O`zb tarix 11 узб indd



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Savol va topshiriqlar
:
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida nima sababdan madaniyat va san’atga 
e’tibor kuchaydi?
2. Bugungi kunda O‘zbekistonda qanday muzeylar faoliyat olib bormoqda?
3. Musiqa festivallari o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsadlar nimalar?
4. Kino san’atidagi yutuqlar va kamchiliklarni sanang.
5. Mustaqillik yillarida teatrlar faoliyatida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
VIII BOB.
 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI 
SIYOSATI  VA IKKI TOMONLAMA MUNOSABATLARI
17-mavzu.
 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining 
shakllanish va uning ustivor yo‘nalishlari
O‘zbekistonning  geosiyosiy  holati. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga 
xos  geografik  tuzilishi  bilan  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  davlatlar 
orasida  alohida  ajralib  turadi.  Bunday  geografik  joylashuvning  qulay  va 
noqulay tomonlari 
mavjud bo‘lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati 
va  geostrategik  manfaatlari,  hamda  uning  ichki  va  tashqi  siyosatini 
tanlash va belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqil  O‘zbekistonning  qulay  geosiyosiy  imkoniyatlari  quyidagicha: 
uzoq o‘tmishdan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq,  madaniy 


110
–  ilmiy  va  diplomatik  aloqalar  yo‘li  bo‘lgan  Buyuk  Ipak  yo‘li  O‘zbekiston 
hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch 
okeani  mintaqasiga  olib  boradigan  yo‘llar 
Markaziy Osiyodan, uning 
markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning mar-
kazida  joylashgan  O‘zbekiston  o‘zining  geografik  holatidan  kelib  chiqib, 
mazkur  mintaqada  kuchlar  nisbati  va  muvozanatini  saqlash,  iqtisodiy 
integratsiya  jarayonini  rivojlantirish,  barqarorlikni  ta’minlash,  hamkorlikni 
mustahkamlash  imkoniyatiga  ega.  O‘zbekiston  bugungi  kunda  qo‘shni  dav-
 
latlar  –  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Tojikiston,  Turkmaniston  va  Afg‘onis-
 
ton  o‘rtasida  bog‘lovchi  halqa  vazifasini  o‘tab  kelmoqda.  O‘zbekiston 
o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning transport, energetika, kom- 
munikatsiya,  suv  tizimi  markazida  joylashgan.  Tabiiy  iqlim  sharoiti
 
qulay,  ulkan  mineral  –  xomashyo  zaxiralari  va  strategik  materiallarga
 
ega,  dehqonchilik  madaniyati  rivojlangan,  oziq-ovqat  bilan  o‘zini  ta’min-
lashga  qodir.  O‘zini  neft,  gaz,  rangli  metallar  bilan  ta’minlabgina  qolmay, 
ularni  eksport  qilish  imkoniyatiga  ega.  O‘zbekiston  Respublikasining  yer- 
ostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud. 
Mazkur  imkoniyatlar  orqali  O‘zbekiston  geosiyosiy  joylashuvini 
noqulayliklardan  mustasno  deb  bo‘lmaydi,  Shu  jihatdan  O‘zbekiston 
Respublikasiga  qiyinchiliklar  tug‘diruvchi  quyidagi  omillar  ham  mavjud: 
Markaziy Osiy xaritasi. 
KAZAKSTAN
Uzbekiston
Turkmaniston
EROQ
IROQ
CHINA
Pokiston
Qirg‘iziston
Tojikiston


111
O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft 
va  gazga  juda  boy  konlari  joylashgan  yarim  halqaning  strategik  markazida 
joylashgan.  Shuning  uchun  bu  hududda  butun  dunyoda  energiya  taqchilligi 
sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari 
o‘zaro  to‘qnashmoqda.  Dunyodagi  kuchli  davlatlar  mazkur  mintaqada 
o‘z  manfaatlarini  izlamoqda.  Shu  bilan  birga  O‘zbekiston  mintaqadagi 
etnik  murosasizlik,  narkobiznes  va  har  xil  tashqi  kuchlar  tomonidan 
rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan 
Afg‘oniston  kabi  davlat  bilan  chegaradoshdir.  O‘zbekiston  bevosita 
dengizga  chiqa  olmaydigan,  buning  ustiga  dengiz  portlaridan  eng  uzoqda 
joylashgan  mamlakat  hisoblanadi.  Qora  dengiz,  Boltiq  dengizi,  Yapon 
dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb 
3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma 
daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan 
ko‘p  kilometrli  daryolar  50  tadan  oshgan  bo‘lishiga  qaramasdan,  uning  suv 
resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham 
mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir. 

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish