O‘za o‘zbekiston Prezidentining bmt bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida



Download 119,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.11.2019
Hajmi119,65 Kb.
#24922
Bog'liq
O‘zA - O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida


03.11.2019

O‘zA - O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

www.uza.uz/uz/politics/o-zbekiston-prezidentining-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyas-22-09-2017?ELEMENT_CODE=o-zbekiston-prezidentinin… 1/5

22.09.2017 20:07:35

Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi

O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi

jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-



sessiyasida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, BMTning rasmiy

sayti (un.org), shuningdek, sputniknews-uz.com, rt.com, currenttime.tv va boshqa portallarda

onlayn tarzda efirga uzatildi. 

Davlatimiz rahbarining, ayniqsa, BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab

chiqish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini

qabul qilish bo‘yicha tashabbuslariga xorijiy internet nashrlarida alohida e’tibor qaratilgan. 

BMT rasmiy saytida (un.org) yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi

72-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni

taklif qildi, terrorizm muammosiga katta e’tibor qaratib, uning tub sabablariga barham berishga chaqirdi. 

«Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning

oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning

ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat

bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va

tarbiyalash eng muhim vazifadir», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti. 

Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar

tomonidan sodir etilayotganini ta’kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev «globallashuv va axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni

shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning

Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish"ni taklif etdi. 

«Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan

bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar

yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir", dedi Shavkat Mirziyoyev", deb yozadi

BMT sayti. 

TASS axborot agentligi (tass.ru) yozishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh

Assambleyasiga yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqish hamda ma’rifat va diniy

bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolutsiyani qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari jahon

jamoatchiligiga "islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini" yetkazishga chaqirdi. 

«Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz

muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi



03.11.2019

O‘zA - O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

www.uza.uz/uz/politics/o-zbekiston-prezidentining-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyas-22-09-2017?ELEMENT_CODE=o-zbekiston-prezidentinin… 2/5

bilan hech qachon murosa qila olmaymiz", dedi O‘zbekiston rahbari hamda islom dini "ezgulik va

tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga" da’vat etishini qayd etdi". 

O‘zbekiston Prezidenti BMTga a’zo davlatlarga "BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy

bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish taklifi" bilan murojaat qildi. «Bu

hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga

barham berishga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu rezolutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror

toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga

yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan", deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev", deyiladi TASS

xabarida. 

Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni

mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ham xorij ommaviy

axborot vositalarining alohida e’tiborini tortdi. 

BMT rasmiy sayti (un.org) axborot berishicha, Shavkat Mirziyoyev Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv

resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi hamda

xalqaro hamjamiyatni Orol dengizi butkul qurishining oldini olishga chaqirdi. 

«Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni

qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha

izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-

harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda», dedi Shavkat Mirziyoyev. 

O‘zbekiston Prezidenti BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish

bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi. 

Prezident Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash muammolari to‘g‘risida so‘z yuritar

ekan, mintaqaning umumiy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalasiga to‘xtaldi: «BMT Bosh

kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan pozitsiyasini to‘la

qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari

manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q», deb yozadi un.org sayti. 

O‘zbekiston, Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga

ustuvor ahamiyat qaratmoqda, deb ta’kidlaydi «Sputnik» yangiliklar agentligi (ru.sputniknews-uz.com). 

«Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa

asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda

mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial

jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi. Sentabr oyining boshida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat

chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi. Tinch-osoyishta,

iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy

vazifadir», dedi O‘zbekiston rahbari". 

Shavkat Mirziyoyev suv resurslari bilan bog‘liq murakkab va global mavzuga to‘xtalar ekan, bu

muammoga BMT shafeligida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlarini hisobga olgan va murosaga



03.11.2019

O‘zA - O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

www.uza.uz/uz/politics/o-zbekiston-prezidentining-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyas-22-09-2017?ELEMENT_CODE=o-zbekiston-prezidentinin… 3/5

asoslangan holda yondashish lozimligini yana bir bor alohida qayd etdi. 

«Rossiya 24» telekanali xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Bosh Assambleyadagi nutqida

Markaziy Osiyo mamlakatlari sammitini o‘tkazishni taklif etdi hamda bunday tadbirlar siyosiy ishonch

darajasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. 

«Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad

va asosiy vazifadir. O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni

mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha

masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz", deb ta’kidladi O‘zbekiston

rahbari". 

Xorij ommaviy axborot vositalari Shavkat Mirziyoyevning BMT faoliyatini isloh qilishga doir

tashabbuslariga e’tibor qaratdi. 

Rossiya axborot agentligi (ria.ru)ning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bo‘lib

o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida Xavfsizlik Kengashini bugungi kun

talablariga mos ravishda kengaytirish zarurligini ta’kidladi hamda BMTning yangi rahbariyati tomonidan

tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-

quvvatladi. 

«Anadolu» axborot agentligi (aa.com.tr) qayd etganidek, O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh

Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston BMTning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdori

ekanini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida BMTga a’zo davlatlarga taqdim

etilgan axborot xorij ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo‘ldi. 

tengrinews.kz axborot portali xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqini O‘zbekiston siyosati va

iqtisodiyoti to‘g‘risida qisqacha sharh berishdan boshladi, oxirgi yilda mamlakatda iqtisodiy, siyosiy va

ijtimoiy sohalarda global o‘zgarishlar ro‘y berganini ta’kidladi. «Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib

chiqmoqdamiz: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi», deb alohida qayd etdi O‘zbekiston

Prezidenti". BMT bilan hamkorlik haqida so‘z yuritar ekan, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston demokratik

huquq va erkinliklarni mustahkamlash sari qator muhim choralar ko‘rganini, jumladan, xorijga chiqish

vizalari bekor qilinganini ta’kidladi. 

TASS axborot agentligi (tass.ru) O‘zbekiston Prezidenti Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh

Assambleyasi minbaridan turib O‘zbekiston maqsadi demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo

etishdan iborat tub islohotlar amalga oshirayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi. 

«Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak»,

deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev. U Assambleya ishtirokchilariga mamlakatning barcha hududlarida

Prezident qabulxonalari tashkil etilgani haqida xabar qildi. Ularga murojaat qilgan bir milliondan ortiq

fuqarolar o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qildi". 

O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda bolalar mehnati


03.11.2019

O‘zA - O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

www.uza.uz/uz/politics/o-zbekiston-prezidentining-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyas-22-09-2017?ELEMENT_CODE=o-zbekiston-prezidentinin… 4/5

va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha choralar ko‘rildi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy

komissarining tashrifidan so‘ng inson huquqlarini mustahkamlash va himoya qilish yuzasidan chora-

tadbirlar dasturi qabul qilindi. «Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari

singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi», deb Shavkat Mirziyoyevning

so‘zlarini keltiradi axborot agentligi. 

Davlatimiz rahbarining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga oid fikrlari ham xorij media

olamida katta qiziqish uyg‘otdi. 

O‘zbekiston AQSh Prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on

muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda,

Prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy

hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan,

to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir, deb ta’kidlaydi Rossiya axborot agentligi (ria.ru). 

Prezident O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini

rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga bundan buyon ham hissa qo‘shadi, deb qayd etdi, deb

yozadi Rossiya axborot agentligi (ria.ru). 

Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati (bbc.com/uzbek) – "Xalqaro moliyaviy tuzilmalar va AQSh ishbilarmon doiralari

bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar misolida Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrifdan O‘zbekiston iqtisodiyotiga

investitsiyalar jalb qilish va iqtisodiyot sohasida ikki tomonlama shartnomalar imzolashda samarali

foydalandi. Mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar va valyuta siyosatining liberallashtirilishi AQSh biznes

hamjamiyatida O‘zbekistonga nisbatan qiziqish uyg‘otdi", deb ta’kidlaydi. 

Xorij ommaviy axborot vositalari, shuningdek, davlat arboblari va oddiy odamlarning Prezidentimizning

nutqi va tashrifiga doir munosabatini ham yoritgan. 

«Amerika ovozi» radiosi “Vatandosh” jamiyati faoli N.Sodiqov bilan intervyuni e’lon qilgan. N.Sodiqov

«Biz, o‘zbek diasporasi vakillari, Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifidan mamnunmiz,

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bizni xursand qilmoqda. O‘zbekistonda ro‘y

berayotgan ijobiy o‘zgarishlar Vatanimizga muhabbat, undan g‘ururlanish tuyg‘usini yanada

kuchaytirmoqda», deb ta’kidladi. 

«Uzmetronom» axborot portali (uzmetronom.com) yozishicha, «O‘zbekiston Prezidentining Nyu-Yorkdagi

nutqi – xorijda mamlakatimiz haqida shakllangan bir xil qolipdagi tushunchalarni maksimal darajada

lo‘nda va ishonarli o‘zgartirganining tasdig‘idir. Mohiyatan, bu BMT Nizomida mustahkamlangan inson

huquqlari ustuvorligi, umuminsoniy qadriyatlar, xalqaro hamkorlik subyektlarining o‘zaro munosabatlariga

doir tamoyillarga to‘liq va so‘zsiz sodiq bo‘lgan davlatning yangi qiyofasini namoyish etadi. 

Vaqt qat’iy chegaralangan, auditoriyada shundoq ham axborot ko‘p bo‘lsa-da, nutqda fikrlarni qisqa

bayon qilish usuli e’tiborni tortadi, deb yozadi axborot portali. Pragmatik siyosiy muhitda an’anaviy

ravishda yaxshi qabul qilinmaydigan uzun, tarjima qilish murakkab gaplar, tarixga nazar va lirik

chekinishlar yo‘qligi e’tiborga molik. Uning hamkorlarga aytadigan har bir fikri chuqur o‘ylangan. Har bir

xatboshi – u fakt yoki tezis bo‘lsin, atigi bir gapdan iborat bo‘lib, tezda xotirada muhrlanishga

mo‘ljallangan. Shavkat Mirziyoyev atigi bir yil ichida O‘zbekistonda aynan nimalar o‘zgargani, mamlakatni


03.11.2019

O‘zA - O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi jahon ommaviy axborot vositalari nigohida

www.uza.uz/uz/politics/o-zbekiston-prezidentining-bmt-bosh-assambleyasi-72-sessiyas-22-09-2017?ELEMENT_CODE=o-zbekiston-prezidentinin… 5/5

nimalar tashvishga solayotgani, mavjud global muammolar sharoitida kelajakni qanday ko‘rayotganini

maksimal darajada sodda shaklda auditoriyaga yetkazishga intildi. 

Fikr va bayonning tiniqligi ilgari surilgan takliflar bilan birga, Prezident sessiyaga puxta tayyorgarlik

ko‘rgan, deyishga asos beradi. Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev

«Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy

siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib

borishdir», dedi hamda «Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda,

Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim»ligini ta’kidladi. 

Xorijiy internet nashrlari davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi doirasida boshqa mamlakatlar vakillari

bilan ikki tomonlama uchrashuvlarini ham yoritdi. 

«24 chasa» internet gazetasi (24chasa.bg) qayd etishicha, Bolgariya va O‘zbekiston Prezidentlari

Rumen Radev va Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni va

o‘zaro investitsiyaviy sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari iqtisodiy

hamkorlikni rag‘batlantirish uchun biznes-forum tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar. Prezidentlar

ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va

boshqa sohalardagi hamkorligi o‘zaro manfaatli ekaniga e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakatning mintaqaviy

va xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalari yaqinligi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun

poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 

"Gruziya Online" axborot-tahlil portali (apsny.ge) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilini qabul qildi, deb xabar beradi.

Uchrashuv chog‘ida tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirish,

savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo uylari tashkil etish va qo‘shma

ko‘rgazmalar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. 

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi hamda unda

ilgari surilgan tashabbus va takliflar, tashrif doirasidagi uchrashuv va tadbirlar xorijiy ommaviy axborot

vositalari va internet hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Internetda joylashtirilgan ko‘p sonli

fikr va munosabatlar shundan dalolat beradi. Bu jarayon davom etmoqda. 



Download 119,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish