O`zb tarix 11 узб indd



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Badiiy adabiyot

Mustaqillik    yillarida    badiiy    adabiyotda    milliylik,  
ming  yillik    tarixiy    ijodiy    an’analar,  umuminsoniy  qadriyatlar,  erkin  fikr 
yuritish  tamoyillari  tiklandi.  Badiiy  adabiyot  sinfiylik,  partiyaviylik,  kom-
munistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi.  
Badiiy  adabiyotda  mustaqillikni  asrab-avaylash,  ozod  va  obod  Vatan 
qurish,  barkamol  insonni  tarbiyalash,  milliy  o‘zlikni  anglash  kabi 
masalalar  bosh  mavzu  bo‘lib  qoldi.  Abdulla  Oripov,  Odil  Yoqubov, 
Primqul  Qodirov,  Xurshid  Davron  kabi  ijodkorlarning  tarixiy  roman, 
pyesa  va  qissalarida  ulug‘  bobokalonlarimiz  Amir  Temur,  Mirzo 
Ulug‘bek,  Bobur  va  boshqalarning  siymolari  umuminsoniy    va    milliy  
qadriyatlarga mos  tarzda  yangicha  talqinda  yoritildi.
 
Mustaqillik  davri  adabiyotining  bayroqlari  O‘zbekiston  qahramonlari 
Said  Ahmad,  Abdulla  Oripov,  Erkin  Vohidov,  O‘zbekiston xalq shoiri 
Muhammad Yusuflar  ijodiy  faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. 
Milliy  istiqlol  davridagi  o‘zbek  adabiyotshunosligi  oldida  turgan 
muhim  vazifalarni  hal  etishda  O.  Sharofiddinov,  B.  Qosimov, 
 
N. Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T. Malikning romanlari, 
 
O. Matjon, O. Hojiyeva, A. Suyun, Y. Eshbek,  H.  Do‘stmuhammad, Sh. Sa-
limova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari 
o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi. 
Yozuvchilarni  qo‘llab-quvvatlash  borasida  2010-yil  O‘zbekiston 


108
Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh 
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi.
 
Muzey. 
Millatimizning o‘zligini
anglashda  milliy,  tarixiy  qadriyat-
lari-mizni tiklashda muzeylar alo-
hida o‘rin tutadi. Muzeylar tarixiy
yodgorliklar maskani, adabiyot,
san’at, urf – odatlari, hayot obrazla-
rimizning moddiy va maishiy 
jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi, 
tasviri.  Muzeylar  orqali  o‘tmishni, 
tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham 
mustaqillik  yillarida  mavjud    muzeylarni  ta’mirlash,  ularni  yangi 
eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor 
berildi. 
1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 
2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – 
Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. 
O‘zbekiston  Prezidentining  1998-yildagi  «Muzeylar  faoliyatini  tubdan 
yaxshilash  va  takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  farmoni  mamlakatimizda 
muzey  ishini  rivojlantirish  istiqbollarini  belgilab  berdi.  Muzeylar  davlat 
muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish 
davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar 
faoliyatini  muvofi qlashtirish,  ilmiy  –  uslubiy  yordam  ko‘rsatish,  moddiy 
jihatdan  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  1998-yilda  «O‘zbekmuzey»  Res-
publika  jamg‘armasi  tuzildi.  Ahoining  muzeyshunoslik  madaniyatini  oshi-
rishga  ko‘maklashuvchi  «Moziydan  sado»  jurnali  ta’sis  etildi  va  u 
1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. 
 
Yoshlar  ma’naviyatida  Muzeylarning  ahamiyati  hisobga  olinib  2014-yil  
Vazirlar  Mahkamasining  qarori  bilan  haftaning  seshanba  va  juma  kunlari 
bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 
sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. 

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish