‘izga o‘tib yashashini ta'minlagan omillardir.
Ayni choqda badiiy go‘zallikning bevosita so‘z tanlash, tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. Ularning ayrimlarini esga olib o‘tamiz:

  1. Qarshilantirish (tazod).

Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘”.
Bu maqolda “yaxshi”, “yomon”; “bog‘”, “dog‘” so‘zlari qarama-qarshi ma'nolarni bildiradi va shu bilan birga “bog‘” – “dog‘” so‘zlari chiroyli qofiyani ta'minlaydi.

  1. Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans).

Boy boyga boqar, suv soyga oqar”.
Maqolda “B”, “Y”, “R”, “S” kabi undosh tovushlar alliteratsiya – undosh tovushlar uyg‘unligini, “O”, “A”lar esa assonans – unli tovushlar o‘xshashligini ko‘rsatadi va maqol qimmatini oshiradi.

  1. Metafora – ko‘chim (istiora). “Otning yag‘iri toyga qolar”.

Bu maqolda “ot” so‘zidan qarindosh-urug‘chilikdagi katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan.
Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi. Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda tugal fikr anglatmaydi. Masalan, xalqimizda “Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar” degan maqol bor. Agar maqolning yarim matnini “Falonchi ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi” tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan bo‘lamiz va “Falonchi yaxshi gapirdi” ma'nosini bildiramiz. Chunki “ilon inidan chiqadigan” so‘z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma'no anglatmaydi. Ma'lum bo‘ladiki, matal shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil ma'no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish