Оyoqning tоpоgrafik anatоmiyasi. (dumba, son,, chanoq-son, tizza bo’g’imi topografiyasi boldirning oldingi va orqa sohasi, oyoq panjasi topografiyasi, oshiq-boldir, Shopar, Lisfrank bo’g’imi )


Tizza bo‘g‘imi (articulatio genus)



Download 57,73 Kb.
bet11/22
Sana03.01.2022
Hajmi57,73 Kb.
#316762
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
oxta 4 mavzu

Tizza bo‘g‘imi (articulatio genus). Barcha bo‘g‘imlar ichida eng kattasi va murakkabi tizza bo‘g‘imidir. U uchta suyakning, ya'ni son suyagi, katta boldir va tizza qopqog‘i (patella) ning o‘zaro birlashishidan hosil bo‘ladi. Bunda kichik boldir suyagi bo‘g‘imining hosil bo‘lishida qatnashmaydi. Odatda son suyagining bo‘g‘im yuzasi, katta boldir suyagining ustki uchidagi uncha chuqur bo‘lmagan bo‘g‘im yuzasiga mos kelmaydi. Shuning uchun ham ikki suyak o‘rtasidagi bu kamchilik tolali tog‘aydan tuzilgan maxsus yarimoy shakldagi plastinkalar – meniskalar (menisci) yordamida to‘ldiriladi va shu yo‘l bilan bu ikkala suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir- biriga moslashadi.

Bunday meniskalar bo‘g‘imda ikkita bo‘lib, tashqi (meniscus lateralis) va ichki (meniscus medialis) meniskalar deyiladi. Birinchisining shakli “O” harfini, ikkinchisi – “C” harfini eslatadi. Meniskalarning o‘rtasidagi kamtik old tomondan meniskalarning bir- biri bilan bog‘lab turuvchi ko‘ndalang tizza boylami (lig. transversum genus) bilan to‘lib turadi. Bu boylam o‘z navbatida meniskalarni ham ushlab turadi.

Bu boylamdan tashqari, tizza bo’gimi bir nechta kuchli boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Bular oldindan orqa tomonga qarab bir - biri bilan kesishgan ikkita boylamlardir. Shuning uchun ham ularni kesishgan boylamlar deb, oldingisini –

oldingi kesishgan (lig. cruciatum anterius), orqangisini - orqangi kesishgan (lig. cruciatum posterius) boylamlari deb ataydilar.

Oldingi boylam, son suyagi tashqi do’ngining ichki yuzasidan (fossa intercondylaris femoris) boshlanib, boldir suyagi do’ngliklari oraligining oldingi soxasi (area intercondylaris tibiae) ga kelib yopishadi. Orqa boylam esa, aksincha, son suyagi medial do’ngining ichki yuzasidan boshlanib, boldir suyagi do’ngliklari oralig’ining orqa tomoniga borib yopishadi.

Bu boylamlar tizza bo’g’imi xaltasining ichida joylashgani uchun ularga - ichki boylamlar deyiladi. Bulardan tashqari, tizza bo’g’imida tashqi boylam xam mavjud. Bular tizza bo’gimi xaltasidan tashkarida joylashib, juda pishiq tizimchaga o’xshash yumaloq shaklga ega yonlama boylamlardir. Ularning biri katta boldir yonlama boylami (lig. collaterale tibiale) deb atalib, son suyagining ichki do’ngidan katta boldir suyagiga tortilgan, ikkinchisi - kichik boldir yonlama boylami (lig. collaterale fibulare) deyilib, son suyagining tashqi do’ngidan, kichik boldir suyagining boshchasiga tortilgandir. Yonlama boylamlar suyaklarning ikki yon tomonga surilishiga to’sqinlik qiladi.

Bo’g’imning orqa tomonida qiyshiq taqim boylami (lig. popliteum obliquum) va ravoqsimon taqim boylami (lig. popliteum arcuatum) degan boylamlar bo’lib, ular bo’g’im xaltasi bilan birlashib ketadi.

Yuqorida aytilganidek, oldingi tomonda katta boldir suyagining g’adir-budurida tizza qopqog’ining cho’qqisiga qarab tortilgan yo’g’on va mustahkam qopqoq boylami (lig. patellae) bo’lib, u aslida sonning to’rt boshli mushak payidan hosil bo’ladi.

Tizza bo’g’imi boshqa bo’g’imlardan yana katta xajmdagi sinovial qobig’i bilan ham ajralib turadi. Bu qobiq son suyagining bo’g’im sohasidan 1,5 - 2,5 sm yuqorida o’tadi, ayrim hollarda bo’g’im sohasining o’rta qismlaridan 4 sm gacha yuqorida o’tadi. Shunday qilib, son suyagining epifizi butunlay bo’g’im ichida qoladi. Sinovial qobiq son suyagidan to’rt boshli mushak payining ichki yuzasiga, tizza qopqog’iga, meniskalarga, ulardan keyin katta boldir suyagiga o’tib, uning bo’g’im yuzasidan 1 - 2 sm pastroqqa birikadi. Boldir suyagining epifizar kismi bo’g’im bo’shlig’idan tashqarida qoladi.
Bo’g’im qobig’i son suyagidan meniskalarga va ulardan katta boldir suyagiga o’tayotib burmalar hosil qiladi. Bu burmalar tizza bo’g’imi bukilgan paytda yozilib, cho’zilib, tizza bo’g’imining to’la

xajmda bukilishiga imkon tug’diradi. Sinovial qobig’I cho’zilib, yozilib turuvchi bunday burmalariga tizza bo’g’imining xaltachalari yoki cho’ntaklari deb atalib, bunday cho’ntaklarning soni 9 tadir.

Bularning 5 tasi tizza bo’g’imining oldingi yuzasida, to’rttasi - orqa sohasida joylashadi (21- rasm).

Oldingi cho’ntaklar ichida eng kattasi oldingi yuqori cho’ntak (resessus genus anterior superior) - son suyagi bilan to’rt boshli mushak orasida anchagina yuqoriga davom etib, tizza bo’g’imi bo’shligi bilan tutashgan bo’ladi. Qolgan to’rttasi: oldingi, yuqorigi, medial va lateral cho’ntaklar (recessus genus anterior, superior, medialis et lateralis) - son do’ngliklari bilan meniskalar orasida, oldingi pastki medial va lateral cho’ntaklar (resussus genus anterioris inferioris medialis et lateralis) meniskalar bilan boldir do’ngligi orasida hosil bo’ladi. Bo’g’im bo’shlig’ining orqa sohasida, orqa yuqori medial va lateral cho’ntaklari (resussus genus posterioris superioris medialis et lateralis) - meniskalar bilan son suyagi medial va lateral do’ngliklari orasida hosil bo’ladi. Va oxirgi ikkita cho’ntaklar – bo’g’im bo’shlig’ining orqa sohasidagi pastki medial

va lateral cho’ntaklar ( resussus genus posterioris inferioris med. et lat.) - meniskalar bilan katta boldir suyagining do’nglari orasida hosil bo’ladi. Shunday qilib, tizza bo’g’imining bu bo’shlig’i va cho’ntaklarida har xil kasallik (tuberkulez, revmatizm va h. k.) yoki patologik suyuqliklar (zardob, qon, yiring va h. k.) yig’ilishi mumkin.

Tizza qopqog’ining pastki tomonidagi bo’g’im bo’shlig’iga sinovial qobiqqa o’ralgan yog’ qatlami taqalib turadi. Sinovial qobiq bu erda qanotsimon burmalarni (plica alaris) hosil qiladi. Bu burmalar suyaklarning bo’g’im yuzalarini to’ldirib, har xil jarohatlarda amortizatorlik vazifasini o’taydi. Qanotsimon burmalar bir - biri bilan qo’shilishib, yagona toq burmani - tizza qopqog’i osti sinovial burmasini (plica synovialis infrapatellaris) hosil qiladi. Bu burma keyinchalik son suyagining do’ngliklararo chuqurchasiga (fossa infracondylaris femoris) borib birikadi.

Ayrim vaqtlarda qopqoq osti sinovial burmasi serbar bo’lib, kesishgan boylamlargacha borib etadi. Bunday hollarda bo’g’im bo’shlig’i ichki va tashqi hamda oldingi va orqa bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Meniskalar bo’g’im bo’shlig’ini ustki va pastki bo’limlarga bo’ladi.

Bordi - yu, bo’g’im bo’shlig’ida yallig’lanish jarayonlari sodir bo’lsa, undagi sinovial qobiq qalinlashib, bo’g’imni yuqorida aytilgan bo’limlarga to’liq bo’lishi mumkin.

Tizza bo’g’imining yaqinida bir nechta shilliq xaltalar joylashgan. Ammo bularning hammasi ham bo’g’im bo’shlig’i bilan aloqada bo’lavermaydi. Faqat tizza qopqog’i ustidagi xalta (bursa suprapatellaris) bo’g’im yuqori cho’ntagiga ochiladi. Tizza qopqog’ining oldingi sohasida 3 ta shilliq xalta: tizza qopqog’i oldingi sohasidagi teri osti, fastsiya osti va pay osti xaltalari (bb. prepatellaris subcutanea, subfascialis et subtendinea) joylashgan. Bularning birontasi ham bo’g’im bo’shlig’i bilan aloqada bo’lmaydi. Tizza qopqog’ining pastida yana ikkita xalta - qopqoq pastidagi teri osti va chuqur xaltalar (bb. infrapatellaris subcutanea et profunda) bo’lib, bular ham bo’g’im bo’shlig’i bilan aloqada bo’lmaydi. Tizza bo’g’imi bo’shlig’i bilan quyidagi xaltalar aloqada bo’ladi: taqim osti mushagining xaltasi (b. m. poplitei) yuqorigi orqa cho’ntakka ochiladi, boldir mushagining medial pay osti xaltasi (b. subtendinea m. gastrocnemii medialis) va yarimpaysimon mushak xaltasi (b. m. semimembranosi) - yuqori orqa medial cho’ntaklarga ochiladi.

Yiringli jarayonlarda shilliq xaltalar ichiga yiring tarqalib, uning yallig’lanishiga (paraartikulyar yallig’lanish) sabab bo’lishi mumkin. Tizza bo’g’imi umumiy kichik boldir nervi (p. peroneus communis), katta boldir nervi (p. tibialis) va teri osti nervi (p. saphenus) ning tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.

Tizza bo’g’imining qon bilan ta`minlanishi, bo’g’im atrofida qon tomirlar to’rini (rete articulare genus) hosil qiluvchi arteriyalar hisobiga boradi. Bular son arteriyasidan chiquvchi tizzaning pastga yo’naluvchi arteriyasi (a. genus dessendens), taqim arteriyasining beshta tarmog’i: tizzaning lateral va medial ustki va tizzaning o’rta (toq) arteriyasi hamda tizzaning lateral va medial pastki arteriyalari (aa. genus superiores medialis et lateralis; a. genus media; aa. genus inferiores medialis et lateralis) dir. Bundan tashqari, katta boldirning oldingi va orqaga qaytuvchi oldingi arteriyasidan: katta boldirning oldingi va orqaga qaytuvchi arteriyalari va kichik boldirni aylanib o’tuvchi (a. circumflexus fibulae) hamda katta boldirning orqaga qaytuvchi orqa arteriyasidan (a. reccurens tibialis posterior) chiquvchi arteriyalari ham qon tomirlar to’ri hosil bo’lishida qatnashadi.

Bo’g’im yorig’i oldindan, tizza qopqog’ining pastida, katta boldir suyagi do’nglari ustida, orqadan - tizza osti chuqurchasidagi ko’ndalang teri burmasiga to’gri keladi.




Download 57,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish