Оyoqning tоpоgrafik anatоmiyasi. (dumba, son,, chanoq-son, tizza bo’g’imi topografiyasi boldirning oldingi va orqa sohasi, oyoq panjasi topografiyasi, oshiq-boldir, Shopar, Lisfrank bo’g’imi )


Sonning orqa sohasi (regio femoralis posterior)



Download 57,73 Kb.
bet8/22
Sana03.01.2022
Hajmi57,73 Kb.
#316762
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
oxta 4 mavzu

Sonning orqa sohasi (regio femoralis posterior). Sohaning terisi yupqa, harakatchan, sonning orqa teri nervi bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yuzaki fastsiyasi ikki varaqdan iborat.

Serbar fastsiyadan chiquvchi orqa medial mushaklararo to‘siq, shu уerdagi mushaklar yotqichini hosil qilishda qatnashadi. Yotqichda boldirni bukuvchi uchta mushaklar joylashadi. Bundan eng ichkarida yarimpay (m.semitendinosus), undan keyin yarimparda (m. semimembranosus) va sonning ikki boshli (m. bicepis femoris) mushaklari yotadi. Sonning ikki boshli mushagidan boshqa hamma mushaklar quymich suyagining do‘mbog‘idan boshlanadi. Ikki boshli mushak esa – son suyagi bilan tashqi to‘siqdan boshlanadi. Yarimpay va yarimparda mushaklari katta boldir suyagi do‘mbog‘iga, ikki boshli mushak – kichik boldir suyagining boshchasiga (caput fibulae) birikadi. Katta yaqinlashtiruvchi mushakni teshib o’tuvchi arteriyalar son orqa sohasidagi mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. Ularning innervatsiyasi esa quymich nervi tarmoqlari hisobiga amalga oshadi. Quymich nervi, sonning orqa sohasiga dumba sohasidan o‘zining kuzatib tushuvchi arteriyasi (a.commitans ae n. ishiadici) bilan birga kirib keladi, sonning yuqori uchligida yuzaroqda, xususiy fastsiya ostida yotib, ikki boshli mushak uzun boshchasidan tashqarida o’tadi.

Sonning o‘rta uchligida, nerv ikki boshli mushak uzun boshchasining tagida yotadi va sonning pastki uchligida esa mushakdan ichkarida – shu mushak bilan yarimpay va yarimparda mushaklar orasida joylashadi. Quymich nervining tashqi tasviri

quymich do‘mbog‘i bilan katta ko‘stning o‘rtasidan, tizza osti chuqurchasining cho‘qqisiga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.

Sonning orqa sohasidagi mushaklar orasida joylashgan yog‘ to‘qimalari yuqoridan – dumba sohasining chuqur yog‘ to‘qima bo‘shliqlari bilan, pastdan – tizza osti chuqurchasidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Bundan tashqari, Gunter kanalining chiqish teshigi orqali sonning oldingi sohasidagi yog‘ to‘qima bo‘shliqlari va teshib o’tuvchi qon tomirlar orqali yaqinlashtiruvchi mushaklar yotqichidagi yog‘ to‘qimalari bilan ham aloqa qiladi. Yiringli yallig‘lanish jarayonida bu aloqalar orqali yiringning bir sohadan ikkinchi sohaga tarqalish xavfi tug‘iladi.

Agar son yuqori uchligining ko‘ndalang kesimi ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, ichida 6 ta mushak joylashgan eng katta medial mushak yotqichini payqash mumkin. Bu yotqichning ichidan yotqich qon tomir nerv tutamlari va ularning tarmoqlari ham o’tadi. Sonning oldingi yuzasida oldingi mushak yotqichidan tashqari, uning medial mushak yotqichi ham joylashib, undan son nervi va bel – yonbosh mushagining oxirgi qismlari ham joy oladi. Tikuvchilar mushagidan ichkarida, sonning serbar fastsiyasining ostida, sonning qon tomir va nerv tutamlari joylashadi. Bunda, son nervi tashqarida, venasi ichkarida, arteriyasi esa ularning o‘rtasida joylashadi. Uchburchakning pastki qismida son arteriyasidan tashqarida son nervining o‘rnida, teri osti nervi o’tadi. Son venasi esa arteriyaning bir oz ichkarisida va orqasida yotadi. Bu qon tomir nervlarining ostida va medial tomonida, sonning chuqur qon tomirlari va ularning tarmoqlari yotadi. Sonning orqa sohasida katta dumba mushagining pastki qismlari yotib, uning pastki qirrasi bilan ikki boshli mushak uzun boshchasining tashqi qirrasi orasidan quymich nervi o’tadi.

Sonning o‘rta uchligida uning orqa-oldingi sohasini asosan bukuvchi mushaklarning yotqichi egallaydi (19-rasm). Yaqinlashtiruvchi mushaklarning yotqichi esa bu sohada, aksincha, uncha ko‘p joyni egallamaydi. Sonning uzun yaqinlashtiruvchi mushagi bilan medial serbar mushaklar orasidagi chuqurchada son arteriyasi bilan venasi teri osti nervi bilan birga o’tadi. Bularning ustidan tikuvchilar mushagi yopib turadi. Sonning chuqur qon tomirlari yaqinlashtiruvchi mushaklar ostida, son suyagiga yaqin yotadi. Ikki boshli mushakning uzun boshchasi orqasida, bukuvchi mushaklar yotqichida, quymich nervi o’tadi.

Sonning pastgi uchligi ko‘ndalang kesimini asosan yozuvchi va bukuvchi mushaklarning yopqichi egallaydi. Yaqinlashtiruvchi mushaklarning yopqichi esa, bu sohada kam hajmda bo‘ladi. Son arteriyasi bilan son venasi va teri osti nervi bu уerda yaqinlashtiruvchi kanalda (Gunter kanalida) o’tadi. Bunda son arteriyasining oldida nerv, uning orqasida - vena yotadi. Son chuqur tomirlarining oxirgi tolalari bu уerda orqa mushaklar yopqichida o’tadi. Shu уerning o‘zida ikki boshli mushak bilan (lateral tomonidan) yarimpay va yarimparda mushaklari (medial tomondan) oralig‘ida quymich nervi o’tadi.




Download 57,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish