Jixoz va materiallar:Loy yoki plastilin, taxtacha, salfetka, namuna.
Faoliyatning borishi:
Guruxdagi xar xil koptokchalarni kuzatish.
Namuna bilan tanishish.
Koptokchalarni yasash.
Bolalarni rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism:Koptoklar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar aks ettirilgan rasmlarni berib ko‘rishni taklif etish.
E’tiborga molik jixat: Sport bilan shug‘ullanish sog‘liq uchun foydali ekanligini tushuntirish.
Nutq va til markazi
“Buni qachon ishlatamiz” o‘yin.
Maqsad: Bolalar shaxsiy gigiena xaqida tushunchaga ega bo‘ladi, narsalarni qachon ishlatilishi xaqida tanishadi.
Kerakli jixozlar: shaxsiy gigienaga va sog‘lom turmush tarziga oid suratlar(tish yuvish, soch tarash, yuvinish, cho‘milish, gimnastika qilish, sport bilan shug‘ullanish va x.k), turli xil rasmli kartochkalar, AKT.
Do'stlaringiz bilan baham: |