O`zbek abiyotshunosligi” kafedrasi «O‘zbek folklori»


Topishmoq parimik janr sifatida



Download 0,8 Mb.
bet43/84
Sana09.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#486685
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
O`zbek folklori UMK (2)

3. Topishmoq parimik janr sifatida. Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba'zan mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e'tibor bering. “Top” so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma'nolari yetakchilik qiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: “-moq” harakat nomi qo‘shimchasidan keyin “qo‘lingdan kelsa”, “eplasang”, “uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:

  1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.

  2. Shaklan she'riy, nasriy ko‘rinishga ega.

  3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi.

  4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da'vat etiladi.

  5. Topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba'zan ikki va undan ortiq miqdarga ega bo‘ladi.

  6. Topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san'at istiora (metafora) hisoblanadi.

Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san'atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi. Masalan:
Qopcha,
Qopcha ichida uncha, Uncha ichida ustuncha.
Bu mantda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi.
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma'lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida topishmoq matni uchramaydi. Shu bilan birga «tabzug‘» - topishmoq ekanligi qayd etilgan.
Odatda, topishmoqlar xalq hayotining hamma sohalarini egallagani bilan ham diqqatga sazovor. Maishiy hyotdagi, ijtimoiy muhitdagi munosabatlar topishmoq mavzularida o‘z ifodasini topadi. Ko‘rpa, qulf, qozondan tortib qozi, sudxo‘rlarning kirdikorlarigacha topishmoqlarda aks etishi mumkin. Xalq topishmoqlarini mukammal o‘rgangan Zubayda Husainova 1981-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti tomonidan e’lon qilingan “Topishmoqlar” kitobidagi matnlarni tartiblashtirishda ularni yirik ikki guruhga ajratadi: “An'anaviy topishmoqlar” va “Yangi topishmoqlar”. Birinchi guruhda Osmon, yer, suv; tabiat hodisalari, yil fasli va mavsum; odam, uning a'zolari va xislatlari – jami 21 mavzu jamlanadi. Yangi topishmoqlarda elektrotexnika, radiotexnika, maktab va o‘quv qurollari – jami 9 mavzu jamlangan. Ma'lum bo‘ladiki, topishmoqlarda aks etmagan mavzuning o‘zi yo‘q ekan.
Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir jumboqli va ko‘p jumboqli bo‘lishi mumkin. Ammo shunday topishmoqlar ham borki, ularga javob berish uchun ikki va undan ortiq narsalarni eslashga to‘g‘ri keladi: - Tog‘da talaymonni ko‘rdim, - Suvda sulaymonni ko‘rdim.
- Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim, - Yumalab yotgan toshni ko‘rdim.
Bu topishmoqdagi to‘rt misrada to‘rtta narsa yashiringan. Birinchisida bo‘ri, ikkinchisida baliq, uchinchisida sumalak, to‘rtinchisida toshbaqa so‘zlari yashiringan.
Xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar badiiy jihatdan ham so‘z san'ati hisoblangan adabiyotda qo‘llangan juda ko‘p san'atlarga boy. Bu san'atlarning topishmoqda uchraydigan eng ommaviysi istioradir. Oyna – ko‘z, ilon – soch, qizil toychoq – til kabi o‘nlab misollarda istiora san'ati kelgan.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish