Kanareykalar
Kanareykalarning kelib chiqish tarixi Kanar, Azor hamda Madeyra orollariga
borib taqaladi. Xonaki kanareykalarga qiziqqan kishilar uning o‘tmishi bilan
tanishib, bu qushning chiroyi bilan birga xush ovozga egaligi, boshqa qushlarda
uchramaydigan xislatlari borligidan ham boxabar bo‘ladilar. XV asrda Yevropada
xonakilashtirila boshlangan bu qushning dovpyg‘i bora-bora biznes bilan
shug‘ullanuvchilarga xizmat qilishini va kanareykashunoslik uchun katta daromad
manbaiga aylanishini hech kim xayoliga keltirmagan. Dastlab bu mitti yovvoyi
jonzot tuslanayotganda sariq rang hosil bo‘ladi. Ustki qismi carg‘ish-ko‘kish
patining uchlari qoramtir va par chetlari bo‘ylab yoyiq tiniq nuqtalari bo‘ladi.
Uning dum uchlari sarg‘imtir-ko‘kimtir rangda, ko‘ksi va bo‘yni och sariq –
sarg‘imtir. Dum tarafga qarab sariq rangi ko‘payib boradi. Kanareykaning momiq
patlari ingichka sariq chiziqcha bilan qoramtir tusga kirib boradi. Yosh qushchalar
to‘lqinsimon tusda, sariq-kulrang belgilar bilan hamda tumshuq atrofi va bo‘ynida
83
uncha katta bo‘lmagan to‘q sariq rang ko‘zga tashlanadi. Qush gavdasining
uzunligi 12-14 sm bo‘ladi. O‘zbekistonda ko‘proq uning sariq, sarg‘imtir-ko‘kish,
qizil va qizg‘ish hamda tojli turlari tarqalgan va ular asosan xonadonlarda boqiladi.
O‘lkamizning tog‘li hududlarida ularning yovvoyi qarindoshlari uchraydi.
Yovvoyi kanareykalar tuxum qo‘ymaydigan vaqtda gala bo‘lib, bir joydan
ikkinchi joyga ozuqa izlab ko‘chib yuradi. Ular turli-tuman o‘simlik urug‘lari,
yam-yashil ko‘katlar va ba’zi bir mevalar, masalan, uzum va yangi unib chiqqan
maysa urug‘lari bilan oziqlanadi. Bu qushlar uchun tariq, poliz ko‘kati, karam,
shuningdek, yarim pishgan “kanareykacha” urug‘i ozuqa bo‘ladi. Shuningdek,
oziqlanish paytida kanareyka qushlari mayda qurt-qumursqalarni va ignabargli
o‘simlik poyalarini ham cho‘qilab yeydi. Suvda cho‘milish odatiy hol bo‘lib, ularni
ko‘pincha kam suvli irmoq va daryolarda cho‘milayotganini uchratish mumkin.
Quyosh botishidan avval tunash joyida bir yerga to‘plana boshlaydi, so‘ngra
daraxtda uzoq vaqt chug‘urlab sayraydi. (N.Alimov)
35. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi
yoki ortadi:
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il
qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchalari
qo‘shilganda ikkinchi bo‘gindagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin-o‘rnim,
qorin-qorni, burun-burning, o‘g‘il-o‘g‘ling, ko‘ngil-ko‘ngli, yarim-yarmi; qayir-
qayril, ulug‘-ulg‘ay, sariq-sarg‘ay, ikki-ikkov, ikki-ikkala, yetti-yettov kabi;
2) u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha
qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda,
bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari
quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi;
3) o, o‘, u, e unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
quyidagicha qo‘shiladi:
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki
-lar) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz,
bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzusi kabi;
b) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik
qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi:
parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz,
obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe
so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi:
avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda
-si qo‘shiladi: dohiysi kabi);
84
men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda
qo‘shimchadagi n aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening,
seniki kabi.
Quyida berilgan so‘zlarning xatosini toping, qo‘shimcha qo‘shilganda
fonetik o‘zgarish bo‘ladigan so‘zlarni ko‘chiring.
menning
og‘izim
qoshiqga
soqqan
aytti
toqqa
ketkan
senniki
obro‘im
terakka
do‘slarim
Toshkenga
singilim
pastay
o‘g‘ilimiz
ulug‘ay
tilakim
buyruqi
yaxshiroqi
chiroqimiz
Matnni o‘qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |