Oz tilim – o‘zbek tilim


Ikki vafodor yor bir-biriga vafo qilib, boshlaridan kechgani, ularning



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

Ikki vafodor yor bir-biriga vafo qilib, boshlaridan kechgani, ularning 
sharofati bilan yuz ming bosh qilichdan va qilich qindan qutulgani, hatto 
qayta qinga kirgani 
 
Eshittimkim, baxtli podshoh, to‘rt ulusning xoni Temur Ko‘ragon iqlimlarni 
fath etishga kirishganda, Hindistonda qattiq jang bo‘ldi. Unga  g‘alaba yuz 
ko‘rsatib, taqdir dushman lashkariga shikast soldi. Dushmanlarning hammasi 
dinsiz bo‘lgani uchun (Temur) bek: «Hammasini qilichdan o‘tkazinglar!»  –  dedi. 
O‘liklarning ko‘pligidan dashtlar to‘lib ketdi. Qizil qon Nil bo‘lib oqdi. O‘sha soy 
toshicha kallalar uchdi; har kishi o‘zboshimchalik bilan bosh oldi. O‘tkir tig‘lar har 
tomonda qon to‘kib, butun olamga g‘avg‘o soldi. Shu payt ikkita bechora 
sevishgan nogoh ushbu qotillarga duch keldi. Shohning jazosidan omon qolish 
uchun askarlardan biri ularning birini chopmoqchi bo‘lib otidan tushdi. Uni 
o‘ldirish uchun askar yonidan tig‘ini chiqargan edi, unisi o‘z sherigini tig‘  ostida 
ko‘rib, uni himoya qilish uchun qotilga o‘z boshini tutdi.   
        –Agar sening maqsading bosh olish bo‘lsa, uni qo‘y,  uning  o‘rniga bu 
boshni ola qol! – dedi u. 


 
85 
Askar uning boshini olmoqchi bo‘lgan edi, unisi ham xuddi shu so‘zni aytdi. 
U qaysi  biriga  o‘z zulmini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, boshqa biri o‘sha gap bilan 
oyog‘iga yiqilar edi. Burgut panjali qotilning jahli chiqib: 
         –  Paysalga solmay ikkalangizni ham chopaman! – dedi. 
U qaysi birini o‘ldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der edi: 
         –  Tez bo‘l, oldin meni o‘ldira qol, to men o‘lguncha loaqal u 
tirik tursin! 
Ular bir-birlariga  o‘z boshlarini  in’om qilardilar.  Boshlarini kestirish uchun 
tig‘ni talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas hayallash yuz bergan edi, 
birdan xalq orasida omon-omon bo‘lgani haqida nido ko‘tarildi. Chunki bu ikki yor 
bir-biri uchun jonidan kechgan edi, shoh ham xalqning gunohidan o‘tdi. Bu ikki 
yor do‘stlik, sadoqat tuyg‘ularini namoyish qilib, elni ham, o‘zlarini ham xalos 
qildilar. (Alisher Navoiy) 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish