Oyoqosti qurtlari yoxud gigiyena yig’laganda! “Kalishqurt”ning mazasi qanday ekan a?



Download 26 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi26 Kb.
#423113
Bog'liq
Muammo


  1. Oyoqosti qurtlari yoxud gigiyena yig’laganda!

  2. Kalishqurt”ning mazasi qanday ekan a?

Bugun hamma qatori nimani yomonlayapsan sen "galstuk" demoqchidirsiz?! Qisqacha yoritmoqchi bo’lgan muammoimiz, aslida, shaharning yer to’lalaridagi o’tganni o’rog’ini, ketganni ketmonini olishga uringanday qilib qo’yilgan oyoq ostidagi iste’mol mahsulotlari haqida. Poshnasi baland yoki biror-bir mast alas kelib yuzimni ezib qo’ymasin degan hadik bilan turgan dudlangan baliq deysizmi, turli sabzavot salatlari, meva-chevalar, qalblaridek “toza” oyoqlari bilan ko’pchitib tayyorlagan opaxonlarimizning qurtlari og’ir sharoitda jon saqlayapti. Bugun bozorlarni bir aylanib ko’ring-a! Hamma narsalarimiz yetarli, hammayoq mo’l-ko’lchilik! Makon va zamon bilmas tadbirkorlarimiz chakana savdodan tortib yirik bizneslar bilan ham shug’ullanyapti. Lekin sifat nazorati faqat o’sha ichi ko’rinmas, quvsa shamol yetolmas mashinalarni “gijinglatib” yurgan “okaxonlarimiz”ning mahsulotlariga qayerda va qanday holatda sotilayotganiga qaratilishi bilan cheklanib qolingan. Usti yopiq gipper-mipper degan savdo uylariga oddiygina besh yuz so’mlik qurtning oq yuzini o’rab firma muhrini bosib qo’yilishi evaziga ming so’m bo’lgan, ikkitani puliga uchta degan ahmoqona aksiyalar o’tkazib o’tish darajasi sekinlashgan ayrim tovarlarni olgani borishga hammaning ham qurbi yetmaydi. Demak-ki, ular dehqon bozorlari va yoyma bozorlarga borishga majbur bo’ladi (aslida, dehqon bozorlaridan olsangiz, siz istagan narsangizni sarxillarini arzon narxlarda olasiz). Ammo sifatni kim nazorat qilyapti? Kimlar bozor talablarini buzganligi uchun chora ko’ryapti? Bilganlarimiz, tarozi nazorati! Nahot insonlar asalga zahar qo’shib olayotganlarini bilishmayapti?! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamali vaziyatni o’zida aks ettirgan video tarqaldi. Bir nechta ayollar bir joyda jam bo’lib suzma (chakki)dan qurt tayyorlayotgandagi holatni ko’rib insonni tabi hira tortadi. Ko’cha-kuyda aylanib, muqaddas tuproq bilan oyoq kiyimini boyitib kelgan ayol, ne ko’z bilan ko’raylikki tappi (aslida, tappi ham qo’lda tayyorlanadi-ku) tayyorlayotgandek mana shu chakki ustida yuribdi-da(poyabzalni toza ekanligi yoki hech qayerdan gard yuqtirilmaganligiga kim kafolat beradi)! Yo tavba! Qurtni ta’mi o’zgacha bo’lishi uchun rayhonmidi, tuzmidi va boshqa qo’shimcha mahsulotlarni qo’shgani yetmaganday, endi yangicha yondashuvdagi “muqaddas va poklab kelingan” o’sha oyoq kiyimni ham tarkibiga aralashtirib qo’yishayotganiga nima deysiz?! Eshaklar “qabristoni” topilgani esa oshib tushdi! Shundan beri go’sht yemay qo’ydik(xuddi oldin qoyillatib go’sht yegandek, deydi-da talaba). Bu voqeani ko’rib bir narsaga hayron qoldim! Axir go’shtlar ham bozorga chiqish oldidan maxsus labaratoriyadan o’tkazilib iste’mol uchun yaroqli degan ma’noda muhr qo’yiladi. Havo tarkibidagi keraksiz moddalar ichimizni yemirgani yetmaganday, bu kabi holatdagi kundalik ehtiyojlarimizni qondiradigan asosiy iste’mol mahsulotlarimizda ham shuncha zararli moddalar! Zaharni zahar kesadi degan gap rostga o’xshaydi!


JAVOHIR Rahimov
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish